Toshkent arxitektura-qurilish instituti


-Rasm. Bosh plan va transport inshootlarining elementlarida, qayta



Yüklə 11,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/61
tarix11.12.2023
ölçüsü11,01 Mb.
#144057
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   61
Sanoat va fuqaro binolari arxitekturasi Ўқув қулланма2

1.26-Rasm. Bosh plan va transport inshootlarining elementlarida, qayta 
ta’mirlanishi kerak bino va ishshootlar shartli tasviri 
Topografik planlarda qo‘llaniladigan shartli belgilar va bosh plan chizmalarida 
qo‘llaniladigan shartli grafik tasvirlarga tushuntirish yozuvlari qilinmaydi. Lekin 
bosh plan chizmalarida standart bo‘lmagan shartli grafik tasvirlardan foydalanilgan 
bo‘lsa, ularga tushuntirish yozuvlari berish kerak. 
Bitta chizmada mavjud va loyihalanayotgan binolar ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan 
hollarda, mavjud binolarning shartli tasvirlarini in-gichkaroq chiziqlarda bajariladi. 
Agar bir xil nomdagi loyihalayotgan va mavjud binolarning shartli tasvirlarini bosh 
plan chizmalarida ajratib olish qiyin bo‘lsa, tushuntirish yozuvlarini eksplikatsiyada 
yoki chizma bo‘yicha ko‘rsatmalarda keltirish mumkin. 
Bosh plan chizmalarida loyihalanayotgan bino va inshootlarning konturlarini 
ob’ektlar ishchi chizmalaridagi planlar bo‘yicha chiziladi. Bunda, koordinatsiya 
o‘qlari bino tashqi devorining ichki sirti bo‘ylab o‘tgan, deb qaraladi. 
Agar bino devorining tashqi sirtidan koordinatsiya o‘qigacha bo‘lgan masofa 
chizmaning masshtabida kontur chiziqning qalinligidan katta bo‘lsa, uni 
koordinatsiya o‘qidan masshtab bo‘yicha kerakli masofaga suriladi (1.27-chizma). 


64 
 
1.27-Rasm. Devorining tashqi sirtidan koordinatsiya o‘qigacha bo‘lgan 
masofa
Bosh plan chizmasini listda ajratilgan hududning uzun tomonini listning uzun 
tomoniga parallel qilib joylashtiriladi. Tasvirning yuqori tomoni uchastka xududining 
shimol tomoniga mos kelishi kerak. Bunday orientatsiyadan 90

oraliqda chapga va 
o‘ngga og‘ishga ruxsat beriladi. Bosh plan chizmasining yuqoridan o‘ng yoki chap 
tomonida orientasiyaning yo‘nalishini ko‘rsatuvchi strelka chiziladi. Bosh planni 
loyihalashda mazkur xudud uchun aniqlangan shamolning tezligi va uning 
gorizontning tomonlari bo‘yicha qaytalanishi ham muhim ahamiyatga ega.
Shuning uchun, ko‘pincha, shamolning bosh yo‘nalishini ko‘rsatuvchi grafik 
chiziladi (1.28-chizma). 
Bu grafik quyidagi tartibda chiziladi:
Shamol to‘g‘risida mazkur xudud uchun ma’lumotlar (gorizont tomonlari 
bo‘yicha shamolning o‘rtacha tezligi va qaytalanishi) aniqlanadi;


65 

Yüklə 11,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə