Toshkent arxitektura-qurilish instituti


-rasm.Bir qavatli, ko‘p oraliqli sanoat binosining konstruktiv yechimi



Yüklə 11,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/61
tarix11.12.2023
ölçüsü11,01 Mb.
#144057
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   61
Sanoat va fuqaro binolari arxitekturasi Ўқув қулланма2

 2.1-rasm.Bir qavatli, ko‘p oraliqli sanoat binosining konstruktiv yechimi: 
1-poydevor to‘sini tayanishi uchun o‘rnatilgan beton yostiqcha; 
2-kranosti to‘sini; 3-o‘rta qator ustuni; 4-temir beton storopil osti fermasi; 5- 
temirbeton tirgaksiz ferma; 6-temirbeton, yopma plitasi; 7-bug‘dan izolyatsiya 


71 
qatlami; 8-issiq va sovuqdan himoyalovchi qatlam; 9-tekislovchi qatlam; 10-yopma; 
11-deraza; 12-devor paneli; 13-sokol devoriy paneli; 14-chekka qator ustuni; 15-
ustunlar oralig‘idagi vertikal metalli bog‘lovchi; 16-poydevor ustuni; 17-temir beton 
poydevori
.
Ko‘p qavatli sanoat binolari: ishlab chiqarishning texnologik jarayoni vertikal 
yo’nalishda tashkil etilgan xollarda, asosan suyuq va sochiluvchan materiallar ishlab 
chiqarishda, yenglil asbob uskunalar qurilmalar ishlatiladigan ishlab chiqarish 
tarmog‘ida vazni yengil bo‘lgan buyumlar ishlab chiqarishda (radiotexnika, 
asbobsozlik), yengil, oziq-ovqat va tekstil sanoati (poyabzal tikuvchilik, konditor), 
bazan shahar hududida yer tanqisli hollarda sanitar-gigienik tomonidan zararsiz 
korxonalar qurilishida va boshqa texnologik jarayonlar yo‘l qo‘ygan hollarda barpo 
etiladi. Bunda odatda 1-qavatda og‘ir hajmi katta qurilma va jihozlar, agressiv oqava 
suvlar chiqadigan ishlab chiqarish, yuqori qavatlarda esa portlash,yong‘in hafi bor, 
hamda havoga zararli gazlar chiqaradigan ishlab chiqarish joylashtiriladi. O‘rta 
qismlarida esa tabiiy yoritganlik yetarli emasligi sababli 2-darajali ishlab chiqarish 
joylashtiriladi.
2.2-rasm. Bir qavatli sanoat binolarining konstruktiv sxemalari: 
a-chetki va o‘rta qator ustunlari qadami 6m bo‘lganda; 
b-bunda chetki qator ustunlari qadami 6m bo‘lib, o‘rta qator ustunlari qadami 12 
m bo‘lgan binolarda stropil osti konstruksiyasi qo‘llanilgan hol. 


72 
2-qavatli sanoat binolarining 2-qavatida asosiy sanoat ishlab chiqarilishi,1-
qavatda esa yordamni xonalar (tamirlash bo‘limi, maishiy) energetik, sanitar-texnik 
komunikatsiyalar joylashtiriladi.1-qavatli sanoat binolari o‘rniga ko‘p qavatli sanoat 
binolari qurilganda qurilish maydonining tejalish, injenerlik komunkatsiyalar 
uzunligini kamayishi hisobiga iqtisodiy samaradorlikga erishiladi.1958-1959-yillarda 
ko‘p qavatli karkazli panelli binolarni loyihalash va ko‘rish uchun II-60 deb 
raqamlangan yig‘ma temirbeton karkas seriyasi ishlab chiqildi va uni yanada 
mukammallashgan II-20 raqamli seriya 1964-yildan boshlab qo‘llanila boshladi. 
Hozirgi sanoat qurilishlarida ham ishlatilmoqda. II-20 raqamli seriya zilzilasiz 
xududlarda mo‘ljallangan bo‘lib,zilzilali hududlar uchun IIS-20 raqamli seriyasi 
ishlab chiqilgan. II-20 raqamli seriya quyidagi gabarit sxemali binolar uchun ishlab 
chiqilgan.
-ustunlar oralig‘i 6x6 m va balandligi 5 qavatgacha bo‘lgan binolar uchun 
-ustunlar oralig‘i 9x6 m va balandligi 4 qavatgacha bo‘lgan binolar uchun. 
Hozirgi hududda to‘la yig‘ma sanoat binolari ommamiy qurilishida temir beton 
karkaz konstruksiyalarining IIS-04 seriyasi xam qo‘llanilmoqda. Bu seriyada 
ustunlarning qadami 3x6: 4.5x6 m oraliq yopma birlik fazoga tushayotgan yuklar 4-
12.5KN/m2 ni tashkil etadi. 1981-1984-yillarda sohalararo qo‘llanilishga 
mo‘ljallangan konstruksiyalarning yagona unifikatsiyalangan tizimi ishlab 
chiqildi.Oddiy sharoitlar uchun 1.020.1-1, zilzilali hududlar uchun 1.020.1-2S 
seriyali bo‘lib,ularning yaratishda II-04, IIS-04 seriyalarning ishi chizmalari asos 
qilib olindi. Ustunlar oralig‘i 6x6 m va balandligi 5 qavatgacha bo‘lgan binolar 
uchun: 
-ustunlar oralig‘i 9x6 m va balandligi 4 qavatgacha bo‘lgan binolar 
uchun.Hozirgi hududda to‘la yig‘ma sanoat binolari ommamiy qurilishida temir 
beton karkaz konstruksiyalarining IIS-04 seriyasi ham qo‘llanilmoqda. 


73 

Yüklə 11,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə