Toshkent arxitektura-qurilish instituti


Belbog‘ va kranosti to‘sinlar



Yüklə 11,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/61
tarix11.12.2023
ölçüsü11,01 Mb.
#144057
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   61
Sanoat va fuqaro binolari arxitekturasi Ўқув қулланма2

2.4 Belbog‘ va kranosti to‘sinlar. 
Har xil balandlikka ega bo‘lgan yonma-yon oraliqni, ochiq qolgan devorni 
to‘ldirishda mayda element g‘isht yoki blokdan foydalanilsa, u holda bunday mayda 
elementlar temir beton belbog‘ to‘sini ustidan teriladi.(2.17- rasm) 
Undan tashqari o‘zini o‘zi ko‘taruvchi devorlar mustahkamligini va 
ustuvorligini oshirishda ham bunday to‘sinlardan foydalaniladi. Bunday to‘sinlarni 
deraza o‘rni tepasiga va tasmasimon derazalar ustiga ham o‘rnatsa bo‘ladi. 
Uzunligi 5950mm bo‘lgan belbog‘ to‘sinlarini balandligi 585mm, kengligi esa 
200, 250 va 380mm ga teng bo‘ladi. 
2.17 rasm. Belbog‘ to‘sinlar. 
a – umumiy ko‘rinishi; b – ustunga qotirish usuli;1-po‘lat tayanch stoli;
2-po‘lat planka. 


91 
Belbog‘ to‘sinlarining ustunlardagi quyma detaliga payvandlangan mahsus stol 
tayanchlarga o‘rnatilib, bu elementlarni bir birlariga metall taxtachalarni payvandlash 
orqali kotiriladi. 
Belbog‘ to‘sinlari sinfi B12 – B20 bo‘lgan beton va payvandlanib hosil qilingan 
armatura karkaslaridan tayyorlanadi. 
Elektr toki bilan ishlovchi ko‘prik kranlarni harakati uchun mo‘ljallangan yo‘l 
relslari kranosti to‘sinlari ustiga yotqiziladi. (2.18-rasm). 
Ko‘prik krani ishini ta’minlovchi bunday balkalar ustunlar tokchasiga 
(konsoliga) montaj qilingan bo‘ladi. Bu to‘sinlar o‘z navbatida sanoat binolarini 
bo‘ylama yo‘nalishidagi bikrligini ham ta’minlaydi. 
Sanoat binolari qurilishida ustunlar qadamiga va kranlarni yuk ko‘tarish 
qobilyatiga 
bog‘liq bo‘lgan, har xil maqsadlarga qo‘llaniladigan, yuk 
ko‘taruvchanligi 10, 20, 30, 75, 100 va 250 tonna bo‘lgan ko‘prik kranlarga 
mo‘ljallangan, uzunligi 6,0 va 12m, balandligi 800, 1000, 1200, 1400 va 2000mm 
bo‘lgan yig‘ma temirbeton kranosti to‘sinlari ishlatiladi. Hozirgi vaqtda ishlab 
chiqarish binolarida po‘latdan ishlangan kranosti to‘sinlari ham keng ko‘lamda 
qo‘llanilmoqda. 
Ustunlar qadami 6,0m bo‘lgan hol uchun po‘lat kranosti to‘sinlari foydaliroq 
hisoblanadi, ustunlar qadami 12m bo‘lganda esa temir beton kranosti to‘siniga 
nisbatan bor-yo‘g‘i 10-15% qimmat bo‘ladi. 
Temirbeton kranosti to‘sinlari kesimi tavr va qo‘shtavr ko‘rinishiga ega bo‘lib, 
tayanch qismi devori qalinlashtirilgan bo‘ladi. To‘sinlarda yuqori sinfli betonlardan 
(sinfi B25, B30, B40) tayyorlanib, armaturalari oldindan zo‘riqtirilgan bo‘ladi. 
Temir beton kran osti to‘sinlari uzunasi bo‘yicha ayrim joylarida quyma 
detallari ko‘zda tutilgan bo‘lib, ulardan to‘sinlarni ustunlarga mahkamlashda va kran 
relslarni o‘rnatishda foydalaniladi. To‘sinlar obdon yaxshi o‘rnatilgandan so‘ng 
payvandlanadi. Relslar to‘sinlarga har 750mm masofada o‘rnatilgan siquvchi 
“panjalar” yordamida mahkamlanadi. Kranosti yo‘li oxiriga po‘lat tirgovich-
cheklagich qo‘yilib, cheklagichga yog‘och brusli amortizator, ya’ni urilish kuchini 
qaytaruvchi, so‘ndiruvchi bufer qotirilgan bo‘ladi. 


92 
Kranlarni harakati chog‘ida hosil bo‘ladigan ovozni yo‘qotish, to‘sinlarga 
dinamik ta’sirlarni kamaytirish, kran yo‘lini uzoq vaqt ishlashini ta’minlash 
maqsadida relslar va panjalar ostiga qalinligi 8-10mm bo‘lgan elastik kauchuk yoki 
rezinalar qo‘yiladi. Relslar to‘sinlarga qo‘zg‘aluvchi yoki qo‘zg‘almas qilib 
mahkamlanadi, yuklar miqdori 30 tonnadan katta bo‘lgan relslar to‘sinlarga changak 
yoki xalqa yordamida qotiriladi. 
Anchagina samarali hisoblangan po‘lat kranosti to‘sini ishlash prinsipiga ko‘ra 
ikki turli bo‘ladi – uzlukli va uzluksiz. Ularni montaj qilish va tayyorlash anchagina 
oson hisoblanadi (2.19-rasm). Ular tuzilishiga (kesimiga) ko‘ra yaxlit yoki teshikli 
bo‘lishi mumkin. Yaxlit kesimli to‘sinlar shprengelli tizimda ishlovchi bo‘lib, ustun 
qadami 12m bo‘lgan va yuk ko‘tarish qobilyati 75t gacha yengil va o‘rta rejimda 
ishlovchi ko‘prik kranli binolarda ishlatiladi. To‘sin balandligi hisoblab topiladi va 
uning balandligi asosan 650mm dan 2050mm gacha bo‘ladi va bu balandlik 
o‘lchamlari bir birlaridan 200mm bo‘lgan farq bilan oshib boradi. 

Yüklə 11,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə