Toshkent arxitektura-qurilish instituti


-rasm. Bir qavatli sanoat binolari temir beton ustunlarining asosiy xillari



Yüklə 11,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/61
tarix11.12.2023
ölçüsü11,01 Mb.
#144057
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   61
Sanoat va fuqaro binolari arxitekturasi Ўқув қулланма2

2.9-rasm. Bir qavatli sanoat binolari temir beton ustunlarining asosiy xillari 
a – ko‘ndalang kesimi to‘g‘ri to‘rt burchakli ustunlar qadami 6m bo‘lgan kransiz 
binolarda qo‘llaniladigan ustun; b – bu ham, ustunlar qadami 12m bo‘lganda 
qo‘llaniladigan ustun; v – ikki tarmoqli, ko‘proq kransiz binolarda qo‘llaniladigan 
ustun; g – ko‘ndalang kesimi to‘g‘ri to‘rt burchakli bo‘lib, ko‘prik krani bilan 
jihozlangan binoda qo‘llanadigan ustun; d – bular ham, faqat qo‘sh tavrli kesimga ega 
bo‘lgan ustunlar; ye – ikki tarmoqli ko‘prik krani bilan jihozlangan binolarda 
ishlatiladi; j – ustun umumiy ko‘rinishi. 1– yopma ko‘taruvchi konstruksiyalarni 


83 
qotirishda ishlatiladigan zakladka detali; 2 – 3 – bular ham, kran osti balkasini 
qotirishda ishlatiladi; 4 – bu ham devor panelini qotirishda ishlatiladi. 
2.10-rasm. Ustunlarda o‘rnatilgan mahsus quyma (zakladka) detallari va 
anker boltlarining joylashishi 
a – kransiz binolarning chetki qatorlari uchun; b – kransiz binolarning o‘rta 
qatorlari uchun; v – kranli binolarning chetki qatorlariga mo‘ljallangan to‘g‘ri 
burchakli ustun; g – kranli binolarning o‘rta qatorlariga mo‘ljallangan to‘g‘ri 


84 
burchakli ustun; d – kranli binolarning chetki qatorlariga mo‘ljallangan ikki tarmoqli 
ustun; 1– quyma detallari; 2– po‘lat kallak; 3 – anker-boltlar; 4– konsol sirtidagi 
quyma detal; 5– ustun chetidagi quyma detal.
2.11-rasm. Bir qavatli sanoat binolarining ustun va devorlarini koordinatsiya 
o‘qlariga bog‘lash.
a – ustunlarni o‘rta o‘qlarga bog‘lash;b,v – bularda ham, ustun va devorlarni 
chekka bo‘ylama o‘qlarga bog‘lash;g,ye – bularda ham bino to‘ri qismidagi ustun va 
devorlarni va harorat choki ko‘ndalang joylashgan joydagi ustunlarni ko‘ndalang 
o‘qlarga bog‘lash;j,i – oraliqlar balandligi bir xil bo‘lgan binolardagi bo‘ylama holda 
joylashgan harorat choklari ustunlarni bo‘ylama o‘qlarga bog‘lash;k,m – bularda ham 
parallel joylashgan oraliqlar balandligi har xil bo‘lgan joylardagi bog‘lanishlar;p,t – 
ko‘taruvchi devorlarni bo‘ylama koordinatsiya o‘qlariga bog‘lash; 1 – har xil 
balandlikdagi oraliqlarni baland oralig‘ini ustuni;2– ko‘ndalang holda joylashgan 
baland oraliq to‘ri bilan taqalgan balandligi pastroq bo‘lgan oraliq ustuni. 
Ko‘p qavatli bino sinchlarini o‘rnatishda balandligi bir, ikki va uch qavatga 
to‘g‘ri keladigan temirbeton ustunlar ishlatiladi. Bunday ustunlar kesimini 400x400 
va 400x600mm qilib olinadi (2.12-rasm). Ko‘p qavatli sanoat binolarida ustunlarni 
koordinatsiya o‘qlarga bog‘lanishi 2.13-rasmda ko‘rsatilgandek olib boriladi. 


85 
Ustunlarning rigellar bilan tutashadigan joylari tokchali (2.14-rasm) yoki 
tokchasiz bo‘lishi mumkin. Ustunlar bir birlari bilan o‘zaro har bir qavat poli sathida 
600-1000mm yuqorida tutashtiriladi (2.15-rasm). 
Hozirgi kunda qurilishda yuqori sinfli betonlarni (B40 va undan yuqori) qo‘llash 
hamda to‘rt burchakli kesimni qo‘shtavr profildagi kesimga almashtirish natijasida 
betonni 25-30% tejash va ustun narxini 7-15% tushirish mumkin ekan.Bir qavatli 
sanoat binolarida po‘lat ustunlar kesimi ustun balandligi bo‘yicha o‘zgarmas yoki 
o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin. O‘z navbatida o‘zgaruvchan kesimli bo‘lgan 
ustunlarni kran osti qismi yaxlit yoki teshikli kesimga ega bo‘lishi mumkin (2.16-
rasm). 
Teshik kesimga ega bo‘lgan ustunlar o‘z navbatida bog‘lanishlar bilan 
bog‘langan (bog‘langan mahkamlangan) tarmoqli (shohli) ustun alohida ishlovchi 
fazoviy (shatrovoy) va kranosti tarmoqlaridan (shohlari) iborat bo‘lgan ajratilgan 
ustunlarga bo‘linadi. 

Yüklə 11,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə