Toshkent arxitektura-qurilish instituti


Sanoat binolarida ishlatiladigan temirbeton va po‘lat ustunlar. Faxverk



Yüklə 11,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/61
tarix11.12.2023
ölçüsü11,01 Mb.
#144057
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   61
Sanoat va fuqaro binolari arxitekturasi Ўқув қулланма2

2.3 Sanoat binolarida ishlatiladigan temirbeton va po‘lat ustunlar. Faxverk 
ustunlar va ular orasidagi bog‘lovchilar. 
Bir va ko‘p qavatli sanoat binolari sinchlarini tuzishda temirbeton va po‘lat 
ustunlar qo‘llaniladi. 
Bir qavatli sanoat binolari temirbeton ustunlari tokchasiz yoki tokchali (ko‘prik 
kranlar bilan jihozlangan holda) holda bo‘lishi mumkin. Ular bino tarxida 
joylashishiga qarab o‘rta va chekka qator ustunlariga ajratiladi (2.9-rasm). 
Ustunlar kesimi to‘g‘ri to‘rtburchakli, tavr profilida va boshqa ko‘rinishga ega 
bo‘ladi. Ustun ko‘ndalang kesimi o‘lchamlari unga tushayotgan yuk miqdoriga 
bog‘liq bo‘ladi. Ustunlar kesimi unifikatsiyalangan bo‘lib, to‘g‘ri to‘rtburchak 
kesimli ustunlar uchun 400x400: 400x600: 400x800: 500x500: 500x600: 
500x800mm, kesimi tavr profilida bo‘lgan ustunlar uchun kesimi uchun esa 
400x1000: 500x1000: 500x1300: 500x1400: 500x1500: 600x1400: 600x1400: va 
600x2400mm qilib olinadi. Bunda ustunlarni balandligi bo‘yicha mahsus detallar 
o‘rnatilgan bo‘lib, ularga devor panellarini qotirish ko‘zda tutiladi (2.10-rasm). 
Ustunlar qurilish maydonlarida yig‘iladigan bir necha qismdan iborat bo‘lishi ham 
mumkin. 
Ustunlarni koordinatsiya o‘qlariga bog‘lash muhim ahamiyatga ega bo‘lib, 
unifikatsiya qilingan elementlarni montaj qilish, yig‘ma konstruksiyalar orasidagi 
tirqishlar va choklarni hisobga olish uchun modul o‘lchamlar ko‘zda tutilgan bo‘ladi. 
(2.11-rasm). 
Tokchali ustunlar kran usti va kran osti shoxlardan iborat bo‘ladi. Kran usti 
shohlari kesimi ko‘pincha kvadrat yoki to‘g‘ri to‘rt burchakli bo‘lib, 400x400: yoki 
500x500mm qilib olinadi. Bu ustunlarni sinfi B20-B40 bo‘lgan yuqori sifatli 
betonlardan hamda har xil sinfdagi armaturalardan tayyorlanadi. 
Ustun uzunligi sex balandligi va ustunning poydevori ichiga tushiriladigan qismi 
to‘rt burchakli ustunlar uchun: agar bino ko‘prik kran bilan jihozlanmagan bo‘lsa, 
750mm; agar bino ko‘prik kran bilan jihozlangan bo‘lsa, 850mm; ikki shoxli ustunlar 
uchun bu kattalik sex balandligi 10,8m bo‘lganda – 900mm; sex balandligi 10,8 


82 
metrdan yuqori bo‘lgan hol uchun – 1000mm; ikki shoxli ustunlar uchun 1050 va 
1350mm qilib olinadi. 

Yüklə 11,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə