Toshkent arxitektura-qurilish instituti


-rasm. Devor panellarini ustunlarga maxkamlash



Yüklə 11,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/61
tarix11.12.2023
ölçüsü11,01 Mb.
#144057
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   61
Sanoat va fuqaro binolari arxitekturasi Ўқув қулланма2

2.21-rasm. Devor panellarini ustunlarga maxkamlash: 
a-tayanch kursi yordamida; b-maxkamlash burchakligi yordamida
 
1-ustun; 2-o‘rnatilgan detal;3-tayach kursi; 4-panel;5-payvandlash choklari;6-
mahkamlash elementlari; 7-devor blokining o‘rnatilgan detali. 
Tashqi devorlar isitiladigan yoki isitilmaydigan konstruksiyada bajarilishi 
mumkin. 
Sanoat binolarining g‘ishtli yoki kichik toshlardan tiklanadigan devorlarining 
konstruksiyalari fuqarolik binolari devorlariga o‘xshash bo‘ladi. O‘zini ko‘taruvchi 
g‘isht devorlarining ustuvorligini ta’minlash, ularni karkas ustunlariga zulfinlar 
yordamida mahkamlash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Zulfinlar «T» shaklidagi 
elementlar bo‘lib, har 1.2, 2.4 m balandlikda tasma yoki aylana ko‘rinishidagi 
po‘latdan tayyorlanadi. Bu elementlar bir tomoni bilan 200-250 mm masofada 
devorlarga kirsa, ikkinchi tomoni ustunlarga payvandlanadi. 


98 
Ko‘p oraliqli ishlab chiqarish binolarining devorlari qiymati bino umumiy 
narxining 8-10% ni tashkil etadi, bu ko‘rsatkich bir va ikki oraliqli binolarda yana 
ham katta bo‘lishi mumkin. 
Panel devorlarni keng ko‘lamda qo‘llash bino narxini tushirish va uni qurishga 
ketgan vaqtini kamaytirishga olib keladi. Ustun qadamlari 6,0m bo‘lgan binolarda 
uzunligi 6,0m, ustun qadami 12m bo‘lgan joylarda esa uzunligi 12m li devor 
panellari keng ko‘lamda ishlatilmoqda. Binoda joylashgan o‘rniga ko‘ra panellarni 
qator paneli, deraza oralig‘i paneli, ravoq paneli kabi turlarga ajratiladi. (2.22, 2.23, 
2.24-rasmlar). 
Hozirgi kunlarda aksariyat devor panellari yengil va og‘ir betonlardan 
tayyorlanadi. 
Isitiladigan bino devori panelining qalinliklari 160, 200, 240 va 300 mm bo‘lib, 
bu yerda 160mm qalinlikdagi panel faqat ilingan devorlarda bo‘ladi. Panel 
balandligini odatda 1200, 1800mm, tomidan atmosfera suvlarini bino tashqarisidan 
tushirib yuboriladigan binolarda esa panel balandligini 900 va 1500 mm qilib olinadi. 
Parapet panellari balandligi 900 va 1800mm ga teng bo‘ladi. 
Isitilmaydigan binolarda qovurg‘ali hamda serqovurg‘ali yig‘ma temirbeton 
panellari qo‘llaniladi. Ularni uzunligi 5980 va 11970mm, balandligi 1185 va 
1785mm, qovurg‘alari balandligini ustunlar qadami 6,0 bo‘lganda 120mm va ustunlar 
qadami 12m bo‘lganda esa 300mm qilib olinadi. 
Panellar sinfi B25 va B30 bo‘lgan betonlardan tayyorlanadi. 


99 

Yüklə 11,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə