Toshkent arxitektura-qurilish instituti


-rasm. Storopil konstruksiyalarida yopma panelini ishlatish uchun



Yüklə 11,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/61
tarix11.12.2023
ölçüsü11,01 Mb.
#144057
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   61
Sanoat va fuqaro binolari arxitekturasi Ўқув қулланма2

2.42-rasm. Storopil konstruksiyalarida yopma panelini ishlatish uchun 
o‘rnatilgan quyma detallari

1. Po‘lat taxta tayanch; 
2. Quyma detallar. 


120 
Fermalarni qo‘llanishi va tuzilishi yopma turiga, fonarlarni joylashishi va 
shakliga, hamda tomning umumiy komponovkasiga bog‘liq bo‘ladi.
Oraliqlari 18m va undan katta bo‘lgan binolar uchun oldindan zo‘riqtirilgan, 
betonni sinfi B30-B40 bo‘lgan temir-beton fermalar ishlatiladi. Fermalarni qo‘llash 
natijasida fermani tuzuvchilari bo‘lgan sterjenlar oralig‘idai bo‘shliqlarga santexnik 
va texnologik tarmoq uskunalarni joylashtirish imkonini beradi. 
Ferma yuqori qismi tizimiga ko‘ra ularni segmentsimon, arkasimon, parallel 
poyasli va uchburchak ko‘rinishidagi turlarga ajratish mumkin (2.43-rasm). 
2.43-rasm. Sanoat binolarining stropil fermalari 
a-hovonli, segmentsimon; b-havonsiz, sterjenlari tikka joylashgan, arkasimon 
ferma; v-parallel poyasli havonli ferma; g-ikki nishobli ferma; d-yassi tom uchun 
havonsiz, arkasimon ferma. 


121 
Segmentsimon va sterjenlari tikka joylashgan fermalarni oraliqlari 18 va 24 
metr, ustunlar qadami 6,0 bo‘lgan binolarda qo‘llaniladi. 
Parallel poyasli fermalarni oraliqlari 18 va 24m, ustun qadami 6 va 12m bo‘lgan 
korxona binolarda qo‘llanilgan ferma ustunlariga hamda yopma plitalarini fermalarga 
qotirish usullari balkalarni ustunlarga qotirish usuliga o‘xshash bo‘ladi. 
Katta oraliq ishlab chiqarish binolarida arkasimon, yig‘ma temir-beton 
konstruksiyalari ishlatiladi. Konstruktiv sxemalariga ko‘ra ikki sharnirli “tayanchlari 
sharnirli birikkan”, uch sharnirli va sharnirsiz turlarga bo‘linadi. Bularni ichida ikki 
sharnirli arkalar qulayligi va qurilishda “yig‘ilishda” osonligi bilan ajralib turadi. 
Oraliq kengligi 30m va undan katta bo‘lgan hollarda nishabi (qiyaligi) 
oraliqning 1-5 dan 1-7 gacha qismiga to‘g‘ri keladigan temirbeton yassi arkalar 
ishlatiladi. Bunday arkalarni ustki qismi (sterjeni) oldindan zo‘riqtirilgan 
temirbetondan ishlangan bo‘ladi. 
Sanoat binolari tomidan atmosfera suvlarini ikki xil usulda bino ichkarisidan 
hamda tashqi tomonidan oqizib yuboriladi(2.44-rasm). 
Atmosfera suvlarini tashqi tomondan erkin oqishini ko‘pincha chordoqli va 
isitilmaydigan binolarda uchratish mumkin. Bundan tashqari korxona ichida yomg‘ir 
suvlarini oqizib yuboradigan kanalizatsiya tarmoqlari o‘tkazilmagan bo‘lsa, hamda 
tom ko‘taruvchi konstruksiyalari yog‘ochdan ishlangan bo‘lsa, bunday isitiladigan 
binolarda ham atmosfera suvlari bino tashqarisidan oqiziladi. Bunda bino balandligi 
10m gacha, tom kengligi esa 36m dan oshmasligi kerak. Bu usulda suvlar bir joyga 
yig‘ilgan va yig‘ilmagan (butun uzunasi bo‘ylab erkin oqib tushadigan) bo‘lishi 
mumkin. 
Atmosfera suvlari ichkaridan oqiziladigan binolarda chekka oraliq tomonidan 
suvlarni tashqaridan oqizib yuborish man etiladi. 
Atmosfera suvlarni tarnovlar yordamida bir joyga yig‘ib, bino tashqarisidan 
oqiziladigan hollarda, suv tushadigan quvurlar oralig‘i 24 metrdan katta bo‘lmasdan, 
quvurlar diametri 1m
2
tom yuzasi uchun 1-1,5sm
2
hisobida olinadi. 
Atmosfera suvlarini bino ichkarisidan oqizilganda tom maydonida bir biridan 
barobar masofada turuvchi suv yig‘iladigan elementlar joylashtirilgan bo‘ladi. Bu 


122 
elementlarning bir-biridan uzoqligi nishabli tomlarda 48m ni, tekis tomlarda esa 60m 
tashkil etadi. 
Suv tushiriladigan quvurchalar diametri 80mm bo‘lganda sekundiga 5l suv, 100 
mm bo‘lganda 10 l/sek; 125 mm bo‘lganda 20 l/sek; 150mm bo‘lganda 35 l/sek; 
200mm bo‘lganda 80 l/sek suv o‘tishi ta’minlanadi. Yoki diametri 100mm bo‘lgan 
oqizuv quvurlari nishabli tomonlarning 80m
2
yuzasidan oqib tushuvchi, tekis 
tomlarning 800m
2
maydonidan tushuvchi suvlarga mo‘ljallangan bo‘ladi. 
Tomdan suvlarni bino ichkarisidan oqizishda turar joy va jamoat binolaridagi 
kabi ma’lum bir tizimi – suv yig‘uvchi element, yo‘naltiruvchi quvur va uni 
kanalizatsiyaga o‘tkazuvchi qismdan iborat bo‘ladi. 

Yüklə 11,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə