Toshkent arxitektura-qurilish instituti


-rasm. Rossiyada yaratilgan qadimgi mashhur yog‘och



Yüklə 11,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/61
tarix11.12.2023
ölçüsü11,01 Mb.
#144057
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   61
Sanoat va fuqaro binolari arxitekturasi Ўқув қулланма2

2.45-rasm. Rossiyada yaratilgan qadimgi mashhur yog‘och 
konstruksiyalarining sxemalari

a - S.Peterburgdagi Neva daryosi orqali ko‘prik loyihasi (muallif I. P. Kulibin);b 
- Moskva Manejining yopma fermasi (muallif A.A Betankur); v - Moskva-
S.Peterburg temir yo‘lidagi Msta daryosi orqali ko‘prik fermasi (muallif 
D.I.Juravskiy); g - Orsk shahridagi to‘rsimon minora (muallif V.T.Shuxov). 
XX asrning 30-yillarida po‘lat va sementning tanqisligi tufayli yog‘och 
konstruksiyalariga bo‘lgan e’tibor ayniqsa sanoat qurilishida kuchaygan. Bu davrda 
taxta - mixli to‘sin va ramalar, to‘rtqirra va taxta - mixli segmentli fermalar, rus olimi 


125 
V. S. Derevyagin taklif etgan yog‘och plastinkali tarkibli to‘rtqirra to‘sinlar qo‘llanila 
boshlagan.
1950-yillarda yelimlangan yog‘och konstruksiyalari ishlab chiqarila boshlangan. 
Bu turdagi konstruksiyalarni rivoji rus olimi G. G. Karlsen hayoti bilan uzviy 
bog‘liqdir. Sintetik polimer smolalar asosida yuqori mustahkamlikka ega bo‘lgan 
suvga chidamli yelimlarni ishlab chiqarilishi bu turdagi konstruksiyalarni 
rivojlanishiga olib kelgan. Yog‘ochni yelimlashda oldinroq fenolformaldegidli 
keyinroq esa ishonchli rezorsinali yelimlar, yog‘ochni metallga yelimlashda epoksidli 
yelimlar qo‘llanilgan.
1940-yillarda birinchi marta yirik yelimlangan yog‘och konstruksiyalaridan 
kaliy tuzi ombori loyixasi yaratilgan va qurilgan. Bu omborning asosiy yuk 
ko‘taruvchi konstruksiyalari tortqichsiz ko‘rsatkichsimon yelimlangan yog‘ochli 
arkalardir. Arkalar 45 m oraliqli va ko‘ndalang kesimli o‘lchamlari 30 

105 sm ga 
tengdir. 1980-yillarda Arxangelskda asosiy yuk ko‘taruvchi konstruksiyalari oralig‘i 
63 m li va ko‘ndalang kesimi 32 

160 sm li bo‘lgan yelimlangan yog‘ochli 
segmentli tortkichsiz arkalar sport saroyi qurilgan (2.46 -rasm).
Yelimlangan yog‘och elementlar kam qavatli turar-joy uylari konstruksiyalarida, 
kichik sanoat va jamoat binolarida, avtoyo‘l ko‘priklarida qo‘llanila boshlangan. 
Shuning bilan birga yangi turdagi yelimlangan yog‘och konstruksiyalari birikmalari 
yaratilgan va tadqiq qilingan (yog‘och elementni ichiga yelimlab maxkamlangan 
po’lat sterjenli), taxta konstruksiyalarini biriktirish uchun po‘lat tishli plastinkalar 
qo‘llanila boshlangan, va yana Fransiya va Amerikada yaxlit yog‘och elementli katta 
bo‘lmagan, hamda yirik oraliqli yelimlangan yog‘och arkasimon fazoviy 
konstruksiyalar keng qo‘llanila boshlangan. Fransiyaning Puate shahrida qurilgan 
tribunali sportzal bunga misol bo‘la oladi. Bu inshoot rejada oval ko‘rinishida, tom 
yopmasining asosiy yuk ko‘taruvchi konstruksiyasiya oralig‘i 75 metr bo‘lgan 
yelimlangan yog‘och arkadir. 


126 

Yüklə 11,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə