Toshkent arxitektura-qurilish instituti


-rasm. Tortqichli arkaning tayanch burchaklari



Yüklə 11,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/61
tarix11.12.2023
ölçüsü11,01 Mb.
#144057
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   61
Sanoat va fuqaro binolari arxitekturasi Ўқув қулланма2

2.49-rasm. Tortqichli arkaning tayanch burchaklari:
a- vertikal diafragma 
bilan; b- qiya diafragma bilan; 1- tayanch qoplamalar; 2-arkalar; 3- tortqichlar; 4- 
ankerlar; 5- diafragma; 6- bolt; 7- payvand; 8- tayanch varag‘i. 


130 
2.50- rasm. Arkaning tayanch tugunlari
: a - tugun shayba bilan; b - tugun 
baldoq bilan: 1 - arka; 2 - tortqich; 3 - tirgak; 4 - shayba; 5 - ko‘tarish uchun metall 
moslama; 6 – sirtmoq. 
Yog‘och 
fermalar. 
Yog‘och 
fermalar-to‘sin 
turidagi 
panjarasimon 
konstruksiyalar bo‘lib, ular qurilishda keng qo‘llaniladi. Fermalar turli bino va 
inshootlar uchun asosiy yuk ko‘taruvchi konstruksiya bo‘lib xizmat qiladi. Fermalar 
to‘shama va sarrovlar uchun asosiy yuk ko‘taruvchi asos bo‘lib xizmat qilish bilan 
birga, to‘suvchi konstruksiyalar vazifasini ham bajaradi. Osma shiftlarni va yengil 
ishlab - chiqarish jihozlarini ularga osish mumkin. Fermalarda metall va yog‘och 
materiallaridan samarali foydalaniladi. Fermani siqiluvchi elementlari yog‘ochdan, 
cho‘ziluvchi sterjenlari esa metaldan tayyorlanadi.Fermalarning eng asosiy 
kamchiligi, ulardagi tugunlarning ko‘pligidir. Shuning uchun ularni tayyorlash va 
yig‘ish murakkabdir. Ferma sterjenli sistema bo‘lgani uchun uning umumiy 
balandligi kattadir. Bu o‘z navbatida inshootning umumiy balandligiga ta’sir 
ko‘rsatadi. 
 
Yog‘och fermalar ikki asosiy - yelimlangan yog‘och va butun yog‘ochli 
sinflarga bo‘linadi. 
Yelimlangan yog‘och fermalarning oralig‘i 12 

30 metrgacha bo‘lishi mumkin.
Fermalar 
geometrik 
sxemalari 
bo‘yicha 
segmentli, 
ko‘pburchakli, 
trapesiyasimon-beshburchakli va uchburchakli turlarga bo‘linadi (2.51-rasm). 
Fermalar tayyorlanishi bo‘yicha ham ikki turga bo‘linadi: 1)zavod sharoitida 
tayyorlanadigan fermalar (yelimlangan yog‘ochli fermalar); 2) qurilish maydonini 


131 
o‘zida tayyorlanadigan fermalar (butun yog‘ochli fermalar). 
Amaliyotda yaxlit yoki sterjenli-ferma to‘sin konstruksiyalarini tanlash - asosan 
inshootning vazifasiga qarab aniqlanadi. Masalan, kimyoviy agressiv muhit 
sharoitida sterjenli to‘sinlarni (fermalarni) qo‘llashga tavsiya etilmaydi, chunki bu 
holda har xil tuz, kislota ishqorlar uchun ta’sir etish yuzalari kattadir. 

Yüklə 11,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə