Toshkent arxitektura-qurilish instituti



Yüklə 11,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/61
tarix11.12.2023
ölçüsü11,01 Mb.
#144057
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   61
Sanoat va fuqaro binolari arxitekturasi Ўқув қулланма2

2.51
 
- rasm. Yelimlangan yog‘och fermalar:
a
- pastga yo‘nalgan havonli uchburchakli ferma; 
b
- yuqoriga yo‘nalgan havonli 
uchburchak ferma; 
v
- segmentli; 
g
- beshburchakli. 
Fermalar industrial konstruksiya hisoblanadi. Ularda yelimlangan yog‘och 
ishlatilishi - o‘tga chidamlilikni oshiradi. Agar yelimlangan yog‘ochni ishlatish 
imkoniyati bo‘lmasa, to‘rtqirra yog‘och ko‘rinishidagi sterjenlardan foydalaniladi. Bu 
turdagi fermalarni o‘tga chidamliligi kichikdir. 
Fermalar asosan statik aniq sxemalar asosida hisoblanadi. Statik noaniq 
sistemalarda fermalarni qo‘llash, umuman tavsiya etilmaydi. Bu holda tugunlardagi 
deformatsiyalanish hisobiga zo‘riqishlarni boshqa sterjenlarga uzatilishi yuz berib 
qolishi mumkin. 
Fermalar, sterjenlarining materiallari turlariga qarab ham quyidagi turlarda 
bo‘linadi: butun yog‘ochli, metall yog‘ochli, yelimlangan yog‘ochli. 
Metall yog‘och sterjenli fermalarda asosan quyi belbog‘ini ikkita po‘lat 
burchaklikdan, yuqori belbog‘ini esa yelimlangan yog‘ochdan tayyorlanadi. 
Uchburchakli, havonlari pastga yo‘nalgan, yelimlangan yog‘ochli fermalar 


132 
yuqori belbog‘ining qiyaligi katta bo‘ladi. Bu
fermalarni quyi belbog‘i ikki po‘lat 
burchaklikdan tayyorlanadi va hisoblash orqali ularning uzunligi bo‘yicha birgalikda 
ishlashini ta’minlash maqsadida bikrlik qobirg‘alari qo‘yiladi (bir-biriga metall 
plastinka yordamida payvandlanadi). Bu fermalarning havonlari faqat siqilishga 
ishlaydi. Shuning uchun havonlarni yog‘ochdan tayyorlanadi va ularning kengligi 
yuqori belbog‘ kengligi bilan bir xil olinadi. Fermalarning ustun sterjenlari 
cho‘zilishga ishlaydi va ular po‘lat yakka armatura sterjenlaridan tayyorlanadi.
Uchburchakli havonlari yuqoriga yo‘nalgan yelimlangan yog‘ochli fermalar, 
uchburchakli havonlari pastga yo‘nalgan fermalar singari yuqori belbog‘ va quyi 
belbog‘larga egadirlar. Bu fermalarning havonlari cho‘zilishga ishlaydi va havonlar 
po‘lat armatura sterjenlaridan tayyorlanadi, ustun sterjenlari esa siqilishga ishlaydi va 
ustunlar yog‘ochdan kengligi yuqori belbog‘ kengligi bilan teng qilib tayyorlanadi. 
Bu fermalarning havonlari metall bo‘lganligi uchun, ularning tugunlarda 
mahkamlanishi masalasi biroz murakkabroqdir. Undan tashqari ferma xususiy 
og‘irligi natijasida sezilarli egilishi mumkin.
Segmentli yelimlangan yog‘och fermalar o‘rama materialli tom yopmalar uchun 
mo‘ljallangan. Ular asosan uchburchak panjara sxemali bo‘ladi. Yuqori belbog‘i 
sterjenlari soni to‘rtta yoki uchta bir xil uzunlikda bo‘ladi. Quyi belbog‘i ikkita po‘lat 
burchaklikdan tashkil topgan. Panjara havonlarida uncha katta bo‘lmagan zo‘riqishlar 
hosil bo‘lib, ular yog‘ochdan tayyorlanadi.
Agar osilib turuvchi shift qilinadigan bo‘lsa, bu turdagi fermalarda ham ustun 
po‘lat armatura sterjenlaridan tayyorlanadi va ular cho‘zilishga ishlaydi. Yuqori 
belbog‘ini egilishi hisobiga uning kesimlarida tugun oralig‘idagi yuklamalardan 
uncha katta bo‘lmagan o‘zgaruvchan ishorali eguvchi momentlar va hisobiy 
kesimlarda bo‘ylama kuchdan ekssentrisitet bilan qarama - qarshi ishorali eguvchi 
momentlar hosil bo‘ladi. Shuning uchun segmentli ferma sterjenlarining ko‘ndalang 
kesimlari kichikroq bo‘ladi.
Beshburchakli yelimlangan yog‘och fermalarning yuqori belbog‘i kichik 
qiyalikka ega bo‘ladi. U o‘rama tom yopmali tomlarni asosi bo‘lib va uch oraliqli 
tomyopmalarni o‘rta oralig‘i uchun xizmat qiladi hamda ferma ustuni bilan 


133 
uchburchak panjara sxemali ko‘rinishda bo‘ladi. Yuqori belbog‘i to‘rtta yelimlangan 
yog‘ochli to‘g‘ri to‘rtburchak ko‘ndalang kesimli sterjenlardan iborat bo‘lib, ular 
tugunlarda o‘z o‘qlariga nisbatan ekssentrisitet bilan biriktiriladi. Katta cho‘zilish 
zo‘riqishlari ta’siridagi belbog‘ning o‘rta panellari va o‘rta havonlarida o‘zgaruvchan 
ishorali zo‘riqishlar hosil bo‘ladi hamda ularni yelimlangan yog‘ochdan tayyorlanadi. 
Bunday fermalarning qo‘llanishi iqtisodiy jixatdan samarasizdir. 
Butun yog‘ochli fermalarning yuqori belbog‘i yog‘ochdan, quyi belbog‘i va 
panjara sterjenlari yog‘ochdan yoki po‘latdan tayyorlanadi. Bunday fermalarni 
afzalligi shundaki, ularni har qanday sharoitda ham tayyorlash mumkin. Kamchiligi 
esa, butun yog‘och ko‘ndalang kesim o‘lchamlarining chegaralanganligidir. 
Uchburchakli kichik oraliqlarda qo‘llaniladigan to‘rt qirrali yog‘och 
fermalarning havonlari pastga yo‘nalgan yog‘och, yuqori belbog‘i yog‘och, quyi 
belbog‘i yog‘och yoki po‘lat, ustunlari esa po‘lat sterjenlardan iborat bo‘ladi. Bu 
turdagi fermalar soddaligi bilan ajralib turadi. Ular 
12 
metrgacha bo‘lgan oraliqlarda 
muvaffaqiyatli qo‘llaniladi. 
Ko‘pburchakli to‘rtqirrali yog‘och sterjenli fermalar uchburchak panjara 
sxemali, quyi belbog‘i po‘lat sterjenlardan, qolgan sterjenlari esa yog‘och 
sterjenlardan tashkil topgan bo‘ladi. Bu turdagi fermalarning havon va ustunlarida 
kichik qiymatli zo‘riqishlarni hosil bo‘lishi, ularni yog‘ochdan tayyorlanishiga 
imkoniyat yaratadi. Ferma yuqori belbog‘i qiyalik darajasining kichikligi, o‘rama tom 
yopmalarda muvaffaqiyatli asos bo‘lib xizmat qilishiga imkoniyat yaratadi (2.52-
rasm). 

Yüklə 11,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə