Toshkent arxitektura-qurilish instituti


-rasm. To‘g‘ri to‘rtburchakli fonar detal



Yüklə 11,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/61
tarix11.12.2023
ölçüsü11,01 Mb.
#144057
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   61
Sanoat va fuqaro binolari arxitekturasi Ўқув қулланма2

2.57-rasm. To‘g‘ri to‘rtburchakli fonar detal

1 – ruxlangan po‘lat tunuka; 2 – issiq sovuqdan himoya qatlami; 3 – bo‘rt 
elementi; 4 – yog‘och brusok; 5 – tavaqa; 6 – asbosement bo‘g‘ot paneli; 7 – temir 
beton plita; 8 – qotiruvchi anker; 9 – shveller; 10 – fonar fermasi; 11 – fonar paneli. 
Tavaqalari ochiladigan yoki umuman ochilmaydigan bo‘lishi mumkin, ularni bir 
yoki ikki yarusda o‘rnashtiriladi. Ularning hammasini yoki ayrim qismini mexanik 
tarzda ochib yopuvchi moslamalar o‘rnatilgan bo‘ladi. 
Yorug‘lik fonarlarining uzunasi bo‘yicha har 84m masofada, 6,0m kenglikda 
uzish kerak bo‘ladi. Derazalarni ochilish burchagi 70
0
gacha bo‘ladi. Qiya deraza 
panjaralarida iloji boricha armaturalangan oyna ishlatiladi va ularni mahsus 
qotirgichlar yordamida joyida mahkamlanadi. 
Fonar ko‘ndalang bikirligini oshirish uchun fonar konturiga tirgaklar kiritiladi, 
fonar ramasi oralig‘iga esa bog‘lovchilar o‘rnatiladi. Ramasimon fonarlarni o‘rnatish 
murakkabligini hisobga olib, ekspluatatsiya sarflari va issiqlik yo‘qotilishi yuqori 


139 
bo‘lganligini hamda oynalarining tez ifloslanadiganligi keyingi yillarda fonarlarni 
yangi konstruksiyalarini ishlab chiqishga to‘g‘ri kelmoqda. Bunday fonarlar 
takomillashgan bo‘lib, zenit fonarlari hioblanadi va ular yuqoridagi kamchiliklardan 
holi bo‘lib qolmasdan o‘zidan yorug‘likni yaxshi o‘tkazuvchi tom hamdir. Bunday 
fonarlar plastmassalardan tayyorlangan, industrial, ko‘p og‘irlikka ega bo‘lmagan, 
katta mustahkamlikka ega, montaj qilinishi jo‘n va ishlatishga qulay hisoblanadi. 
Zenit fonarlarini tom sirtida alohida-alohida turuvchi va seksiya tipida bo‘lishi 
mumkin. seksiyalar ko‘taruvchi konstruksiyalarga burama mixlar yordamida 
mahkamlanadi. Zenit fonarlari burtmasi (kupoli) o‘lchami 1400x1600mm, organik 
shishadan qilingan panel o‘lchami esa 1600x6200mm ga teng bo‘ladi (2.58-rasm). 
Bino ichkarisini shamollatish uchun mo‘ljallangan mahsus ko‘rinishlarga ega 
bo‘lgan bosimlar har xil bo‘lganda so‘rilish yoki havoni chiqarish prinsiplariga 
asoslangan fonarlar aeratsiya fonarlari deyiladi(2.59-rasm). 
Bunday fonarlarda shamoldan muxofaza qiladigan derazadan ma’lum bir 
masofada turuvchi panellar qo‘yilgan bo‘ladi. Bunday fonarlarda deraza o‘rni 
balandligi 1,25: 1,75: 2,4 va 3,4m qilib olinadi. 

Yüklə 11,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə