Toshkent arxitektura-qurilish instituti


-rasm. Sanoat binolarining pollari



Yüklə 11,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/61
tarix11.12.2023
ölçüsü11,01 Mb.
#144057
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61
Sanoat va fuqaro binolari arxitekturasi Ўқув қулланма2

2.60-rasm. Sanoat binolarining pollari. 
a – tuproqli; b – shag‘al yoki chaqiq toshli; v – betonli; g – asfaltobetonli;


143 
d,e-ksilolitli; j – o‘lachali; z,i – g‘ishtli; k,l – chetki; m,n – plitali; o,p – metalli; r 
– yog‘ochli; s – parketli; t – linoleumli; f – polivinilasetatli; x – polivinilxloridli 
lineleum; s – fenolli plitalardan tuzilgan. 
Shag‘al yoki chaqiq tosh pollarni transport vositasi yuradigan joylarda 
o‘rnatiladi. Ularning yirikligi 25-75mm bo‘lgan shag‘al yoki chaqiq tosh bilan qum 
aralashmasidan qalinligini 100-200mm qilib to‘shaladi. Bu qatlam tekislanib, 
shibbalanadi. Uni ustidan yirikligi 15-25mm va yirikligi 5-15mm bo‘lgan mayda 
shag‘al yotqiziladi va bu yopmaga issiq bitum shimdirilishi mumkin bo‘ladi. Bunday 
yopma o‘z navbatida to‘shama qatlam vazifasini ham bajaradi. 
Beton va sement-qumli pollarni yuqori darajali namlikka ega bo‘lgan binolarga, 
hamda pollarga mineral yog‘lar, gavharlar va ishqorlar to‘kilishi ehtimol bo‘lgan 
hollarda o‘rnatiladi. Ularni sinfi B15-B30 bo‘lgan betonlardan 20-50mm qalinlikda 
tayyorlangan qatlam ustidan yotqiziladi. Bunday yopmalar qalinligi 20-30mm teng 
bo‘ladi. 
Mozaika pollar sement-qum qorishmasi, mayda to‘ldirgich (granit, bazalt, 
marmar) va qumdan iborat bo’ladi. Bunday pollar yopmasi qalinligi 20-25mm teng 
bo‘ladi. 
Metall-sement pol yopmalarini po‘lat qipig‘i, sement va suv aralashmasidan 15-
20mm qalinlikda, 15mm qalinlikda bo‘lgan sement qum ustidan yotqiziladi. Po‘lat 
qipig‘i yirikligi 1-5mm bo‘ladi. Ayrim hollarda pol yuzasi cho‘yan plitkalar 
yordamida metallanadi. 
Asfaltli beton pollarni omborlar, o‘tish va yurish joylariga 25-50mm qalinlikda 
yotqiziladi. Qorishma kukun to‘ldirgichli bitum bilan qum va chaqiq tosh yoki 
shag‘aldan iborat bo‘lishi mumkin. asfaltli beton yopma, ya’ni beton pol, yirik tosh 
chaqiq tosh ustidan yotqizilib chiqiladi. 
Ksilolitli pollarni alohida talablar qo‘yilgan va kishilar uzoq vaqt bo‘ladigan 
xonalarda o‘rnatiladi. Qalinligi 15-20mm bo‘lgan yopma kaustik magnezit, yog‘och 
qirindisi va magniy suv qorishmasidan iborat bo‘lib, ular yaxshi ekspluatatsiya 
xususiyatlariga ega bo‘ladi. Ksilolitli pollarni tag to‘shamasi bo‘lib, beton asoslar 
xizmat qiladi. 


144 
Donali ashyolardan bo‘lgan pollardan brusli klinkerli (sun’iy tosh, ya’ni o‘tda 
kuymaydigan va suv o‘tkazmaydigan pishiq g‘isht), g‘o‘lachali, metalli, plitkali 
turlarga bo‘linadi. 
Brusli pollarni yuqori harorat yoki kimyoviy moddalar ta’siri bo‘lishi mumkin 
bo‘lgan hollarda ishlatiladi. Bruslar o‘lchami 150x200x100(200) mm bo‘lib, ularni 
granit, bazalt, diabaz va shu kabi boshqa turdagi qattiq tosh materiallardan qilinadi. 
Toshlarni beton yoki qum to‘shama qatlami yoki sement-qum ustiga terib chiqiladi. 
Klinkerli pollarni ham brusli pollarga o‘xshash usulda terib chiqiladi. 
G‘o‘lachali pollar to‘rt yoki olti qirrali yog‘ochlardan iborat bo‘lib, ularni oq 
qayin, dub yoki shunga o‘xshash qattiq yog‘ochlardan balandligi 60 yoki 80mm qilib 
tayyorlanadi va ularning qalinligi 10-15mm bo‘lgan qumli asosga terilib chiqilai. Bu 
pollar kichik issiqlik singuvchanlik koefitsientiga, ovoz chiqarmaydigan va 
elastiklikka ega pol hisoblanadi. 
Plitali pollarni har xil o‘lchamli betondan, sement-qumdan, mozaika, keramik, 
asfaltbeton va boshqa ashyolardan tayyorlangan plitalardan o‘rnatish mumkin. 
Ularning qalinligi 10-15mm bo‘lgan sement-qum aralashmasi ustidan yotqiziladi
yoki bo‘lmasa 1-3mm qalinlikdagi mastika ustiga yotqizsa ham bo‘ladi. 
Metall pollarni marten pechlari alohida uchastkalarida, quyma, prokat, termik va 
boshqa sexlar polida ishlatiladi. bunday pollarga og‘ir jismlarni tushishi va yuqori 
temperaturalarning ta’sir etishi bilan birgalikda, bunday sexlarda pol satxi silliq va 
changimaydigan bo‘lishi kerak. Bunday pollarda ishlatilaigan cho‘yan plitalarning 
o‘lchamlari 250x250, 300x300mm qalinligi esa 6mm bo‘ladi. Qovurg‘alari baland 30 
va 42mm tashkil qiladi. Ularning qalinliklari 30-35mm bo‘lgan sement-qum 
qorishmasi yoki qalinligi 80mm bo‘lgan qum qatlami ustiga o‘rnatiladi. 
Sanoat binolarida bulardan tashqari boshqa turdagi pollar ya’ni polimer 
(o‘rama), mastikali (yoriqsiz), yetarli darajadagi mustahkamlikka ega bo‘lgan, 
yedirilishga chidamli, suv o‘tkazmaydigan va elastik pollar ishlatilishi mumkin. 
Pollarni o‘rnatishda ularni vertikal o‘rovchi konstruksiyalar bilan to‘g‘ri 
tutashishini ta’minlash, bir turdagi poldan ikkinchi turdagi polga o‘tishda harorat 
choralarini nazarda tutish va hakozolarga e’tibor berish kerak bo‘ladi.


145 

Yüklə 11,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə