Toshkent arxitektura-qurilish instituti


-rasm. Shisha plastikli gumbazsimon ko‘rinishdagi zenit fonarining



Yüklə 11,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/61
tarix11.12.2023
ölçüsü11,01 Mb.
#144057
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   61
Sanoat va fuqaro binolari arxitekturasi Ўқув қулланма2

2.58-rasm. Shisha plastikli gumbazsimon ko‘rinishdagi zenit fonarining 
konstruksiyasi 


140 
2.59-rasm.Shamollatish fonarlarining turlari 
a-shamoldan ximoyalanuvchi panellari bor yorug‘lik fonari; b-KTIS fonari
 
v-PSK-2 fonari; g-Gipromeza fonari; d-Baturina fonari. 


141 
2.10.Sanoat binolarining pollari.
Pollar konstruktiv element hisoblanib, ular har doim ekspluatatsiya ta’siri ostida 
bo‘ladi. Pollarning narxi bir qavatli sanoat binosi narxining 5-25% ko‘p qavatli 
sanoat binolarida esa 5-12 foizni tashkil qiladi. Ularni QMQ “pollar, loyihalash 
me’yorlari” talablari bo‘yicha loyihalanadi. 
Pollarning turlari va konstruktiv yechimlarini tanlashda, avvalambor ularga 
ta’sir etadigan ishlab chiqarish harakteri va ekspluatatsiya mustahkamligini, hamda 
uning xizmat muddatini oshirishni ta’minlovchi talablar bajarilishi kerak. Shuning 
uchun ham sanoat binolari pollari yuqori mustahkamlikka ega bo‘lishi, tekis va silliq 
yuzaga ega bo‘lishi sirpanmaydigan bo‘lishi, yaxshi elastiklikka ega bo‘lgan 
(buyumlarni 
urilishidan 
shikastlanmaydigan), 
ovoz 
chiqarmaydigan, 
suv 
o‘tkazmaydigan, o‘tga chidamli, tajovuzkor ximoyali moddalar ta’siriga chidamli, 
kerak bo‘lganda tez almashtirish va kam mehnat sarfi bilan ta’mirlanishi, industrial 
oson tozalanuvchi va o‘z ko‘rinishini uzoq vaqt saqlab turuvchi bo‘lishi kerak. 
Odatda birinchi qavat pol sathi uchastka maydonini rejalashtirilgan belgisidan 
150mm yuqori bo‘lishi kerak. Yer osti suvlari satxi yuqori bo‘lgan hollarda pol satxi 
rejalashtirilgan belgisidan 500mm gacha yuqori ko‘tarilishi mumkin. Pollar yopma 
ashyolar bo‘yicha nomlanadi. Yopma konstruksiyasi va ularni o‘rnatish usuliga ko‘ra 
donali yoki yaxlit turlarga ajratiladi (2.60-rasm). 
Bir qavatli sanoat binolarida pollarni odatda to‘g‘ridan to‘g‘ri asos tuprog‘iga, 
ko‘p qavatli binolarda esa qavatlar aro yopma ustiga o‘rnatiladi. 
Tuproq ustiga o‘rnatiladigan pol tarkibiga asos, to‘shama qatlam, pol yopmasi 
kabi konstruktiv elementlardan iborat bo‘ladi. Boshqa qatlamlar talabga ko‘ra 
o‘rnatilishi mumkin. Bir qavatli bino pol osti vazifasini tabiiy tuproqlar bajarishi 
mumkin. bo‘sh tuproqli asoslarni yuk ko‘tarish qobilyatini oshirish maqsadida ularga 
shag‘al yoki chaqiq toshlar aralashtirilib, mahsus mashinalar yordamida yoki 
qurilmalar yordamida shibbalanadi. 


142 
To‘shama qoplama yukni asosga tarqatib beradi va uning turi tanlangan yopma 
ko‘rinishiga va texnologik talablarga bog‘liq bo‘lib qalinligi tushayotgan yuk va asos 
xaakteriga bog‘liq bo‘ladi va uning qalinligi 80-250mm qilib olinadi. 
Yaxlit pollarga tuproqdan, shag‘al va chaqiq toshdan, betondan va sement 
qumdan, mozaika va metallosementdan, asfaltbetondan, ksilolitli va boshqa 
ashyolardan ishlangan pollar kiradi. 
Tuproqdan yasalgan pollarni issiq sexlarda o‘rnatiladi. Pol yopmasi tuproq, qum 
va suv aralashmasidan iborat bo‘lib to‘shama qatlam vazifasini ham o‘zi bajarishi 
mumkin, agarda bunday aralashmalarga 2-3% yog‘ moddasi va 55-65% shag‘al yoki 
chaqiq tosh qo‘shilsa, yuqori darajali mexanik sifatlarga ega bo‘lgan tuproq pollarga 
ega bo‘lish mumkin. 

Yüklə 11,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə