Toshkent arxitektura-qurilish instituti


 rasm. Ko‘pqirra yog‘ochli fermalar



Yüklə 11,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/61
tarix11.12.2023
ölçüsü11,01 Mb.
#144057
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   61
Sanoat va fuqaro binolari arxitekturasi Ўқув қулланма2

2.52 rasm. Ko‘pqirra yog‘ochli fermalar:
 
 a
- uchburchakli ; 
b
– ko‘pburchakli 


134 
Yog‘och ferma konstruksiyalarining tugunlari turli xildir. Ular konstruksiyaning 
asosiy qismi hisoblanadi. Tugun birikmalarining turlari ferma panjara sxemalariga 
uzviy bog‘liqdir. Yog‘och elementlari birikmalari ichida eng ishonchlisi pesh 
tayanchdir. Lekin bu turdagi birikma cho‘zilishdagi zo‘riqishni qabul qila olmaydi. 
Boltli birikmalar siqilish va cho‘zilish zo‘riqishlarini qabul qila oladi. Ular 
asosan ferma sterjenlarini biriktirishda qo‘llaniladi. 
Yelimlangan yog‘ochli va butun yog‘ochli ferma tugun konstruksiyalari 
o‘zlarining alohida xususiyatlariga egadirlar.
Yelimlangan yog‘och ferma tugunlari shuningdek ko‘p qirralidir. Segmentli va 
uchburchakli yelimlangan yog‘och fermalarning tayanch tugunlari xuddi arkalar 
tugunlari kabi metall yoki yog‘och qoplamali boltli birikma ko‘rinishida bo‘ladi. 
Umuman olganda ferma sterjenlarining bir-biri bilan birikishi sterjenlar materialiga
sterjenlarda hosil bo‘ladigan zo‘riqishlarga bog‘liqdir. Zo‘riqishlarning qiymatlariga 
qarab bog‘lovchilarni turi va o‘lchamlari aniqlanadi. 
Uchburchakli to‘rtqirra yog‘ochli fermalarning tugunlari quyidagicha bo‘ladi. 
Tayanch tuguni o‘yiq birikma ko‘rinishida tayyorlanadi. Quyi belbog‘ining tayanch 
qismida uchburchaksimon uya ochiladi va bu uyaga yuqori belbog‘i sterjenini zich 
qilib boltli mahkamlanadi. O‘yiq chuqurligi
1



h
quyi 
dan katta bo‘lmasligi kerak. 
l
yorilish 
– yorilishga ishlaydigan qismi 
uzunligi esa 
1,5 

h
quyi
dan kichik bo‘lmasligi kerak. Bundan tashqari o‘yiqdagi 
sterjenlar geometrik o‘qlari markazlashtirilgan holda biriktirilishi kerak.
Yuqori uchidagi qirra tugun qiya pesh tayanch biriktirish usulida biriktiriladi. 
O‘rtadagi tugunlarida ikki tomonlama qoplama bilan birikma hosil qilinadi. Bunda 
qoplamaning qalinligi quyi belbog‘ sterjeni yarim qalinligidan kichik bo‘lmasligi 
kerak.
Ko‘pburchakli to‘rt qirra yog‘och fermalarning tugunlari turli variant 
ko‘rinishlarida hal qilinadi. Tayanch tuguni po‘lat taglik yordamida biriktiriladi. 
Oraliq tugunlari po‘lat qoplama va boltlar yordamida mahkamlanadi


135 

Yüklə 11,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə