Toshkent arxitektura-qurilish instituti


- rasm. Yelimlangan yog‘och arkalar



Yüklə 11,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/61
tarix11.12.2023
ölçüsü11,01 Mb.
#144057
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   61
Sanoat va fuqaro binolari arxitekturasi Ўқув қулланма2

2.47- rasm. Yelimlangan yog‘och arkalar

a - segmentli; b uchburchakli; v,g - ko‘rsatgichsimon; 1 - tortqichsiz; 2 - 
tortqichli. 
Lekin uchburchakli arkalar ko‘ndalang kesimida tashqi yuklardan katta 
qiymatdagi eguvchi moment hosil bo‘ladi, shuning uchun bu toifadagi arkalar kichik 
oraliqlarda qo‘llaniladi. 
Butun yog‘och elementli arkalar segmentli va uchburchakli bo‘lishi mumkin. 
Ular 
12 m
gacha bo‘lgan oraliqlarda qo‘llaniladi. Balandligi esa 
f
l
l
 
6
2
bo‘lishi 
mumkin. Bu turdagi arkalar, tomi ikki nishabli vaqtinchalik binolarda qo‘llaniladi. 
Yog‘och arkalarni tugun birikmalari tayanchdan va uch tugunlardan tashkil 
topadi. Tortqichsiz yelimlangan yog‘och arkalarni tayanch tugunlari ko‘pincha 
payvandlangan po‘lat taglik yordamida bajariladi (2.48-rasm). Kichik va katta 
oraliqlarda qo‘llaniladigan arkalarning tayanch listida anker boltlari va ikki vertikal 
listda yarim arkani tayanch qismini mahkamlash uchun teshiklar hosil qilinadi. 
Vertikal listlar orasi arka kengligi o‘lchamida tayyorlanadi. Anker boltlarida hosil 
bo‘ladigan siljish zo‘riqishini kamaytirish maqsadida tayanch po‘lat taglik 
poydevorga qiya tekislik bo‘yicha o‘rnatiladi va tayanch, taglik tekisligi bilan parallel 
joylashtiriladi. 


129 
2.48 rasm. Tortqichsiz yelimyog‘och arkalarni tayanch tugunlari: 
a - 
segmentli; b - uchburchakli; v- katta oraliqli; 1 - arka; 2 - po‘lat qoplama; 3 - bolt; 4 - 
payvand; 5 - anker; 6 - sharnir. 
Tortqichli yelimlangan yog‘och arkaning tayanch tuguni ham po‘lat taglik 
yordamida bajariladi. Bunda arka gorizontal poydevor tekisligiga mahkamlanadi 
(2.49-rasm). 
Uch sharnirli yelimlangan arkalarning uchidagi qismlarini po‘lat yoki yog‘och 
qoplamali va boltli birikma yordamida sharnirli qilib mahkamlanadi. 
Yaxlit brus yoki doirasimon ko‘ndalang kesimli arkalarni tayanch tuguni o‘yiq 
birikma yordamida bajariladi. Agar arka tortqichli bo‘lsa, uning tayanch tuguni 
soddaroq ko‘rinishda bo‘ladi (2.50-rasm). 

Yüklə 11,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə