Toshkent arxitektura-qurilish instituti


-rasm Sanoat binolari tomlaridan suvlarni oqizib yuborish qurilmalari



Yüklə 11,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/61
tarix11.12.2023
ölçüsü11,01 Mb.
#144057
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   61
Sanoat va fuqaro binolari arxitekturasi Ўқув қулланма2

2.44-rasm Sanoat binolari tomlaridan suvlarni oqizib yuborish qurilmalari 
a,b-sanoat binolari tomlarining tashqi tomonlaridan suvlarni oqizish; v-sanoat 
binolari tomlarining ichki tomonidan suvlarni oqizish. 


123 
2.8.Sanoat binolari tomlarining yog‘och konstruksiyalari 
Yog‘och konstruksiyalarni qo‘llash tarixi ko‘p asrlarni o‘z ichiga oladi. Ibtidoiy 
odamlar yog‘ochdan tosh boltalar yordamida kichik turar-joylar barpo qilganlar va 
ularni qoziqlar yordamida yerga maxkamlaganlar , hamda to‘siqlar, kichik ko‘priklar 
qurganlar. Qadimgi Rim (Italiya) quruvchilari yog‘och uylar, ehromlar, hamda katta 
daryolarga ko‘priklar qurganlar. Masalan, I asrda sezar o‘z legioni yordamida Reyn 
daryosiga yirik ko‘prik qurdirgan. Hozirgacha bambuk yog‘ochidan o‘rta asrlarda 
qurilgan Yaponiyadagi, Xitoydagi ko‘pgina buyuk yog‘ochdan qurilgan exramalar 
saqlanib kelmoqda. O‘rta asrlarda Yevropada yog‘och stropilli tomlar ham keng 
qo‘llanilgan. 
Tarixiy adabiyotlardan ma’lum bo‘lishicha tosh asrida ham (eramizdan 10 ming 
yillar oldin) turli yog‘och konstruksiyalari qo‘llanilgan. Bunga oddiy misol, ibtidoiy 
jamoa tuzumi davrida inson chuqurliklardan o‘tish uchun yog‘och to‘sinlardan 
foydalangan, ya’ni o‘sha davrda ko‘prik konstruksiyasini yaratgan. 
XIX asrning 70-chi yillarida yangi Gvineya mamlakatiga borib qolgan rus olimi 
Mikluxo - Maklay N. N. «papuas» qabilalarining uylarida oddiy yog‘och 
konstruksiyalarini va tosh boltalarni ko‘rgan. Papuaslar - yog‘och ayriga ustun qo‘yib 
ramalar hosil qilib uy yasaganlar. Bu usul ularga qadim zamonlardan kirib kelgan.
Rossiyada va shimoliy Amerikada yashagan ma’lum halqlar (amerikadagi 
xindular) yog‘ochning elastik va plastik xususiyatlaridan juda to‘g‘ri foydalanganlar, 
ular yog‘och konstruksiyalari yordamida yerto‘lalar qurganlar. Neolit va bronza 
davrlarida (eramizdan uch ming yillar oldin) qoziq konstruksiyalari ishlatilgan. 
Yog‘och uylar qurish uchun kerakli bo‘lgan temir qurollar (bolta, tesha va hoqazolar) 
asosan quldorlik tuzumi davrida dunyoga kelgan. Bu davrda yog‘och konstruksiyalari 
asosan o‘sha davrda juda rivojlangan Italiya mamlakatining Rim shahrida o‘z 
taraqqiyotini topgan. Rim shahridagi qurilishlarda yog‘och ferma konstruksiyalari 
qo‘llanilgan (eramizdan oldingi II asrda). Feodal tuzumi davrida yog‘och 
hunarmandchilik san’ati o‘z rivojini topgan. 


124 
XVI asrga kelib italyan arxitektori Palladio (1518 - 1580) sterjenlar sistemasidan 
iborat yog‘och konstruksiyalarining bir qator sxemalarini yaratgan.
O‘rta asrlarda turar - joy uylar, saroylar, ko‘pgina exromlar, hamda qal’alar 
devorlari aylana kesimli yog‘ochlardan qurilgan.
XIX asr boshlarida Rossiyada Moskva manejini qurishda birinchi marta 
uchburchakli to‘rtqirra yog‘ochdan tayyorlangan stropil 50 metr oraliqli fermalar 
yaratilgan va qo‘llanilgan. XIX asr o‘rtalarida rus olimi D.I. Juravskiy Msta daryosi 
orqali oralig‘i 61 metr bo‘lgan yangi yog‘och ferma ko‘prik loyihasini yaratgan. Rus 
muxandisi V. I. Shuxov esa XIX asr boshlarida birinchi marta yog‘och fazoviy 
konstruksiyalarining loyixalarini ishlab chiqgan. Orsk shaxrida u ishlab chiqqan 
loyixa asosida 36 m balandlikdagi sterjenlardan tashkil topgan to‘rsimon 
konstruksiyali minora qurilgan (2.45- rasm).

Yüklə 11,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə