Toshkent arxitektura-qurilish instituti


-rasm. Profillangan po‘lat nastil



Yüklə 11,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/61
tarix11.12.2023
ölçüsü11,01 Mb.
#144057
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   61
Sanoat va fuqaro binolari arxitekturasi Ўқув қулланма2

2.39-rasm. Profillangan po‘lat nastil. 
a-nastil profillari; b-umumiy ko‘rinishi

1-himo qatlami; 2-gidroizolyatsiya; 3-penopolistiroldan ishlangan plita;
4-ruberoid;5-nastil. 
Tomlarni yuk ko‘taruvchi konstruksiya turlarini aniq shart sharoitlardan kelib 
chiqqan holda ya’ni oraliq o‘lchamlariga, ishlab chiqarish turiga, qurilish negizini bor 
yo‘qligiga qarab belgilanadi. 
Bir nishabli, ikki nishabli va tekis, yuk ko‘taruvchi tom konstruksiyalari sifatida 
oraliq 6,9,12 va 18 metr bo‘lgan, oldindan zo‘riqtirilgan (yoki oddiy-
zo‘riqtirilmagan) to‘sinlar ishlatiladi (2.40-rasm). 
Bir nishabli va tekis tom to‘sinlari yuqori poyasi tekis (to‘g‘ri chiziqli) bo‘lib, 
ikki nishabli balkalarni yuqori poyasi esa nishabi 1:12 nisbatda bo‘lgan siniq 
chiziqdan iborat bo‘ladi. Oraliqlari 6,0 va 9,0m bo‘lgan binolarda tayanch qismi 
balandligi 390 mm dan 790 mm gacha bo‘lgan, kesimi tavr ko‘rinishidagi, oraliqlari 
12 va 18m bo‘lganda esa tayanch qismi balandligi 790mmdan 1490mmgacha 


118 
bo‘lgan, kesimi qo‘sh tavr ko‘rinishiga ega bo‘lgan to‘sinlar ishlatiladi. bunday 
to‘sinlar tayyorlashda sinflari B15-bo‘lgan betonlar qo‘llaniladi. To‘sinlarni 
ustunlarga payvandlanib yoki boltlar yordamida qotiriladi (2.42-rasm). 
2.40-rasm. Tomlarni temir beton to‘sinlari 
a-bir nishabli va tekis qo‘shtavr kesimlari;b-bu ham ko‘p nishabli tomlar 
uchun;v-panjarali ko‘p nishabli tomlar uchun;d-to‘sinlarni ustunlar bilan 
tutashgani;1-anker boltli;2-shayba;3-tayanch plitasi. 


119 
2.41-rasm. Storopil konstruksiyalarning ustun kallagiga tayanib turishi. 
a-anker boltlari bor; b-fiksatorli qistirma 
1.Ustun; 2.Quyma detallar; 3.Storopil to‘sinlari yoki fermalarning tayanchlari; 
4.Tayanch planka; 5.Anker-bolt; 6.Fiksatorlar; 7.Tayanch plastinkasi 
To‘sinlarning tepa qismida yopma panelli va harilarni qotirish uchun uni ostki 
qismida hamda devorida osma transport vositalarini ishlatish uchun ma’lum bir 
masofalarda joylashgan metall quyma detallari, tayanch qismida esa to‘sinini ustiga 
qotirish uchun, mahsus o‘yiqlari bo‘lgan po‘lat listlar ko‘zda tutiladi (2.42-rasm). 

Yüklə 11,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə