Toshkent arxitektura-qurilish instituti


Egilgan va prokat po‘lat profellardan tayyorlangan deraza romlari



Yüklə 11,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/61
tarix11.12.2023
ölçüsü11,01 Mb.
#144057
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   61
Sanoat va fuqaro binolari arxitekturasi Ўқув қулланма2

2.27.Egilgan va prokat po‘lat profellardan tayyorlangan deraza romlari 
a-tavaqalar sxemasi; b-deraza o‘rni to‘ldirilishining vertikal qirqimi; v-
gorizontal qirqim;g-egilgan profillardan tayyorlangan deraza paneli; d,ye-deraza 
o‘rnini panelli to‘ldirilishining vertikal va gorizontal qirqimlari. 1-oqish; 2,3-
burchaklik ;4-po‘lat list;5-impost teri ustun ;6-ustun ; 7-panelni ustunga 
mahkamlovchi 
burchaklik 
;8-qorishma;9-stovrka;10-oyna;11-rezin 
profil;12-
klyamera. 


107 
 
2.28-rasm. Temir beton deraza tavaqalari: 
a – tavaqalari sxemasi; b – deraza o‘rni vertikal sxemasi; 
v – bu ham, gorizontal sxemasi; 
1 – diametri 8 mm po‘lat sterjen; 2 – tishli mix. 
Keyingi yillarda xona ichini yoritishda deraza o‘rnini shisha blok va 
profillangan shishalar yordamda to‘ldirish anchagina tejamlikka olib kelmoqda. 
Ular yaxshigina yorug‘lik texnika xususiyatlarga ega bo‘ladi hamda bino ichida 
yengil taralgan yorug‘lik hosil qiladi, shu bilan birgalikda ularning yetarlicha 
mustahkamlikka ega bo‘lishligi, o‘tga chidamliligi, yaxshigina ovoz izolyatsiyasiga 


108 
va uzoq vaqt ekspluatatsiya qilinishi mumkinligi, issiqlik radiatsiyasini o‘tishini 
kamaytirib, issiqlik uzatish qarshiligini oshirish bilan boshqa qurilish ashyolaridan 
farq qiladi. Ularning yana bir xususiyatlaridan biri gigiena talablariga javob berishi, 
tozalashni oson va ishlatilish davrida kam harajatliligidir. Bunday bloklarning 
o‘lchamlari: 194x194x98(60), 294x294x98 va 394x394x60mm bo‘lib, shisha blok 
panellarning uzunligi esa 5980mm balandligi 1185, 1785 va 2385mm qilib olinadi. 
Kelajakda sanoat binolarida deraza o‘rnini to‘ldirishda profillangan shisha 
ashyolarini keng ko‘lamda qo‘llanilishi kutilmoqda (2.29-rasm). 
Bunday ashyolar profilli ochiq yoki yopiq bo‘lishi mumkin. Eng afzali bo‘lib 
shveller va qutisimon profilli shisha ashyolar hisoblanadi. Ularning o‘lchamlari: 
uzunligi 1,4m dan 3,0m gacha, tokchasi balandligi 50mm eni 300mm, devor qalinligi 
5,5mm ni tashkil qiladi. 
Shveller profilidagi turlarni mahsus klyamerlar bilan, qutisimon profilidagi 
turlarini esa siqadigan ustquymalar bilan mahkamlab qo‘yiladi. Bunda chok va 
yoriqlar mahsus germetiklar (GS-1, TM-0,5, AM-0,5) va surgich (zamaskalar) (NG-
16) yordamida berkitiladi. Shisha temirbeton devor panellarini ham temirbeton devor 
panellarini ustunlarga mahkamlanish kabi usullarda qotiriladi. 
Sanoat korxonasiga transport vositalarini kiritish, jihozlarni ko‘chirish va 
ko‘plab odamlarning kirib-chiqishi uchun darvozalar o‘rnatiladi
.
Ularning 
o‘lchamlari texnologik jarayon va birxillashtirish talablaridan kelib chiqadi. 
Darvozalar o‘lchamlari elektr aravacha va eni 2 m, balandligi 2,4 m gacha 
bo‘lgan vagoncha hamda turli yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega avtomashinalar uchun 
3x3; 3,6-3,6; 4x3 va 4x3,6 m; temiryo‘l transporti uchun - 4,7x5,6 m qabul qilinadi. 
Samolyotsozlik va shunga o‘xshash korxonalar uchun ular katta o‘lchamlarda 
loyihalanadi. 
Ochilishi 
bo‘yicha ochiluvchi, surilib ochiluvchi, tavaqali, 
ko‘tariluvchi, parda, ko‘p tavaqali g‘ildirakli darvozalar mavjud. Darvoza tavaqalari 
yog‘ochdan, po‘lat karkasi bo‘lgan yog‘ochdan va po‘latdan tayyorlanadi. Ular 
isitilgan, isitilmagan, sovuq, eshikchasiz va eshikchali bo‘lishi mumkin. Darvozalar 
tavaqalari qo‘lda yoki mexanizmlar yordamida ochiladi.Lang ochiluvchi darvozalar 
amaliyotda keng qo‘llaniladi. Agar darvoza kichik bo‘lsa, yog‘ochdan tayyorlanadi. 


109 
Agar uning bo‘yi va eni 3 m dan ko‘p bo‘lsa po‘lat karkasdan tayyorlanib, sirti 
yog‘ochdan bajariladi.

Yüklə 11,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə