Toshkent arxitektura-qurilish instituti


-rasm. Asbosementli listlardan va panellardan tayyorlangan devorlar



Yüklə 11,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/61
tarix11.12.2023
ölçüsü11,01 Mb.
#144057
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   61
Sanoat va fuqaro binolari arxitekturasi Ўқув қулланма2

2.25-rasm. Asbosementli listlardan va panellardan tayyorlangan devorlar. 
a, b–asbosementli listlarni ustunlarga mahkamlash usullari 
1– asbosementli listlar; 2–ilmoq; 3–stolcha; 4–po‘lat rigel; 5–yog‘och rigel; 6–
burama mix; 7, 8–shayba; 9–penoplast; 10–yog‘och sinch (karkas); 11–yarim bikr 
mineral paxtali plita. 


103 
Listlarni bir-birlari bilan ulashda bo‘ylama yo‘nalishda 100mm, ko‘ndalang 
yo‘nalishda esa bir to‘lqin eniga teng kenglikda bir-birini ichiga kiritiladi. 
Hozirgi vaqtda asbosementli konstruksiyalar chet ellarda qo‘llanilmaydi. Bizda 
ham uni qo‘llash chegaralanayapti. Masalan, keng istiqbolga ega bo‘lgan, metalldan 
ishlangan yupqa, silliq yoki shakldor tunuka devorlar kam og‘irlikka ega bo‘lib, 
ularni ichiga zanglamaydigan, og‘irlikni yaxshi ko‘taruvchi va chiroyli ko‘rinishga 
ega bo‘lgan aluminiydan ishlangan tunuka devorlar alohida ahamiyatga egadir. 
Sanoat binolari devorlari xajmiy og‘irligi 900-1600 kg/
bo‘lgan yengil 
betonlardan tayyorlanishi ham mumkin, bunda oddiy bloklarining uzunligi 750 mm 
dan 3000 mm gacha, peremichka bloklariniki 6000 mm gacha, burchak va oddiy 
bloklarning balandligi 1200 va 1800 mm gacha, peremichka bloklarning balandligi 
esa 600 mm qilib olinadi. Yirik blokli devorlarning qalinligi esa teplotexnik hisob–
kitob bo‘yicha 400-500 mm qilib olinadi. Yirik bloklardan qilingan devorlar o‘z 
og‘irligini ko‘taruvchi devor hisoblanib, kamida 25 markali rastvor bilan teriladi va 
diametri 10 mm ga T simon anker yordamida qotiriladi(2.26-rasm). 
2.26-rasm Yirik blokli devorlar:
a-yirik blokli devorlar bo‘lagi; b-bloklarni ustunlarga maxkamlash; 
1-o‘rnatilgan detal; 2-ustun; 3- devor bloki; 4-anker. 


104 
2.6. Sanoat binolarining derazalari , eshiklari va darvozalari 
Ishlab chiqarish binolari derazasi turlarini va o‘lchamlarini tanlash katta 
ahamiyatga ega bo‘lib, bunda bino ichini yetarli yoritilganligi va shamollatish, 
ishchilarni mehnat unumdorligini, hamda mahsulot sifatini oshirishga, mehnat 
travmasini kamaytirishga olib keladi. Deraza o‘rnini to‘ldiruvchi konstruksiyalarni 
yog‘ochdan, temirbetondan, po‘latdan, yengil quymalardan, plastmassadan, 
zichlashtirilgan materiallardan va shisha bloklardan tayyorlanadi. Deraza 
konstruksiyasi quti, tavaqa, oyna va deraza osti taxtasidan iborat bo‘ladi. Oynalar 
iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda bir, ikki yoki uch qavatli qilib loyihalanadi. 
Deraza o‘rni nominal o‘lchami eniga 300 va 600mm dan, bo‘yicha esa 600 mm 
dan oshib boradi. 
Namuna qilib belgilangan ashyolardan ishlangan derazalarning kengligi 1,8; 2,0; 
2,4; 3,0; 4,8; 6,0m va balandligi 0,6: 1,2: 1,8 va 2,4 m qilib olinadi. Aluminiy 
qotishmasidan qilingan deraza nominal kengligi 2 va 3 m, balandligi esa 1,2: 1,8: 2,4 
va 3 m qilib olinadi. Yog‘ochdan ishlangan derazalarda bu kattalik 1,5: 2,7: 3 va 4,5 
m balandligi 1,2 va 1,8 m teng bo‘ladi. 
Konstruksiyasiga ko‘ra deraza tavaqalari ochiladigan va ochilmaydigan turlarga 
bo‘linadi. Xona ichini tabiiy shamollatish uchun tavaqalarning bir qismi ochiladigan 
bo‘ladi. Bunda tavaqalar oshiq – moshiqlar yordamida yuqoriga ilingan bo‘ladi va 
bulardan tashqari past qismiga, o‘rtaga yoki vertikal holda ilingan bo‘lishi ham 
mumkin. 
Panel devorli ishlab chiqarish binolarida tasmasimon, yoppasiga yoki alohida 
deraza turlari qo‘llanilib, odatda tasmasimon derazalar ko‘proq uchraydi. Bunday 
derazalarni ayrim tavaqalari yoki hammasi tasma tarzida ochiladigan bo‘ladi. 
Tavaqalar avtomatik boshqariladigan mexanizmlar yoki distansion yo‘l bilan 
ochiladi. 
Derazalarning biron bir turini qo‘llashda binoni ekspluatatsiya sharoiti va texnik 
– iqtisodiy ko‘rsatkichlari e’tiborga olinadi. 


105 
Xonalarda harorat-namlik darajasi odatdagi rejimga to‘g‘ri keladigan binolarda 
yog‘och tavaqali derazalar, boshqa hollarda esa temirbeton, po‘lat, plastmassa va 
boshqa turdagi metallardan ishlangan derazalar ishlatiladi. (2.27 va 2.28-rasmlar). 
Yog‘och derazalarni devor chiqiqlariga, ravoqlariga, to‘sinlarga va impostlarga 
mixlar yoki tishli mixlar yordamida mahkamlanib, ular orasidagi tirqishlarga 
kanoplar tiqiladi va sirtidan sement – qum qorishmasi bilan suvalib chiqiladi. 
Po‘lat tavaqalarni o‘zaro impostlarga va rigellarga boltlar yordamida qotirilib
devor chiqiqlari va belbog‘ to‘sini oralig‘i qorishma yoki elastik ashyolardan 
ishlangan oraquyma bilan to‘ldiriladi. 


106 

Yüklə 11,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə