Toshkent arxitektura-qurilish instituti


Sanoat binolarining devorlari



Yüklə 11,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/61
tarix11.12.2023
ölçüsü11,01 Mb.
#144057
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   61
Sanoat va fuqaro binolari arxitekturasi Ўқув қулланма2

2.5. Sanoat binolarining devorlari
Tashqi va ichki devorlar ularni to‘ldirib turuvchi konstruktiv elementlar (deraza, 
eshik va darvozalar) bilan birgalikda sanoat binolarining vertikal to‘siqlari 
hisoblanadi. 
Ishlab chiqarish binolari devor konstruksiyalarini tanlashda quyidagi sharoitlar 
hisobga olinadi: 

ichki muhit (ish rejimi); 

tashqi muhit-qurilish tumani muhiti; 

to‘suvchi devor ashyosi va konstruksiyasi; 

bino arxitekturasi qurilishi (kompozitsiyasi); 

texnik iqtisodiy samaradorligi. 
Isitiladigan binolar tashqi devorlarining qalinligi uni ashyosiga qarab 160mm 
dan 500mm gacha qabul qilinadi. 
Ishlab chiqarish binolarida to‘suvchi devorlar sifatida yengil betonlarda 
ishlangan devor panellari keng ko‘lamda qo‘llaniladi. G‘ishtin bloklardan, mahalliy 
tabiiy tosh hamda boshqa turdagi ashyolardan ishlangan devorlar nisbatan kamroq 
qo‘llaniladi. 
Sanoat binolari devorlari fuqarolik binolari devorlariga nisbatan kuch va atrof 
muhit ta’sirlariga ko‘proq uchraydi. Shuning uchun bunday devorlarga nafaqat 
umumiy, shuningdek, maxsus talablar ham qo‘yiladi. 
Devorlar mustahkam, atrof muhit ta’sirlari va korroziyaga chidamli bo‘lishi 
talab qilinadi. Harorat, namlik, havo, suv va tovushdan himoyalanish sifatlariga javob 
berishi, o‘tga va uzoq muddatga chidamli bo‘lishi, qurilishni sanoatlashtirish va 
iqtisodiy samaradorlik talablarini qondirishi hamda badiiy-me’moriy, estetik jihatdan 
qulay bo‘lishi zarur. 
Devorlarning uzoq muddatga chidamliligi texnologik va konstruktiv yo‘llar 
orqali amalga oshiriladi. 
Binoning konstruktiv sxemasi va statik ishlash turiga bog‘liq holda devorlar 
ko‘taruvchi,o‘zini ko‘taruvchi va osma (2.20-rasm) xillarga bo‘linadi. 


96 
Sanoat qurilishida ko‘taruvchi devorlar juda kam qo‘llaniladi. O‘zini 
ko‘taruvchi devorlar o‘z massasi ko‘taradi va uni poydevorga yoki boshqa karkazsga 
uzatadi. Devorning pastki qismini grunt namlaridan himoyalash maqsadida o‘rama 
materiallar yoki sement qorishmasidan gidrohimoya qatlami (pol sathidan 30 mm 
pastda) o‘rnatiladi. 

Yüklə 11,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə