Toshkent arxitektura-qurilish instituti


 Sanoat binolarining poydevorlari va poydevor to‘sinlari



Yüklə 11,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/61
tarix11.12.2023
ölçüsü11,01 Mb.
#144057
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   61
Sanoat va fuqaro binolari arxitekturasi Ўқув қулланма2

2.2 Sanoat binolarining poydevorlari va poydevor to‘sinlari 
Sanoat binolari uchun ishlatiladigan betonlarning 20-35%i ustun osti poydevori 
uchun sarflanadi. Poydevorlarni o‘rnatish uchun ketadigan mehnat sarfi binoga 
sarflanadigan umumiy mehnatni 6-8 % ni tashkil qilib, ularni bunyod etishga 
sarflanadigan xarajatlar esa bino uchun ketadigan umumiy narxning 5-20% ini tashkil 
etadi. Shundan ko‘rinib turibdiki, poydevorlarning turi va formasini to‘g‘ri tanlash 
bino umumiy narxini tushirishga olib kelishi mumkin. Ular o‘rnatilish usuliga qarab, 
quyma yoki yig‘ma bo‘lishi mumkin. Yig‘ma poydevorlarga, quyma poydevorlarga 
nisbatan beton va armatura ko‘proq sarflanadi. Poydevorlar alohida turuvchi 
stakanli(temirbeton ustunlar uchun), alohida turuvchi stakansiz (po‘lat ustunlar 
uchun), tasmasimon, massivli-yaxlit, qoziqli bo‘lishi mumkin. Bino asoslari 
cho‘kuvchan gruntlardan iborat bo‘lsa, unga og‘ir yuk tushsa va har xil dinamik 
kuchlar ta’sir qilib tursa, tasmasimon poydevorlarni qo‘llash ma’qul. Zamin juda 
yuqori darajada namlangan yoki botqoqsimon bo‘lsa, cho‘kuvchan gruntlar qatlami 
juda qalin bo‘lsa, har xil turdagi qoziqsimon poydevorlar qo‘llaniladi. Binoning 
zaminiga tushadigan bosim juda yuqori darajada bo‘lsa, asos gruntlari yuqori 
darajada namlangan hamda bir jinsli bo‘lmasa massivli-yaxlit poydevor ishlatiladi. 
Mustahkam guntlarda alohida turuvchi poydevorlar ishlatiladi(2.5, 2.6-rasmlar). 
2.5-rasm. Sanoat binolarining poydevorlarini turlari: 


77 
a- quyma; b-yig‘ma tuzilgan; v-qoziq oyoqli; g-yig‘ma qovurg‘ali; d-yig‘ma 
kovakli; ye-ustun osti “to‘nkasimon” qismi bo‘lgan; 1-rostverk; 2-qoziq 
2.6-rasm. Temir beton ustunlarning poydevor bilan tutashgan joylari
a,b- tirqishlarni beton to‘ldirilgan ; v,g-uchlari chiqarilgan armaturalar 
yordamida; d-anker boltlari yordamida tutashtirilgan ; 1-beton; 2-armatura; 3- po‘lat 
prokladka; 4-po‘lat truba; 5-po‘lat plita; 6-anker. 
Poydevorlarning katta kichikligi va yer sathidan chuqurligi hisoblab topilib, ular 
ustunlardan tushadigan yuk va asos tuprog‘i hususiyatiga bog‘liq bo‘ladi. 
Sanoat binolari tagida asosan alohida turuvchi stakanli yoki stakansiz 
poydevorlar ishlatiladi. Ularning balandliklari 1,5 m dan 4,2 m gacha, tagi qismining 
yuzasi 1,5x1,5m dan 6,6x7,2 metrgacha, zinapoya balandligi 0,3 va 0,45 m,poydevor 
stakanining chuqurligi 0,8; 0,9; 0,95; 1,0; 1,05; 1,25 va 1,35 m bo‘lishi mumkin. 
Sanoat binolarining harakterli tomonlardan biri poydevorlari bitta binoda har xil 
chuqurlikda joylashgan bo‘lishidadir. Bunday poydevorlarni konstruktiv yechimlari 
hamda ustunlarni ularga tayanishi bir necha variantlarda bo‘lishi mumkin: 
- poydevorlarni balandliklari bir xil qabul qilinib, ustunlar balandliklari bir xil; 
- poydevorlar balandligi bir xil, ustunlar balandligi bir xil; 
- poydevorlari pasti baland qilib qo‘yilgan joylarda mahsus vstavka va ustunlar 
osti elementlari qo‘llanib ustunlari balandligi esa barobar bo‘ladi. 


78 
Ustunlar pasti-balandligi turlarini kamaytirish maqsadida poydevor tepa sathini, 
poydevorini chuqurligidan qat’iy nazar, sexsiya poli satxi 0,15 m chuqurlikda olinadi, 
ya’ni poydevor tepa satxi yer sathi bilan barobarlashtirilgan bo‘ladi. Bunda ustunlarni 
montaj qilishni handaqlar tuproq bilan to‘ldirilib va pol ostini tayyorlash ishlari 
tugallangach hamda yer osti kommunikatsiyalarini o‘tkazib bo‘lingach (nol sikl 
ishlari tugallangach) olib boriladi. 
Poydevorlari juda chuqur o‘rnatiladigan hollarda ularni ostiga “banket”lar 
o‘rnatilib, ular ustidan mahkamlanadi. 
Keyingi paytlarda sanoat poydevorlarini texnik-iqtisodiy asoslangan qoziq 
poydevorlaridan qilinmoqda. Quyma poydevorlarni qo‘llash natijasida yer ishlari, 
beton ishlari hajmini 30-40 % qisqartirish, narxini esa taxminan 50 % ga va qurilish 
ishlarini tezligini 1,5-1,7 marotaba oshirishga imkon beradi. 
Poydevorlar qalinligi 100 mm li shag‘alli (quruq gruntlarda) yoki betonli (nam 
gruntlarda) tayyorlamalar ustida o‘rnatiladi. Bitta poydevorlar bo‘limiga to‘rttagacha 
(harorat choki joylarida) ustun o‘rnatish mumkin. 
Massasi 12 t gacha bo‘lgan bir bo‘limli poydevorlar zavodlarda yig‘ma holda, 
boshqa holatlarda esa qurilish maydonchasida quyma tarzda tayyorlanadi Yig‘ma 
poydevorlarga hamma vaqt ortiqcha beton va po‘lat sarflanishini unutmaslik kerak. 
Poydevor ustki sathining belgisi pol belgisidan 150 mm pastda bo‘lishi kerak. 
Karkas ustunini poydevor bilan birlashtirish, odatda, bikr tugun ko‘rinishida 
bajariladi. Buning uchun ustun poydevorda loyihalangan maxsus joyga(stakanga) 
qo‘yiladi va atrofidagi bo‘shliq ponalar bilan vaqtincha zichlangach, betonlanadi. 
Karkaslarning alohida turuvchi poydevorlariga ichki va tashqi devor 
konstruksiyalarini 
o‘rnatishda ularning tokchalariga o‘rnatilgan poydevor 
to‘sinlaridan foydalaniladi (2.7; 2.8-rasm). 


79 

Yüklə 11,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə