Toshkent arxitektura-qurilish instituti


-Rasm. Shamol tezliklarining gorizontal tomonlari bo‘yicha o‘zgarish



Yüklə 11,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/61
tarix11.12.2023
ölçüsü11,01 Mb.
#144057
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   61
Sanoat va fuqaro binolari arxitekturasi Ўқув қулланма2

 
1.28-Rasm. Shamol tezliklarining gorizontal tomonlari bo‘yicha o‘zgarish 
grafigi (a) va qaytalanishi bo‘yicha uning bosh yo‘nalishini aniqlash grafigi (b); 
- shamolning bosh yo‘nalishi 
bu qiymatlarni grafikning o‘rtasi deb qabul qilingan nuqtadan boshlab mos 
ravishda gorizont yo‘nalishini ko‘rsatuvchi chiziqlar bo‘ylab masshtabda qo‘yib 
chiqiladi;
gorizont yo‘nalishini ko‘rsatuvchi chiziqlarda hosil bo‘lgan nuqta-lar 
birlashtiriladi;
hosil bo‘lgan «Shamol guli» asosida uning bosh yo‘nalishini ko‘rsa-tuvchi 
strelka chiziladi.
Bosh planda ko‘rsatilgan binolar va inshootlarga qarab raqamlari bilan 
markalanadi. Marka nomerini bino konturining ostki tomonidagi o‘ng burchagida 
yozish tavsiya etiladi. 
Bosh plan chizmasida asosiy yozuv (shtamp) ning ustida bino va in-shootlar 
ro’yhati (eksplikatsiya), texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlar jadvallari, loyiha bo‘yicha 
turli ko‘rsatmalar matnlari ham keltiriladi. 


66 
Bino va inshootlarni joylashtirish plani 
Bunday plan asosida qurilish uchastkasi xududidagi barcha yangi loyihalangan 
hamda saqlanib qolinadigan binolar va inshootlarning joylashgan o‘rni aniqlanadi. 
Binolarni joyga bog‘lash uchun chizmada quriladigan qurilish geodezik to‘ri 
planning barcha qismini qamrab olgan bo‘lishi kerak. Bun-day to‘rni tomonlari 10 sm 
bo‘lgan kvadrat ko‘rinishida chiziladi. Ko-ordinata boshi listning pastki chap 
burchagida belgilanadi. Qurilish geodezik to‘rining koordinatalariga qarab raqamlari 
(0, 1, 2,… va h.k) va rus alfavitidagi harflar (gorizontal o‘qlarni A, vertikal o‘qlarni B 
harfi) bilan belgilanadi. Shunday qilib, 0A – koordinata boshi, 1A, 2A, 3A – 
gorizontal o‘qlar, 0B – koordinata boshi, 1B,2B, 3B – vertikal o‘qlar. Koordinata 
o‘qlari orasidagi masofa 100m ga teng bo‘ladi. Chizma masshtabi 1:500 bo‘lganda 
har 50 m da oraliq o‘qlar kiritilishi mumkin (masalan, 0A+50, 1A, 1A+50 va h.k.). 
Loyihalanayotgan bino koordinatasi aniq biror ob’ektga bog‘lan-gan bo‘lsa, 
qurilish geodezik to‘rini chizishga hojat qolmaydi.
 
Bino va inshootlarni joylashish planida bino konturi tasvirida otmostka, kirish 
qismidagi pandus yoki maydonchalar, tashqi zinalar ko‘rsatiladi. Kontur ichida ostki 
tomonda o‘ng burchakda binoning bosh planda belgilangan nomeri, chap burchagida 
– qavatlar soni to‘g‘risida ma’lumot yoziladi. 
Bino konturining diagonal bo‘yicha ikkita qarama-qarshi burchaklarida binoning 
koordinatsiya o‘qlari kesishgan nuqtalar uchun qurilish koordinatalari beriladi (1.29-
chizma). Bunday koordinatalar murakkab konfiguratsiyali yoki kontur chiziqlari 
qurilish geodezik to‘rning koordinata chiziqlariga parallel bo‘lmagan binolar uchun 
barcha burchaklarda berilishi kerak. Markaziy kompozitsiyali (masalan, plani ayla-
nasimon) bino va inshootlar uchun bunday koordinatalar bino markazi va yana birorta 
ahamiyatli nuqta uchun beriladi. Chiziqli inshootlar uchun o‘qining koordinatasi yoki 
boshlang‘ich va oxirgi nuqtalarining koordinatasi berilishi mumkin. 


67 

Yüklə 11,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə