Toshkent arxitektura-qurilish instituti


-Rasm. Bino va inshootlar joylashish planining namunasi



Yüklə 11,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/61
tarix11.12.2023
ölçüsü11,01 Mb.
#144057
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   61
Sanoat va fuqaro binolari arxitekturasi Ўқув қулланма2

1.29-Rasm. Bino va inshootlar joylashish planining namunasi 
Bosh plan chizmasida bino konturining ichida (
) belgi qo‘yilib, chiqarish 
chizig‘ining sathida 1-qavat poli sathi (

0,00) ga mos keluvchi absolyut 
balandlikning qiymati yoziladi. 
Bunday planlarda chizma masshtabida bino konturi yonida darvoza va kirish 
eshiklarining 
o‘rni, ularning o‘qi va o‘qning koordinatasi ko‘rsatiladi. 
Koordinatsiyasi ko‘rsatiladigan nuqtalarda o‘qlar chiziladi va markalanadi. 
Bino va inshootlar joylashish planida, bulardan tashqari, qizil chiziqlar
ajratilgan xudud chegarasi, binolar, inshootlar, turli may-donchalar, yo‘llar va 
yo‘lkalar, transport kommunikatsiyalari, xududga kirish darvozalari va eshiklari


68 
oriyentatsiyani belgilovchi «janub-shimol» strelkasi va boshqa zarur elementlar 
ko‘rsatiladi. 


69 
II Bo‘lim. SANOAT BINOLARINING KONSTRUKSIYALARI 
2.1. Bir va ko‘p qavatli sanoat binolari va ularning sinchlari 
Bir qavatli sanoat binolarining sinchlari (karkaslari) asosan ustun va yuk 
ko‘taruvchi tom yopma konstruksiyalaridan tashkil topgan (balka ferma, arka va 
boshqalar) ko‘ndalang ramalardan va bo‘ylama elementlardan (poydevor, kranosti, 
bog‘lovchi to‘sinlar, to‘sin osti to‘sinlaridan, tomyopmalar, bog‘lovchilar va 
boshqalar) tashkil topadi. Agar tomyopmalar har xil gumbazlardan (kupolo), 
obolochkalardan va shuncha o‘xshash konstruksiyalardan tashkil topgan bo‘lsa ular 
bir vaqtning o‘zida ham ko‘ndalang, ham bo‘ylama sinch elementlari bo‘lib 
hisoblanadi. Sinchlar asosan temirbetondan, ayrim hollarda po‘lat yog‘och, aluminiy, 
tosh konstruksiyalardan tashkil topadi. Temirbeton sinchlarning afzalliklari: 
yong‘inga chidamligi yuqori, deformatsiyalanishi kam, iqtisod bo‘ladi, ko‘p chidaydi, 
ishlatilishida ko‘p xarajat talab qilmaydi. Uning kamchiligi: massasi juda og‘ir, 
ulanishida ko‘p mehnat ketadi, quymalarini qishda tayorlash qiyinchiliklarni 
tug‘diradi. Po‘lat sinchlarning afzalliklari: temirbetonga nisbatan yengil, yuk 
ko‘tarish qobiliyati yuqori, hajmi kichik, transportda tashish oson, yuqori darajada 
indrustrlashgan. Kamchiliklari: tez karroziyalanadi, yuqori temperaturalarda yuk 
ko‘tarish qobiliyati pasayadi, metal sarfi yuqori. Shuning uchun ham qurilishlarda 
alohida aytilgan joylarda qo’llaniladi. Aluminiy sinchlarning afzalliklari: yuk 
ko‘tarishi yuqori, yengil, karroziyaga yaxshi chidaydi, past temperaturada mo‘rtligi 
po’latga nisbatan ancha past, qattiq narsalar bilan urilganda uchqun chiqarmaydi. 
Kamchiliklari: issiq tasirida kengayadi, temperatura koeffitsentining kattaligi, bir-
biriga biriktirishning og‘irligi. Yog‘och sinchlarining afzalliklari: vazni yengil
temirbeton va po‘latga nisbatan ancha arzon, ishlov berilganini chidamligi yuqori. 
Kamchiliklari: Tez chiriydi, tez yonadi, yuk tasirida deformatsiyalanadi, quriganda va 
nam bo‘lganda shishishi natijasida yoriladi. Tom konstruksiyalar kichik oraliqli 
binolarda, tayanchlarga yuk kam tushganda ishlatilishi mumkin. Afzalliklari: 
yong‘inga chidamli, juda arzon. Kamchiliklari: ularni ishlatish katta mexnat talab 


70 
qiladi, qishda ulardan foydalanish qiyinchilik tug‘diradi. Plastmassa konstruksiyalar 
asosan binolarni to‘suvchi konstruksiyalari sifatida ishlatiladi. Afzalliklari: yengil, 
karroziyaga chidamli, industrlashgan. Kamchiliklari: yong‘inga chidamsiz, 
deformatsiyalanishi yuqori, tez chiriydi, narxi esa ancha qimmat turadi. Sanoat 
binolarining yuk ko‘taruvchi konstruksiyalari asosan temirbetondan tayorlanadi. 
Metal konstruksiyalar agar sanoat binosining prolyotlari 30m va undan ortiq bo‘lsa 
ko‘priksimon kranning yuk ko’tarishi 50t dan ortiq bo‘lsa, og‘ir ish rejimi bo‘lsa, 8 
balli zonada prolyot 24m va undan oshsa, uzoq va borishi qiyin bo‘lgan tumanlarda 
sanoat binolari qurilsa, doimiy dinamik kunlar binoga ta’sir etib tursa, ustunlarning 
balandligi 18m dan oshsa ishlatiladi. Ayrim xollarda aralash sinchlar ham ishlatilishi 
mumkin: vertikal elementlar temirbeton va tomdan, yuk ko‘taruvchi konstruksiyalar 
po‘lat va yog‘ochdan bo‘lishi mumkin.

Yüklə 11,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə