Toshkent arxitektura-qurilish instituti


-rasm. Chekka qator ustuni poydevorlari detallari



Yüklə 11,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/61
tarix11.12.2023
ölçüsü11,01 Mb.
#144057
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   61
Sanoat va fuqaro binolari arxitekturasi Ўқув қулланма2

2.7-rasm. Chekka qator ustuni poydevorlari detallari:
a – poydevor to‘sini 
turlari; b, v – detallar; 1-qum; 2- chaqiq toshli to‘kma; 3-asfalt yoki beton to‘shama; 
4-gidroizolyatsiya; 5-ustun; 6-shlak yoki yirik qum; 7-temirbeton ustun; 8- poydevor 
to‘sini
 
Poydevor to‘sinlarini uzunligi ustunlar qadamiga 6 m bo‘lganda 5,95; 5,05; 
4,75; 4,45 va 4,3m, balandligi 300, 450mm ga teng bo‘ladi, bunda to‘sin tepa 
qismining eni 200, 260, 300, 400, 520mm, pastki qismining eni esa160, 200, 250 mm 
bo‘lishi mumkin. 
Ustunlar oralig‘i 12m, bo‘lgan hol uchun esa to‘sin uzunligi 11,95; 10,75; 10,30 
m, balandligi 400 yoki 600mm, tepa qismi eni 300, 400mm va ostki qismi eni 240mm 
ga teng bo‘ladi . 


80 
2.8-rasm .Po‘lat ustunlar o‘rnatish uchun quyilgan quyma, alohida 
turuvchi poydevor 
Tashqi devori ostidan qo‘yiladigan poydevor to‘sinlari ichki qirrasini ustunlarini 
tashqi sirti to‘g‘rilab o‘rnatilgan, ichki devorlarda esa to‘sinlar ustun o‘rtasi bo‘yicha 
qo‘yiladi. 
Transportdan tushadigan yukni ko‘tarishga mo‘ljallanmagani uchun darvoza 
o‘rni ostiga bunday to‘sinlar o‘rnatilmaydi. 
Odatda poydevor to‘sinlari plitasi yoki “bashmakni” gorizontal supasi ustiga 
sement qorishmasi yordamida o‘rnatilgan mahsus beton ustunchalar ustiga qo‘yilgan 
bo‘ladi. 
Poydevor to‘sini yuqori yuzasi pol sathi plyus dan minus -0,03m chuqurlikda 
o‘rnatiladi.
Poydevor to‘sini ustidan (devor bilan to‘sin orasiga) gidroizolyatsiya qatlami (1-
2 qavat o‘ramli ashyo, bitum mastikasi yoki sement-qum qorishmasi to‘shaladi). 
Tuproq ko‘chishi natijasida hosil bo‘ladigan devormatsiyani oldini olish uchun 
to‘sin ostiga va yon tomonlariga, yirik donali qum yoki g‘isht shag‘ali yotqiziladi. 
Bino tashqi devoridan tashqariga 0,03 – 0,05 nishabda poydevor to‘sini bo‘ylab 
tuproq ustidan yo‘lak barpo etiladi. 


81 

Yüklə 11,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə