«tasdiqlayma n» Jalaquduq tumani iib boshlig’i popolkovnik G’. U. Alimov 2023 yil sentyabr reja-konspekt


-Jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni muhokama qilishni tashkil etish



Yüklə 20,02 Kb.
səhifə2/3
tarix19.12.2023
ölçüsü20,02 Kb.
#153095
1   2   3
3. х-Тергов 565-сонл қарори

2-Jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni muhokama qilishni tashkil etish
10. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari sodir etilgan jinoyatlar hamda sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan shaxslar to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish va hisobini yuritish bo‘yicha ishchi organ (keyingi o‘rinlarda — ishchi organ) hisoblanadi.
11. Ishchi organ har kuni quyidagi axborotlarni jamlab boradi:
surishtiruv va dastlabki tergov organlarining sodir etilgan jinoyatlar to‘g‘risidagi birlamchi axborotlari;
sudlar tomonidan taqdim etilgan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan shaxslar to‘g‘risidagi axborotlar.
12. Ishchi organ tomonidan axborotlar umumlashtirilgan ma’lumotnoma shaklida shu kunning o‘zida mazkur Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan mezonlarga muvofiq tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hokimliklariga elektron tarzda yuboriladi.
Ma’lumotnomada jinoyatning mazmuni, sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan shaxslar, tegishli tuman (shahar) darajasidagi sektor hamda mas’ul davlat organlari va tashkilotlar rahbarlari, mahalla fuqarolar yig‘ini raisi hamda profilaktika (katta) inspektori to‘g‘risidagi ma’lumotlar batafsil ko‘rsatilib, jinoyatning kelib chiqish sabablari (bunda sababning davomiy yoki voqea davrida to‘satdan yuzaga kelganligiga alohida e’tibor qaratiladi) hamda bunga imkon bergan shart-sharoitlar haqidagi birlamchi ma’lumotlar asosida bayon etiladi.
13. Ishchi organ:
jinoyat muhokamasiga mas’ul davlat organlari va tashkilotlardan belgilangan tartibda zarur ma’lumotlarni so‘rab oladi;
jinoyat muhokamalari bo‘yicha yuritilgan hisobotlarni monitoring qilib boradi va haqqoniyligiga baho beradi;
jinoyat muhokamalari yakunida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarmagan mansabdor shaxslar faoliyatini o‘rganib, ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini ko‘rish haqida takliflar kiritadi.
14. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hokimlari har kuni:
ishchi organ tomonidan taqdim etilgan ma’lumotnoma bilan tanishadi;
ma’lumotnomada ko‘rsatilgan jinoyatlar hamda sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan shaxslarning kelgusida muhokamasini tashkil qilish uchun tegishli tuman (shahar) darajasidagi sektor hamda mas’ul davlat organlari va tashkilotlarning hududiy bo‘linmalari rahbarlariga yozma topshiriqlar berib, ularni mahalliy hokimlikning tashkiliy-nazorat guruhi (boshqarmasi) tomonidan darhol yetkazilishini ta’minlab boradi.
15. Sektor rahbarlari:
sektor hududidagi jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar yuzasidan muhokama qilish bo‘yicha mas’ul hisoblanadi;
jinoyat muhokamalarini shaxsan o‘tkazadi va muhokama yig‘ilishlariga raislik qiladi;
jinoyat muhokamalarini o‘tkazish joyi va vaqtini belgilaydi;
jinoyat muhokamalarida mas’ul tashkilotlar rahbarlari ishtirokini ta’minlaydi;
jinoyat bo‘yicha asossiz shov-shuvlarning oldini olishga qaratilgan choralarni ko‘radi.
16. Jinoyatlarning turi, sohasi hamda xususiyatlaridan kelib chiqib, quyidagi davlat organlari va tashkilotlarning hududiy bo‘linmalari rahbarlari muhokamada ishtirok etishi shart:
xotin-qizlar tomonidan yoki ularga nisbatan, shuningdek, odob-axloq va oila-turmush munosabatlari doirasida sodir etilgan jinoyatlar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi;
ishsiz, bandligi ta’minlanmagan shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi;
ruhiy holati buzilgan, narkologik kasalliklarga chalingan shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi;
voyaga yetmaganlar va yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi yoki Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi;
ichki ishlar organlarida profilaktik hisobga olingan, jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan, ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoni o‘tayotgan, ma’muriy nazoratda turgan, ilgari sudlangan shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi;
jamoat joylarida sodir etilgan jinoyatlar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Ichki ishlar vazirligi;
transport harakati va undan foydalanish xavfsizligi yuzasidan jinoyatlar bo‘yicha — ichki ishlar organlarining yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmalari;
bevosita davlat organlari va tashkilotlar hududida sodir etilgan jinoyatlar bo‘yicha — davlat organlari va tashkilotlar rahbarlari.
17. Jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar muhokamasi jarayonida:
sodir etilgan jinoyat holati bo‘yicha — jinoyat ishi mazmuni, shuningdek, jinoyatga aloqador bo‘lgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor etishga, shaxsning jinoyat sodir etilishida ayblilik masalasini muhokama qilishga hamda ular muhokamada ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
jinoyat sodir etgan shaxs bo‘yicha — sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan shaxs (ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilingan shaxslar bundan mustasno) hamda uning ota-onasi, ota-onasi o‘rnini bosuvchi shaxslar yoki boshqa yaqin qarindoshlarining ishtiroki ta’minlanadi.
18. Jinoyat muhokamalarida tegishli davlat organlari va tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va jamoatchilik vakillari qatnashishi mumkin.

Yüklə 20,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə