«tasdiqlayma n» Jalaquduq tumani iib boshlig’i popolkovnik G’. U. Alimov 2023 yil sentyabr reja-konspekt



Yüklə 20,02 Kb.
səhifə3/3
tarix19.12.2023
ölçüsü20,02 Kb.
#153095
1   2   3
3. х-Тергов 565-сонл қарори

3- Jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar muhokamasini o‘tkazish va ularning natijalarini ommaviy axborot vositalarida yoritish tartibi
19. Jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar muhokamasida ichki ishlar organlari rahbarlari, profilaktika (katta) inspektorlari, tegishli bo‘linmalarning xodimlari hamda mahalla fuqarolar yig‘inlari raislarining ishtiroki ta’minlanishi shart.
20. Muhokamada sodir etilgan jinoyatlarning sabablari va bunga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf etishda mas’ul tashkilotlar rahbarlari va xodimlari zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi yuzasidan ko‘rilayotgan choralar va ish natijalari tanqidiy muhokama qilinadi, ularning faoliyati samaradorligiga baho beriladi hamda kelgusida shu kabi holatlar oldini olishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belgilanadi.
21. Muhokama yakuni bo‘yicha ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq yig‘ilish bayoni rasmiylashtiriladi va raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi.
22. Yig‘ilish bayonida quyidagilar ko‘rsatiladi:
bayon tuzilgan sana va joy;
qatnashuvchilar va taklif etilganlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, ish joyi va lavozimi);
ishtirok etganlar soni;
kun tartibi;
sodir etilgan jinoyatning mazmuni, sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar, jinoyatning kelib chiqish sabablari va bunga imkon bergan shart-sharoitlar tahlili;
vazirlik va idoralar hududiy tuzilmalari rahbarlari, shuningdek, keng jamoatchilik vakillarining muhokama qilinayotgan jinoyat va jinoyat sodir etgan shaxslar bo‘yicha fikr va mulohazalari;
muhokama qilingan jinoyat kelib chiqishining barvaqt oldini olish choralarini ko‘rmagan mas’ul tashkilotlar rahbarlari yoki xodimlariga intizomiy javobgarlik choralarini qo‘llash bo‘yicha takliflar;
muhokama qilingan jinoyatning kelgusida oldini olishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar va vazifalar hamda ularni amalga oshirish muddatlari va mas’ul ijrochilari.
23. Yig‘ilish bayonida belgilangan chora-tadbirlar ijrosi ustidan nazorat bevosita tegishli hudud darajasidagi sektor rahbarlari tomonidan ta’minlanadi.
24. Muhokama jarayonlari fotosuratga yoki videotasvirga olinishi mumkin. Fotosurat yoki videotasvir yig‘ilish bayoni nusxalari bilan birga ishchi organga hamda tegishli hokimlik tashkiliy-nazorat guruhiga elektron tarzda yuboriladi.
25. Muhokama yakunida sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan shaxsning fotosurati u tomondan sodir etilgan jinoyat to‘g‘risidagi ma’lumot bilan birga mahalla fuqarolar yig‘inidagi barchaga ko‘rinadigan e’lonlar taxtasiga bir oylik muddatga joylashtiriladi.
Sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan shaxs sudning oqlov hukmini taqdim qilgan taqdirda, uning fotosurati va sodir etilgan jinoyat to‘g‘risidagi ma’lumot profilaktika (katta) inspektori tomonidan mahalla fuqarolar yig‘inidagi e’lonlar taxtasidan darhol olib tashlanadi, shuningdek, ushbu holat bo‘yicha avval o‘tkazilgan muhokama yuzasidan uch kun muddatda raddiya tayyorlanib, e’lonlar taxtasiga bir oylik muddatga joylashtiriladi.
26. Ishchi organ:
yig‘ilish bayonlarida qayd etilgan ma’lumotlarni umumlashtiradi, tahlil qiladi va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shaklda ularning yagona hisobini yuritadi;
o‘tkazilgan muhokamalarni har oy yakuni bo‘yicha tahlil qilib, keyingi oyning 5-sanasiga qadar tegishliligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga axborot kiritadi.
27. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari:
o‘tkazilgan muhokamalar to‘g‘risidagi axborotlar asosida tuman (shahar) hokimlari, davlat organlari va tashkilotlarning hududiy bo‘linmalari rahbarlariga nisbatan o‘z vakolati doirasida choralar ko‘radi yoxud ta’sir choralarini qo‘llash yuzasidan vakolatli davlat organlariga asoslantirilgan takliflar kiritadi;
jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilishda davlat organlari va tashkilotlarning hududiy bo‘linmalarini jalb qilish hamda ularning hamkorligini tashkil etish borasida ta’sirchan chora-tadbirlarni ko‘rib, mazkur yo‘nalishda shaxsiy nazorat o‘rnatadi.
28. Tuman (shahar) hokimlari tomonidan huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijalarining tahlili asosida har oyda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari majlislarida tegishli hududda sodir etilgan jinoyatlar, davlat organlari va tashkilotlarning hududiy bo‘linmalari tomonidan jamoat xavfsizligini ta’minlash samaradorligini oshirish bo‘yicha manzilli takliflarni ishlab chiqish bilan birga ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning ahvoli tanqidiy muhokama qilinadi.
29. Jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarning muhokamasi jarayoni va natijalari Internet jahon axborot tarmog‘ida va mediaresurslar orqali yoritib boriladi, keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalari jalb qilinadi.


Jalaquduq tuman IIB Tergov guruxi
katta tergovchisi kapitan X.Akbarov
Yüklə 20,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə