«tasdiqlayma n» Jalaquduq tumani iib boshlig’i popolkovnik G’. U. Alimov 2023 yil sentyabr reja-konspekt



Yüklə 20,02 Kb.
səhifə1/3
tarix19.12.2023
ölçüsü20,02 Kb.
#153095
  1   2   3
3. х-Тергов 565-сонл қарори


«T A S D I Q L A Y M A N»
Jalaquduq tumani IIB boshlig’i
popolkovnik

G’.U.Alimov


2023 yil « » sentyabr


REJA-KONSPEKT


3-Mavzu: Jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni muhokama qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


O’quv savollar:



  1. Umumiy qoidalar

  2. Jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni muhokama qilishni tashkil etish

  3. Jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar muhokamasini o‘tkazish va ularning natijalarini ommaviy axborot vositalarida yoritish tartibi



1-Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni o‘rganish hamda muhokama qilish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
jinoyat sodir etgan shaxs — jinoyat sodir etganligi uchun sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aybdor deb topilgan shaxs;
jinoyatning sabablari — jinoyat sodir etilishiga olib kelgan ijtimoiy, ruhiy va moddiy omillar majmui;
jinoyatning sabablari va sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish choralari — kelgusida jinoyat sodir etilishining oldini olishga qaratilgan huquqiy, ijtimoiy, tashkiliy, tarbiyaviy, tibbiy va boshqa chora-tadbirlar majmui;
jinoyatning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar — jinoyat sodir etilishiga imkon beradigan, shaxs va jamiyatga bog‘liq bo‘lgan yoki bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra yuzaga keluvchi, tanqidiy jihatdan baholanuvchi vaziyatlar.
3. Jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni muhokama qilishning asosiy maqsadi jinoyatlarning barvaqt oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oshirishdan iborat.
4. Jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni muhokama qilishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda muassasalar (keyingi o‘rinlarda — mas’ul tashkilotlar) o‘zaro hamkorligini ta’minlash va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish;
jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni o‘rganish, aniqlash va bartaraf etish amaliyotini yo‘lga qo‘yish;
jinoyatdan jabrlanuvchini, g‘ayriijtimoiy xulq-atvorli, jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan, jinoyat sodir etgan shaxslarni ijtimoiy moslashtirish choralarini kuchaytirish;
jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, qonuniylikni mustahkamlash, shuningdek, jinoyatlarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish;
fuqarolarning jinoyatdan jabrlanish xavfini kamaytirish (viktimologik profilaktika);
sodir etilgan jinoyatlar bo‘yicha jamoatchilikda xolis fikrni shakllantirish.
5. Jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni muhokama qilish qonuniylik, oshkoralik, jamoatchilik ishtirokini ta’minlash, odillik, shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish, tizimlilik, aybsizlik prezumpsiyasiga rioya etish, ishontirish usulining ustuvorligi kabi prinsiplar asosida amalga oshiriladi.
6. Quyidagi jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar muhokama qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi:
alohida muhim yoki toifalangan obyektlar (harbiy qism, jazoni ijro etish muassasasi, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning binolari va boshqalar) hududida sodir etilgan jinoyatlar;
oshkor etilishi davlat sirlarini qo‘riqlash manfaatlariga zid keladigan jinoyatlar;
chet davlat fuqarolari tomonidan sodir etilgan jinoyatlar;
tanosil yoki OIV kasalligi/OITSni tarqatish jinoyatlari;
jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlar;
farzandlikka olish sirini oshkor qilish bilan bog‘liq jinoyatlar;
o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish yoki unga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish, shuningdek, o‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxsga moddiy qimmatliklar berish yoxud uni mulkiy manfaatdor etish orqali u bilan jinsiy aloqa qilish jinoyatlari;
jabrlanuvchi, guvoh yoki ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar, shuningdek, ularning oila a’zolari yoki yaqin qarindoshlari xavfsizligini ta’minlashni taqozo etuvchi jinoyat ishlari.
7. Jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar muhokamasi:
sodir etilgan jinoyat holati bo‘yicha — jinoyat sodir etilgan hududdagi mahallada jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan kundan boshlab uch kun ichida;
jinoyat sodir etgan shaxs bo‘yicha — uning yashash joyidagi mahallada sudning qonuniy kuchga kirgan ayblov hukmi ichki ishlar organlariga kelib tushgan kundan boshlab uch kun ichida o‘tkaziladi.
Bevosita davlat organlari va tashkilotlarda sodir etilgan jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar muhokamasi mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida belgilangan tartibda ushbu organ va tashkilotlarning o‘zida o‘tkazilishi mumkin.
Mazkur bandning uchinchi xatboshisida belgilangan muddatda jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish to‘g‘risida surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning taqdimnomasi yoki sudning xususiy ajrimi kelib tushgan taqdirda, jinoyat sodir etgan shaxs bo‘yicha muhokama ushbu taqdimnoma yoki xususiy ajrim doirasida amalga oshiriladi.
8. Sabablari va sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar muhokama qilinadigan jinoyatlar taqsimoti quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi:
og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri darajasidagi;
uncha og‘ir bo‘lmagan va ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar — tuman (shahar) darajasidagi hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar (keyingi o‘rinlarda — sektor) hamda davlat organlari va tashkilotlar rahbarlari tomonidan jamoatchilik vakillari ishtirokida muhokama qilinadi.
9. Jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar muhokamasini tashkil qilish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.

Yüklə 20,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə