Tasdiqlayman” Koson 2-son kasb-hunar maktabi direktori I. M. Karimov


Mavzuga doir nazariy savol va amaliy topshiriqlar



Yüklə 8,85 Mb.
səhifə174/206
tarix21.04.2023
ölçüsü8,85 Mb.
#106608
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   206
1Fizika majmua

Mavzuga doir nazariy savol va amaliy topshiriqlar
1.Koʼp qavvatli imoratlarning har bir qavvatidan pastga biror buyumni pastga tashlab koʼring va yuz beradigan hodisalarni bir-biri bilan solishtiring.

16-mavzu -.LABORATORIYA ISH. QIYA TЕKISLIKDA FOYDALI ISH KOEFFITSIYЕNTINI ANIQLASH


Ishning maqsadi: Qiya tekislik va undan nima maqsadda foydalanilishini o‘rganish. Dinamometrda jismlar vaznini o‘lchash ko‘nikmasini shakllantirish. Foydali va to‘la ish hamda foydali ish koeffi tsiyenti haqidagi bilimlarni amalda mustahkamlash. Xatoliklarni hisoblash ko‘nikmalarini shakllantirish.Kеrakli asboblar: uzun yupqa taxta, qisqichli shtativ, yog‘och brusok, yuklar to‘plami, dinamomеtr.

Mavzuga doir nazariy savol va amaliy topshiriqlar
1.Darsda laboratoriy tajribalaridan olingan natijalar boʼyicha xulosa va hisobotlar yozing.
2.Qiya tekisliklardan turmushda va texnikada qoʼllanish sohalari haqida maʼlumotlar toʼplang.

17-mavzu. JISMLARNING ABSOLYUT ELASTIK VA NOELASTIK TO‘QNASHISHI

Reja.

1.Fizikada toʼqnashish nima, va uning turlari.

2.Absalyut elastik toʼqnashish.

3.Absalyut noelastik toʼqnashish

4.Toʼqnashishlar jarayonida kinetik energiyaning saqlanish va saqlanmasligi.


To‘qnashish deb, ikki yoki undan ko‘p jismlarning juda qisqa vaqt davomidagi ta’sirlashuviga aytiladi.
To‘qnashish tabiatda juda ko‘p uchraydi. Bilyard sharlarining to‘qnashuvi, odamning yerga sakrashi, bolg‘acha bilan mixning qoqilishi, futbolchining to‘p tepishi va hokazolar to‘qnashishga misol bo‘ladi.
To‘qnashish natijasida jismlarning deformatsiyalanishiga qarab ular ikki turga: absolyut elastik va absolyut noelastik to‘qnashishlarga bo‘linadi.Absolyut noelastik to‘qnashish. Absolyut noelastik to‘qnashish deb, ikkita defor matsiyalanadigan sharlarning to‘qnashib, birga yoki bir xil tezlik bilan harakatlanishiga aytiladi. To‘qna shuvdan so‘ng sharlar birlashib, harakat qilishi mumkin. Plastilin yoki loydan yasalgan sharchalarning to‘qnashuvi bunga misol bo‘la oladi (3.5-rasm).
Absolyut elastik to‘qnashish deb, ikkita defor matsiyalanmaydigan sharlarning to‘qnashishiga aytiladi. Bunda sharlarn ing to‘qnashishdan oldingi kinetik energiyalari, to‘qnashishdan keyin ham to‘laligicha kinetik energiyaga aylanadi.Absolyut elastik to‘qnashishda impulsning va kinetik energiyaning saqlanish qonunlari bajariladi. m1 va m2 massali sharlarning to‘qnashishgacha tezliklari mos ravishda Ularning harakat yo‘nalishlarini hisobga olib o‘ng tomonga yo‘nalgan harakatni musbat, chap tomonga yo‘nalganini esa manfi y ishora bilan olamiz (3.6-rasm).


Yüklə 8,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə