Tasdiqlayman” Koson 2-son kasb-hunar maktabi direktori I. M. Karimov


Mavzuga doir savol va amaliy topshiriqlar



Yüklə 8,85 Mb.
səhifə171/206
tarix21.04.2023
ölçüsü8,85 Mb.
#106608
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   206
1Fizika majmua

Mavzuga doir savol va amaliy topshiriqlar
1.1kN necha Nyutonga teng?
2.Nyutonning 1-qonunini tariflang.
3.Qaysi hollarda jismning og’irligi o’zgaradi?
4.Tekis harakatda og’irlik kuchining qiymatini ayting.

14-mavzu. ENERGIYA VA ISH. ENERGIYANING SAQLANISH QONUNI. JISMNING QIYA TEKISLIK BO‘YLAB HARAKATLANISHIDA BAJARILGAN ISH
Reja;
1.Energiya va ish.
2.Energiyaning saqlanish qonuni.
3.Qiya tekislikda bajarilgan ish
Energiya – turli shakldagi harakatlar va o‘zaro ta’sirlarning miqdoriy o‘lchovidir (u grekcha energeia – ta’sir so‘zidan olingan). Energiya tabiatdagi harakatlarning shakliga qarab, turlicha bo‘ladi. Masalan, mexanik, issiqlik, elektromagnit, yadro energiyalari va hokazolar. O‘zaro ta’sir natijasida bir turdagi energiya boshqasiga aylanadi. Lekin bu jarayonlarning barchasida, birinchi jismdan ikkinchisiga berilgan energiya (qanday shaklda bo‘lishidan qat’iy nazar) ikkinchi jism birinchisidan olgan energiyaga teng bo‘ladi. Nyutonning ikkinchi qonunidan ma’lumki, jismning mexanik harakatini o‘zgartirish uchun unga boshqa jismlar tomonidan ta’sir bo‘lmog‘i kerak. Boshqacha aytganda, bu jismlar o‘rtasida energiyalar almashuvi ro‘y beradi. Mexanikada ana shunday energiya almashuvini tavsifl ash uchun mexanik ish tushunchasi kiritilgan va u fi zikada A harfi bilan belgilanadi. Og‘irlik kuchining bajargan ishi yo‘lning shakliga bog‘liq bo‘lmasdan, faqat tushish balandligiga bog‘liq. Shuning uchun ham og‘irlik kuchi ta’sirida bajariladigan ishlar trayektoriya shakliga emas, balki jismning boshlang‘ich va oxirgi holatiga bog‘liq.

Bunday kuchlarga potensial yoki konservativ kuchlar deyiladi. Bu kuchlarning maydoni esa potensial maydon deyiladi.Jism pastga harakatlanganda og‘irlik kuchi va ko‘chish yo‘nalishi mos tushganligi sababli bajarilgan ish musbat, yuqoriga harakatlanganda esa, ular qarama-qarshi yo‘nalganligidan manfi y bo‘ladi. Shuning uchun og‘irlik kuchi ta‘sirida jism ko‘chib, yana boshlang‘ich vaziyatiga qaytgan holatdagi umumiy ish nolga teng bo‘ladi. O‘tkazilgan ko‘plab tajribalar, nazariy xulosalar energiya saqlanish qonunining qat’iy bajarilishini ko‘rsatadi. Faqatgina tabiatda energiyaning bir turdan boshqasiga (masalan, mexanik energiyadan issiqlik energiyasiga) aylanishi ro‘y beradi. Shuning uchun ham bu qonunga energiyaning saqlanish va aylanish qonuni ham deyiladi. U tabiatning asosiy qonunlaridan bo‘lib, nafaqat makroskopik, balki mikrojismlar sistemasi uchun ham o‘rinlidir.

FIK birdan (100% dan) katta bo‘lmaydi. Mashina va dvigatellarda ishqalanish kuchining ishi tufayli to‘liq energiyaning bir qismi isrof bo‘ladi va shu sababli FIK har doim birdan kichik bo‘ladi.Qiya tekislik va jism yuqoriga tortilganda bajarilgan ishni ko‘rib chiqaylik. Mexanikaning oltin qoidasiga muvofi q kuchdan necha marta yutilsa, yo‘ldan shuncha marta yutqiziladi.Qiya tekislik ham ishdan yutuq bermaydi. Qiyalik burchagini kamaytirib yukni ko‘tarishga sarfl anadigan kuchdan yutiladi. Lekin ko‘chish masofasi ortganligi sababli bajarilgan ish o‘zgarmaydi. Kuchning jismni ko’chirishdagi ta’sirini xarakterlash uchun ish tushunchasi kiritiladi. Ish F kuchni vektor bilan xarakterlanaligan dS ko’chishga skalyar ko’paytmasi bilan o’lchanadi. Juda kichik dSko’chish uchun


Yüklə 8,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə