Tasdiqlayman” Koson 2-son kasb-hunar maktabi direktori I. M. Karimov


Qanday tebranishlarga majburiy tebranishlar deyiladi



Yüklə 8,85 Mb.
səhifə77/206
tarix21.04.2023
ölçüsü8,85 Mb.
#106608
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   206
1Fizika majmua

2.Qanday tebranishlarga majburiy tebranishlar deyiladi.
3.Rezonans hodisasin qanday sharoitda vjudga keladi?
4.Rezonans foydali yoki zararli boʼladigan holler uchun misol keltiring.

Savol beradilar

Topshiriqni yozadilar;


3-Ilova



25.Mavzu“MAJBURIY TEBRANISHLAR. TEXNIKADA REZONANS

FOYDALANISH



REJA:1.Majburiy tebranishlar deganda nimani tushunasiz.
2.Rezonans.
3.Avtotebranishlar.





Tayanch tushunchalar:Majburiy tebranishlar,siklik chastota,Rezonans,Avtotebranishlar
Mashg’ulot shiori: Ilm olish-iymondandir.
(Hadisdan)


4-Ilova

5-Ilova


AQLIY HUJUM” usuli qoidasi
Hech qanday birga baholash va tanqidga yo`l qo`yilmaydi!
Taklif etilayotgan g`oyani baholashga shoshma, agarda u hattoki ajoyib va g`aroyib bo`lsa ham –hamma narsa mumkin.
Tanqid qilma-hamma aytilgan g`oyalar qimmatli teng kuchlidir.
O`rtaga chiquvchini bo`lma!
Turtki berishdan o`zingni ushla!
Maqsad miqdor hisoblanadi!
Qancha ko`p g`oyalar aytilsa, undan ham yaxshi: yangi va qimmatli g`oyalarni paydo bo`lishi uchun ko`p imkoniyatdir.
1-Slayd

Biror muhitda sodir bo‘layotgan erkin tebranishlar so‘nuvchan bo‘ladi (5.5-rasm). Chunki tebranish davrida tebranuvchi jism muhit tomonidan ishqalanish tufayli qarshilikka uchraydi.
Tebranishlar so‘nmasligi uchun ishlatilgan energiyani davriy tarzda to‘ldirib turish kerak. Buning uchun tebranuvchi sistemaga tashqi kuch vositasida davriy ta’sir ko‘rsatib turish kerak. Mana shunday tashqaridan kuch ta’sir etib turadigan qurilmaning sodda maketi 5.6-rasmda keltirilgan. Prujinaga osilgan yukni pastga tortib, qo‘yib yuborilsa, u tebranma harakat qiladi. Bu paytda prujina osilgan temir o‘zakning dastagi aylantirilsa, tebranishlar so‘nmaydi. Tashqaridan davriy ravishda ta’sir etib turadigan kuch ta’sirida sodir bo‘ladigan tizimning tebranishlariga majburiy tebranishlar deyiladi.Bu majburiy tebranishlarni hosil qiluvchi davriy o‘zgaruvchi tashqi kuchga majburlovchi kuch deyiladi.Majburiy tebranishlarga kundalik turmushdan ko‘plab misollar keltirish mumkin. Siz sevib tinglaydigan radiodagi, magnitofondagi, televizordagi radiokarnaylarning membranasi undan o‘tuvchi majburlovchi tok ta’sirida tebranadi. Uyingiz yoki sinfi ngiz yonidan og‘ir yuk ortgan mashinalar o‘tib qolsa deraza oynalari zirillaganini eshitasiz. Eski beton qurilmalar (fundament, ustun)ni parchalovchi, tog‘ jinslarini ko‘chiruvchi zirillab (titrab)
ishlaydigan pnevmatik bolg‘alar ham davriy ravishda ta’sir etuvchi tashqi kuch ta’sirida ishlaydi. Majburiy tebranishlardan foydalanish yoki zararli hollarda yo‘qotish uchun ularni o‘rganish kerak. 5.6-rasmdagi qurilmadan foydalanib, tashqi majburlovchi kuchning tebranuvchi sistemada hosil
bo‘ladigan tebranishlarga ta’sirini o‘rganamiz.5.6-rasm.Yuk (4) bog‘langan prujina (3) ning uchi
ilmoq (2)l i sim uchiga osilgan. Ilmoq uchi halqa shaklida bolib, temir o‘zak (l) ning yoy shaklida bukilgan qismida sirpanadi. Temir o‘zakni aylantira boshlasak, yukli prujina tebrana boshlaydi.

2-Slayt


O‘zak dastagini tezroq aylantirsak, yukning tebranishlari avvaliga biroz orqada qolib, keyin tenglashadi. Shunda tebranishlar barqaror bo‘ladi.
Rezonans hodisasi
Endi tebranuvchi sistemada sodir bo‘layotgan tebranishlar amplitudasining majburlov chi kuchga qanday bog‘liq bo‘lishini kо‘rib chiqaylik. Buning uchun oddiy gina tajriba o‘tkazamiz. 4–5 m uzunl ikdagi ipni xonaning bir uchidan ikkinchi uchiga biroz osiltirib tortamiz.


2-Slayd


Ularga 3–4 ta turli uzunlikdagi iplarga osilgan yuklarni bog‘laymiz (5.7-rasm).Birinchi yuk osilgan ipning uzunligini to‘rtinchi yuk osilgan ip uzunligi bilan bir xil qilib tanlaymiz. Birinchi mayatnikni muvozanat vaziyatdan chetga chiqarib, qo‘yib yuborsak, u tebrana boshlaydi. Uning tebranishi umumiy bog‘langan ip orqali boshqa mayatniklarga o‘tib, ular ham asta-sekin tebranma harakatga keladi. Mayatniklarda barqaror tebranishlar vujudga kelgandan so‘ng ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi mayatniklar tebranishiga e’tibor bersak, to‘rtinchi mayatnik amplitudasi eng katta ekanligiga ishonch hosil qilamiz. To‘rtinchi va birinchi mayatniklar uzunligi bir xil bo‘lganligi tufayli, ularning erkin tebranishlar davri (chastotasi) o‘zaro teng bo‘lib chiqadi.




Demak, majburiy tebranishlarda majburlovchi kuch chastotasi, tebranuvchi sistemaning xususiy tebranishlari chastotasiga teng bo‘lganda tebranishlar amplitudasi eng katta bo‘ladi, ya’ni rezonans ro‘y beradi.Tashqi majburlovchi kuch chastotasi, tebranuvchi sistemaning xususiy chastotasiga teng bo‘lganda, tebranishlar amplitudasining keskin ortib ketish hodisasiga rezonans deyiladi.Rezonans davrida amplitudaning ortib ketishiga sabab majburlovchi kuch yo‘nalishi bilan tebranuvchi jism harakat yo‘nalishining o‘zaro mos kelis hidir.Rezonans hodisasidan texnikada va turmushda keng foydalaniladi. Soatlarda, barcha turdagi qo‘ng‘iroqlarda, sirenalarda, pnevmatik bolg‘alarda rezonans hodisasidan foydalaniladi.Lekin rezonans hodisasi ba’zi hollarda zararlidir.





Yüklə 8,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə