Tasdiqlayman” Maktab direktori O. Baxromov



Yüklə 2,21 Mb.
tarix11.12.2023
ölçüsü2,21 Mb.
#144748
Amaliyotchi-talabaning bir soatlik ochiq dars bayonnomasi


Tasdiqlayman”
Maktab direktori____________ O. Baxromov
______ _______ 2023 yil

Termiz davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakulteti 3-kurs amaliyotchi-talabasi Umirzaqova Gulmiraning Termiz shahar 18-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9B- sinfida Biologiya fanidan o‘tkazgan bir soatlik ochiq darsining
BAYONNOMASI
2023 - yil 28 - oktabr Termiz shahar
Raislik qiluvchi: Maktab O‘IBDO‘: J.Davlatov
Qatnashdi: Fan o‘qituvchi: Sh.Tangirova
KUN TARTIBI: 9B-sinfda “Mitoxondriya, plastidalar, lizosomalar va sitoplazmaning boshqa organoidlari” mavzusida o‘tilgan dars muhokamasi haqida
Eshitildi: Raislik qiluvchi Sh.Tangirov
“Mitoxondriya, plastidalar, lizosomalar va sitoplazmaning boshqa organoidlari” mavzusini o‘tish uchun amaliyotchi talaba Umirzaqova Gulmira darsga tayyorlanib kelgan. Dars jarayonini quyidagicha rejalashtirgan:
O‘quvchilar bilan salomlashish, davomat olish (1 minut)
Darsning ma’naviy qismini o‘tish (2 minut)
O‘tilgan uyga vazifani so‘rash (15 minut)
Yangi mavzu bilan tanishtirish va ma’lumot berish (20 minut)
Darsni yanada qiziqarli o‘tkazishi uchun o‘quvchilarni guruhlarga bo‘lib qisqa savol javoblar, testlar, tarqatma savollar orqali olgan bilimini mustahkamlash (5 minut) o‘quvchilarni baholash (1 minut) uyga vazifa berish va o‘quvchilarning olgan baholarini e’lon qilish (1 minut) dan iborat.
So‘zga chiqdilar:
Maktab O‘IBDO‘: J.Davlatov
Amaliyotchi talaba Umirzaqova Gulmira darsning tashkiliy qismini yaxshi rejalashtirgan Yangi mavzu bayoni haqida o‘quvchilarga yetarlicha ma’lumot bera oldi. O‘quvchilarni darsga jalb qilish uchun ularni guruhlarga bo‘lib savol javoblar o‘tkazdi. Belgilab olgan vaqt taqsimotidan unumli foydalandi. Darsdagi kamchilik o‘quvchilar orasida ozroq shovqin ko‘tarildi.
Fan o‘qituvchi: Sh.Tangirova
Amaliyotchi Umirzaqova Gulmira dars mavzusini tushuntirishda o‘quvchilar uchun ajoyib slayd tayyorlab monitordan foydalangan holda ma’lumot yetkazib bera oldi. Dars o‘tish jarayonida o‘quvchilarning shovqiniga biroz e’tiborsiz bo‘ldi. Dars jarayoni yaxshi o‘tdi.
QAROR QILADI:
1.Amaliyotchi-talaba Umirzaqova 9B-sinfda Biologiya fanidan
“Mitoxondriya, plastidalar, lizosomalar va sitoplazmaning boshqa organoidlari” mavzusida bir soatlik sinov darsi ma’lumot uchun qabul qilinsin va «yaxshi» deb baholansin.
2. Dars yuzasidan bildirilgan kamchiliklarni bartaraf qilish va navbatdagi darslarda yo‘l qo‘ymaslik amaliyotchi talaba Umirzaqova Gulmiraga yuklatilsin.

Raislik qiluvchi: ____________ Sh.Tangirova


(imzo)
Maktab O‘IBDO‘: ____________ J.Davlatov
(imzo)



Yüklə 2,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə