«Turizmda loyihalarni ishlab chiqish va boshqarish» fanidan kurs ishini tayyorlash va himoya qilish yo‘nalishning o‘quv rejasiga muvofiq 3-semestrida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Uni tayyorlash bosqichlari quyidagicha:
Mavzu tanlash
Adabiyotlarni ko‘rib chiqish
Kurs ishini himoya qilish
Himoya quyidagi usullarda amalga oshirilishi mumkin:
ochiq himoya;
individual himoya;
kichik guruhda himoya.
Muallif ishning asosiy natijalari, xulosa va takliflari bildirilgan taqdimot asosida himoyani amalga oshiradi. Chiqish vaqti – 5 minut. Ishning samaradorligini va o‘zlashtirish ko‘rsatkichini oshirish maqsadida ko‘rgazmali materiallardan foydalanilishi maqsadga muvofiq.
Kurs ishining tuzilmasi va mazmuni
Kurs ishini yozishda talaba o‘zining bilimi va qobiliyatini namoyon qilishi kerak.
Tanlangan mavzudan qat’iy nazar ishning tuzilmasi quyidagicha bo‘lishi maqsadga muvofiq:
Titul varag’i (1-bet) (2-ilovada namuna keltirilgan)
Mundarija (3-bet) (3-ilova)
Topshiriqlar (1-ilova)
Ilovalar (agar mavjud bo‘lsa)
TOPSHIRIQLAR RO‘YXATI
Canva dasturida berilgan mehmonxonaga doir ma’lumotlarni joylab flayer shaklida chiqarish;
Microsoft Wordda berilgan mehmonxonaning narxlar diapazonini jadvalda aks ettirish;
Berilgan mehmonxonaning rasmiy sahifasiga kirib, ushbu mehmonxonadagi qulayliklarni SmartArt grafik elementlarida shakllantirish;
Agoda.com, booking.com va tripadvisor.com saytlaridan sizga berilgan mehmonxonaning kunlik narxlarini Microsoft Word diagrammasida solishtirish.
Vazifani bajarilishiga doir namunalar:
Canva dasturi imkoniyatlaridan foydalangan holda, berilgan mehmonxona ma’lumotlarini shablonlarga kiritib, mehmonxonaning flayerini tayyorlash:
Berilgan mehmonxonaning rasmiy saytidagi ma’lumotlarga asoslanib mehmonxonadagi barcha turdagi xonalar narxini jadvalga kiritish
Xona turi
|
Narxi (2 kishilik)
|
“king size” o‘lchamli yotoqli xona
|
$ 149
|
“queen-size” o‘lchamli yotoqli xona
|
$ 149
|
“king size” o‘lchamli yotoqli va sohilga chiquvchi balkonli xona
|
$ 210
|
“king size” o‘lchamli yotoqli Lyuks xona
|
$ 261
|
Berilgan mehmonxonaning rasmiy internet manziliga kirib, mehmonxonada mavjud barcha qulayliklarni SmartArt chizmalarida aks ettiramiz:
4.Agoda.com, tripadvisor.com va booking.comda Hilton Miami narxlari:
Kurs ishini rasmiylashtirish
Kurs ishining umumiy hajmi A4 formatidagi 8 betdan 15 betgacha yoki PowerPointda 15 betdan 25 betgacha etib belgilangan. Kurs ishi hajmi tanlangan mavzu, ma’lumotlar bilan ta’minlanganlik va ishning texnik bajarilishi bosma tarzda bo‘ladi.
Kurs ishlarini baholash tartibi
Kurs ishini baholash mezoni talabalarda ilmiy izlanishga qiziqish uyg’otish, ularga to‘g’ri ta’lim-tarbiya berishga xizmat qilishi zarur.
Kurs ishlari sifat darjasiga qarab tabaqalangan holda baholangani maqsadga muvofiqdir. Reyting tizimi bo‘yicha talabaning kurs ishini 5 ballik tizim asosida baholanadi.
Dostları ilə paylaş: |