«Tasdiqlayman» Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, dotsent


-rasm. Omborxona g’isht devorining kostruktsiyasi



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə15/254
tarix30.12.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#167269
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   254
Зоология ва экология-fayllar.org

13.2.-rasm. Omborxona g’isht devorining kostruktsiyasi:
1-gidroizolyatsion qatlam; 2-harsangli fundament; 3-qum yostiq.


Darvozalar. Ular omborxonaning uzunasiga va yoen tomonida joylashtiriladi. Kengligi 2,2 m va balandligi 2,6 m bo’lgan darvozalar keng ochiladigan qilinib, donning bosimiga hisoblanmaydi. SHuning uchun ichki tomondan eshik tuynugi taxtalar bilan yopilib, don bosimi tosh devorga siqiladi. Taxtalar ustiga omborxonaga qushlarning kirishini oldini olish uchun to’r tutiladi. Hozirgi kunda ko’pchilik omborxonalar mexanizatsiyalashtirilgan tarzda qurilib, darvozalarning ko’p sonli bo’lishi maqsadga muvofiq emas. Bitta darvoza ko’zda tutilib, pastki konveyer elektrodvigateli bilan blokirovkalanadi.

Derazalar. Deraza tuynuklari 600 x 1400 mm bo’lib, qushlarning kirishidan himoyalash uchun to’r bilan to’siladi. Deraza tuynuklari don sathidan balandda o’rnatiladi. Deraza ramalari gorizontal ilgaklarga osilib, tashqariga ochiladi. Bu omborxonaga kirmasdan ularni shamollatish imkoniyatini beradi. Pol sathidagi yoritilganlik elektr yoritgichlaridan foydalanilganda 10 Lk dan kam bo’lmasligi kerak. Projektorli yoritishdan foydalanish tavsiya qilinadi. Bu derazalardan voz kechish imkoniyatini beradi. SHuning uchun qiya polli omborxonalarda ba’zi hollarda derazalar o’rnatilmaydi.
Tashqi devorlarga harakatlanuvchi mashinalarni ulash uchun elektr taxtalari (щitlari) o’rnatiladi. Omborxonalarda o’rnatiladigan barcha elektr jihozlari va armatura changdan himoyalangan tarzda o’rnatilishi kerak.


Pollar. Qo’zg’aluvchi mexanizatsiyaning g’ildiraklaridan yuklanishni qabul qilishni ta’minlaydigan mustahkamlikka ega bo’lishi, namlikni o’tkazmasligi, donni kemiruvchilar kirishidan himoyalashi va zararkunandalarning rivojlanishi uchun sharoit yaratmasligi kerak.
Zamonaviy don omborxonalarida asfaltlangan pollar o’rnatiladi. Tosh va beton pollar maqsadga muvofiq bo’lmaydi, chunki ular harakatlanuvchi mexanizatsiyani ko’chirishda yemiriladi. Polni asfaltlashdan oldin tuproqning 200 mm gacha qatlami olib tashlanadi va poydevorlar uchun xandak qazishda hosil bo’lgan grunt bilan to’ldiriladi, tekislanadi va yaxshilab zichlangach neft bitumlaridan tayyorlangan asfalt bilan qoplanadi. Qirrali toshli asfaltlardan foydalanish ta’qiqlanadi. Qalinligi 250…300 mm bo’lgan asfalt qoplamasi nolinchi sathdan 200 mm balandlikda o’rnatiladi. Polning bunday konstruktsiyasi unda ko’chuvchi mexanizatsiya harakatlanishiga chidamli bo’ladi.


Tom. Bu omborxonaning muhim elementi bo’lib, donning saqlanuvchiligi birinchi navbatda tomning suv o’tkazmasligiga bog’liq bo’ladi. Donni saqlashning me’yoriy shartlari omborxonaning tomi mustahkam, yengil, o’tga chidamli va issiqlikni kam o’tkazadigan bo’lishini talab qiladi.
Tomning asosiy karkasi yog’ochdan tayyorlanadi. O’rtadagi proletni to’sib turuvchi ferma xuddi shunday konstruktsiyadan tayyorlanadi. Uning xususiyati – pastki qatorni ushlab turuvchi ikkita osmani o’rnatish bo’lib, bu bo’ylama galereyani o’rnatish va unga donni omborxonaga bo’shatish uchun tasmali konveyer joylashtirishdan iborat bo’ladi.
Temir – beton va g’isht konstruktsiyali omborxonalarda temir – beton va metall konstruktsiyalar qo’llaniladi.
Tom yopg’ichi sifatida eng ishonchli va uzoq muddat xizmat qiladigan materiallar: asboshifer, eternit, po’lat varaqlari va ruberoid qo’llaniladi. SHu munosabat bilan loyihalarda tomning qiyalik burchagi 26º30' qilib qabul qilingan.

Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   254




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə