«Tasdiqlayman» Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, dotsent



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə17/254
tarix30.12.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#167269
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   254
Зоология ва экология-fayllar.org

Vaqtinchalik don omborxonalari

Tayyorlov korxonalariga ommaviy don keltirish davrida don omborxonalarning sig’imi yetishmaganida maxsus tayrlangan asfalt yoki boshqa maydonlarda vaqtinchalik omborxonalar, buntlar quriladi.


Maydon uchun joylar temir yo’llar yaqinida, suv yo’llari yaqinida, don omborxonalari, quritish – tozalash va boshqa mexanizatsiyalashgan minoralar yonida joylashtiriladi. Korxona hududida maydonlar omborxonalar orasida va ularning devorlariga paralel tarzda 10 m masofada joylashtiriladi. Agar omborxona qurish ko’zda to’tilgan bo’lsa, asfaltlangan maydonlar omborxonalarning pollari sifatidan foydalanish ko’zda tutiladi.
Maydonlarning o’lchamlari mahalliy sharoitlarni va mexanizatsiyalashtirish vositalarini qulay joylashtirishni hisobga olib belgilanadi: kengligi 7...14 m uzunligi esa, joyga va joylashtiriladigan don miqdoriga qarab, lekin 50 m dan ortiq bo’lmagan tarzda belgilanadi.

13.5.-rasm. Taxta devorli don bunti:
1-brezent; 2-arqon; 3-taxta; 4-temir beton fundament.
Buntlar asfaltlangan maydonlarda, yoki zarurat tug’ilganida quruq va yomg’ir suvlari bosmaydigan, urab turgan maydondan 300 – 350 mm ko’tarilgan grunt maydonlarda joylashtiriladi.
Quruq va o’rtacha quruqlikdagi donni vaqtinchalik saqlash maydonlari, hamda faol shamollatish qurulmalari bilan jihozlangan maydonlar atrofi «Donsanoatloyiha» MITI chizmalari asosida mahalliy materiallardan tayyorlangan devorlar bilan o’raladi. Bunt yuqorisidan brezent bilan yopilib, arqonlar yoki iplar bilan tortiladi. SHamollatish uchun don yuzasi va brezent orasida joy qoldiriladi.
Nam va ho’l donni joylashtirishda maydonlar ko’chma shamollatish qurulmalari bilan jihozlanadi yoki taxtalardan va garbillardan uchburchak kesimli vintilyatsion ariqchalar qilinadi.
Donni asfaltlangan va xususan grunt maydonlarda saqlash tajribasi ko’rsatishicha, ko’pchilik hollarda donning quyi qatlami namlanadi va tomir hosil qilib o’sadi. Buning oldini olish uchun maydon yuzasi donni gruntdan izolatsiyalovchi material bilan qoplanadi. Butinittifok Don ilmiy – tadqiqot institutining Qozog’iston filiali ma’lumotlariga ko’ra donni bunt holida saqlashda maydon yuzasini polietilin parda bilan qoplash iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo’ladi.
Donni notekis grunt maydonda saqlashdagi 1 t donga ushlanishlar 1 t don uchun qilingan xarojotlar 1 m2 pardaning tayyorlashga ketgan xarajatlardan ikki marta ko’p bo’ladi, 1 m2 pardani yoyish va o’rash harajatlari esa arzimas summani tashkil qiladi.
Uzilish kuchlanish 10 Pa qalinligi 0,2...0,3 mm polietilen pardalardan foydalanish tajribasi, quruq donni buntlarda saqlashda, don massasining holati brezent bilan yopilgan buntlarda saqlangan donnikidan farq qilmasligini ko’rsatadi. Ammo nam va ho’l donni saqlashda parda ostida namlik konditsiyalanadi va tomchi holida pardaning ichki yuzasidan oqib tushib, donning yuza qatlamini namlaydi. SHu sababli nam va ho’l donni saqlashda polietilen pardalardan buntlarni ustgi yog’inlar vaqtida yopish uchun foydalanish mumkin.

Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   254




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə