«Tasdiqlayman» Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, dotsent


Mexanizatsiyalashtirilgan ishchi minoralar



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə20/254
tarix30.12.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#167269
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   254
Зоология ва экология-fayllar.org

Mexanizatsiyalashtirilgan ishchi minoralar

Omborxonalar statsionar mexanizatsiya bilan jihozlanganda donni qabul qilish, o’lchash, tozalash, quritish, jo’natish hamda yuqori konveyerga uzatish va pastgisidan qabul qilish uchun maxsus minoralar quriladi.


Birinchi minoralar bitta yoki ikkita noriyaga ega bo’lgan asosan donni qabul qilish va uni yuqorigi konveyerga uzatish jarayonlarini bajaradi. Temir yo’l transportiga don ishchi minoraning noriyalaridan biri yordamida o’zi oqar quvur orqali yuklanadi.
Keyinchalik donni temir yo’l transportiga jo’natish uchun bunkerlarga va avtomobil transportidan qabul qilish kurulmalariga ega bo’lgan ishchi minoralar paydo bo’lgan.
Ishchi minoraga uchta noriya, ikkita cho’michli tarozi, separator, tarozi usti hamda tarozi osti bunkerlari o’rnatilgan. Bunday minoralar katta bo’lib, o’zi oqar elevatorlardan tannarxi bilan kam farq qiladi. Vaqt o’tishi bilan minoralarning konstruktsiyalari takomillashtirilib borildi.
Don quritish ishchi minoralari keng tarqaldi.
Jihozlarini tarkibi va asosiy vazifalarini bajarishga qarab mexanizatsiyalashtirilgan minoralar quyidagi asosiy xillarga bo’linadi: qayta tiklovchi, qabul qiluvchi – tozalovchi; qabul qiluvchi –tozalovchi – qurituvchi, yanchuvchi – tozalovchi, qurituvchi tozalovchi.
Qurituvchi – tozalovchi minoralar keng tarqalgan bo’lib, ularda don bilan bog’liq bo’lgan barcha texnologik va taranport jarayonlari amalga oshiriladi.
Elevatorlar bo’lmagan ko’pchilik donni qabul qilish korxonalarida quritish – tozalash minoralari don omborxonalarini mexanizatsiyalashtirishning asoiy markazlari hisoblanadi. Omborxonalarda statsionar mexanizatsiyani tashkil qilishda qabul qiluvchi – tozalovchi – qurituvchi minoralardan keng foydalanilgan.
1953 yil bu turidagi omborxonalarni mexanizatsiyalashtirish uchun ikkita noriyali, yettita tasmali konveyerli (unumdorligi 100 t/soat), separator (80 t/soat) qabul qiluvchi – tozalovchi minoraning namunaviy loyihasi ishlab chiqildi. Minoraning yuqorigi kismida chumichli tarozilar o’rnatildi. Umumiy sig’imi 12800 t bo’lgan omborxonalar bilan minorani yuqorigi va pastki konveyerlar bog’lab turgan. Minora don bilan amalga oshiriladigan barcha jarayonlarni bajarish uzeli (joyi) hisoblangan. Minora donni qabul qilish, jo’natish, tozalash va hisobga olish imkoniyatini bergan.
Konstruktsiyasi va texnologik sxemasi yaxshiligiga qaramasdan, balandligining yuqoriligi va tannarxining kattaligi sababli bunday mexanizatsiyalashtirilgan minoralar keng tarqalmagan.
Bu davrda loyihalangan RBO-3 x 10 minoralari ko’pchilik tayyorlov korxonalarida asosan quruq donni qabul qilish va ishlov berish uchun foydalanilgan. Unumdorligi 100 t/soat bo’lgan uchta noriya va ZSM-100 separatori bir vaqtning o’zida donni qabul qilish va vagonlarga jo’natish imkoniyati bergan. Donni o’lchash portsion tarozilarda amalga oshirilgan.
1973 yilda RBO-3 x 100 ishchi minorani bir muncha takomillashtirilgan varianti ishlab chiqilgan. Xusuan istalgan yuk ko’tarish qobiliyati turlicha bo’lgan avtomobillardan va bir yoki bir nechta tirkamali avtopoyezdlardan donni bo’shatish uchun GUAR – 30 uneversal gidrovlik avtomobil bo’shatgichdan foydalanilgan. Vagonlar tomidagi tuynuklardan hamda yon tomonidagi tuynuklaridan yuklangan.
Tayyorlov korxonalariga ho’l va nam don keltirilganida donga ishlov berish uchun, RBO – minoralaridan faqat quritgichlarning mavjudligi bilan farq qiladigan qurutgichli RBS ishchi minoralari qo’llaniladi.
Tayyorlov korxonalarida sanoatda qayta ishlashga mo’ljallangan makkajo’xori bilan ishlashga mo’ljallangan MOB – 1SJ yanchish – tozalash minoralari ham qurildi. MOB – 1SJ balandligi 14 m bo’lgan texnologik va transport jihozlarga ega bo’lgan besh qavatli binodan iborat; DSP – 320 t don quritgichi minora bilan yonma – yon joylashgan. Kerakli hollarda makkajo’xori so’talari yanchilmasdan, to’g’ridan – to’g’ri faol shamollatish qurilmalariga ega bo’lgan omborxonaga (bostirmaga) yuboriladi. Keyin so’talar omborxonadan yanchishga yuboriladi.
Ishlov beriladigan o’simlik turini kengaytirish va operativ imkoniyatlarini oshirish uchun ba’zi tayyorlov korxonalarida MOB lar qayta loyihalangan.



Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   254




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə