«Tasdiqlayman» Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, dotsent


Bug’doyning tur va kenja turlari bo’yicha turkumlanishi



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə210/254
tarix30.12.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#167269
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   254
Зоология ва экология-fayllar.org

Bug’doyning tur va kenja turlari bo’yicha turkumlanishi

Tur

Kenja tur

Ranggini tusi va oynasimonlik


Umumiy oynasimonlik,%


I

1
2

3
4


5


Bahorgi qizg’ish donli


To’q qizil oynasimon
Qizil
Och qizil
Sarqish-qizil
Sariq

75 dan kam emas


60 dan kam emas
40 dan kam emas
40 dan kam
40 dan kam


II

1
2


Bahorgi qattiq To’q qaxraboli


Och qaxraboli


90 dan kam emas


90 dan kam emas

III

1
2


Bahorgi oq donli


Oq donli oynasimon
Bahorgi oq donli

60 dan kam emas


60 dan kam


Namunada begona va don aralashmalari hamda emirilgan va ezilgan donlar olib tashlangandan so’ng bug’doyning namunaviy tarkibini aniqlash uchun 20 g namuna ajratiladi. Namuna tekshirish taxtachasiga joylanadi, qo’lda tekshirish bilan undagi boshqa har xil turlarga mansub yumshoq va qattiq, qizg’ish va oq donli bug’doylar miqdori aniqlanadi.


Yumshoq va qattiq bug’doy donlarini ajratishda quyidagi bel-gilarni inobatga olgan holda amal qilish zarur. Yumshoq bug’doy donining yuqori qismining oxirida (murtakka qarama-qarshi) soqolchani tashkil etgan tukchalar mavjudligi bilan ta’riflanadi; yumshoq bug’doyda soqolcha umuman bo’lmaydi yoki u shunchalik ozki, uni lupasiz ajratish qiyin. Yumshoq bug’doy donlarida ko’pchilik hollarda kalta va yumaloq, qattiq bug’doy esa uzun, burchak-qovurg’a shaklida bo’ladi. Qattiq bug’doy donida ko’p uchraydigan rang sariq-qaxrabo, gohida qizg’ish.
Yumshoq bug’doyda qizg’ish don va oq donlilarni ajratish tek-shirish taxtasida ranggiga qarab amalga oshiriladi. Agar namunada noaniq rangli donlar chiqib qolsa ularga 5% achchiq ishqor aralashmasi (5 kg NaON ni 100 ml suvga) bilan ishlov beriladi. Shu maqsad uchun noaniq rangli donlar sanaladi, texnik torozilarda 0,01 gr aniqlikda tortiladi va achchiq ishqor aralashmaga 15 daqiqaga solib quyiladi. Oq donli bug’doy ishqor ta’sirida och sarg’ish, qizg’ish don esa qizg’ish qo’ng’ir tus beradi. Ishqor bo’lmaganda donni suvda qaynatib ishlov berishga ruxsat beriladi. Buning uchun gumonli donlar kimyoviy stakan yoki chinni kosachaga joylanadi. Don balandligidan 1sm yuqori joydan qaynoq suv quyiladi va 20 daqiqa qaynatiladi. Qaynatishdan keyin oq donli bug’doy och, qizg’ish donli bug’doy esa qo’ng’ir tusga kiradi.
Yumshoq, qattiq, qizg’ish donli va oq donli bug’doydan ajra-tilgan namunalar texnik torozilarda 0,01 g aniqlikda tortiladi va ularning namunadagi miqdori foizda ifodalanadi.
Noaniq rangli donlarning foizli miqdorini aniqlash quyidagi tarzda amalga oshiriladi. Faraz kilaylik, 20 gr namunadan 25 ta oq donli bug’doy doni ajratiladi, ularning og’irligi 0,85 g ga teng va 15 ta noaniq rangli don ajratiladi. Ularning og’irligi 0,45 g.
Achchiq ishqor bilan 15 ta donga ishlov berilgandan keyin ulardan 10 tasi ochsarg’ish, qolgan 3 tasi esa qizg’ish rangga ega bo’ladi. Och sarg’ish rangli 10 ta donning og’irligi proporsiya yordamida aniqlanadi: 15ta don og’irligi 0,45g
10 ta don og’irligi X bu erda: Xq0,45·10:15q0,30 g.
Oq donli bug’doyning umumiy og’irligi 0,85Q0,30q1,15 g ga teng, 1,15·100:20q5,75% ni tashkil etadi. Shunday kilib, namunaviy tarkibni aniqlash uchun olingan namunada: qizg’ish donli bug’doy 18,85 g yoki 94,25% va oq donli bug’doy 1,15 g yoki 5,75% ni tashkil etadi.
Namunani tekshirib, undagi qattiq, yumshoq, qizg’ish va oq bug’doylarni hamda ularning oynasimonlik foizi aniqlangandan keyin standartga amal qilib yoki 24-jadvalga qarab, ushbu tur va kenja turlarni aniqlash mumkin.
Bir turning aralashmasi mavjudligi boshqasiga nisbatan foizda ifodalanadi. Boshqa bug’doy turlarini 1, 2, 3, 4-turlarida 10% gacha, 5-turda esa 5% gacha qo’shilish miqdoriga ruxsat etiladi.
Agar bug’doy ranggi bo’yicha qandaydir ma’lum turga mansub, ammo oynasimonligi boshqacha bo’lsa, u tursiz degan nomni oladi. Hujjatlarda o’sha rangga mansub turlar va kenja tur raqami bilan yoziladi, lekin tursiz degan so’z qo’shiladi, undan tashqari uning oynasimonligi ko’rsatiladi.



Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   254




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə