«Tasdiqlayman» Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, dotsent


-Amaliy mashg’ulot Don va don mahsulotlarining ombor zararkunandalari bilan zararlanganligini aniqlash



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə204/254
tarix30.12.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#167269
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   254
Зоология ва экология-fayllar.org

9-Amaliy mashg’ulot Don va don mahsulotlarining ombor zararkunandalari bilan zararlanganligini aniqlash.

Ishning maqsadi: Don va don mahsulotlarining zararkunandalar bilan zararlanganligini aniqlash usullari va ularni tashkil qilinishi bilan tanishish.

Ishga tayyorgarlik qilish: A-3, 76-86 b.; A-5, 70-75 b.

Material va asboblar:
1. Zararlangan don va don mahsulotlari namunalari;
2. Kiskich va shpatellar;
3. SHuplar;
4. POZ-1 tajriba elakdoni;
5. Teshik diametri 1,5 va 2,5 mm li galvirlar;
6. Texnik tarozi va toshlari;
7. Don lupasi (x 4,5);
8. Termometr;
9. Metall yoki kapron elaklar;
10. Filtrli kogoz;
11. Skalpel yoki olmos;
12. Sekundomer;
13. Kaliy yodid (1 % li eritma);
14. Kristallik yod;
15. Uyuvchi kaliy yoki uyuvchi natriy (0,5 % li eritma);
16. Kaliy permanganat(1 % li eritma).

Asosiy nazariy ma’lumotlar
Don va uni kayta ishlash mahsulotlarining zararkunandalar bilan
zararlanganligi qabul qilish, saqlash va mahsulotni junatish paytida
aniqlanadi. Zararlanganlik don partiyasidan ajratib olingan umumlashgan
namuna natijalariga kura don, un, yorma va omuxta em sifatini aniqlash usullariga kuyilgan davlat standartiga muvofik aniqlanadi.
Ishni bajarish tartibi
Ombor yoki maydonda saqlanayotgan donning zararlanganligini maydoni taxminan 200 m2 bo‘lgan shartli bulimdan ajratib olingan umumlashgan
namuna bo‘yicha aniqlanadi. Xar bulimda oltita joy (ombor uzunligi
bo‘yicha xar qaysi karama-qarshi tomonlarning uch joyi) dan nuktaviy namunalar olinadi. Namunalar ombor devoridan 1 m ichkaridan hamda
balandligi 1,5 m dan yukori bo‘lgan don massasining uch kavatidan olinadi: yukori kavat uyum yuzasidan 100-150 mm chukurlikda bo‘lgan joy, urta kavat va kuyi kavat (polning yuzasi). Agarda uyumning balandligi 1,5 m dan kichik bo‘lsa, namuna yukori va kuyi kavatlardan olinadi. Xar qaysi kavat va bulim uchun nuktaviy namunalar aloxida umumlashgan namunalarga birlashtirilib, ulardan tahlil uchun 2 kg mikdorda urta namunalar olinadi. Don partiyasining zararlanganligi zararkunanda mikdori kuprok bo‘lgan namuna bo‘yicha o‘rnatiladi. Donni kayta ishlashda olingan mahsulotlarning zararganligini aniqlash uchun urta namunadan 1 kg un, yorma, kepak yoki 0,5 - 1 kg omuxta em ulchab olinadi.
Donning zararganligini baholashda zararlanishning ikki xil turi o‘rin tutadi. Bular ochiq zararlanganlik hamda yashirin zararlanganlikdir. Agar hasharot va kanalar donlar orasidagi bushlikda yashab oziqlansa, bunday zararlanganlikka ochiq zararlanganlik deyiladi. Agar zararkunanda u yoki bu rivojlanish davrida aloxida donning ichida yashasa, doning bunday zararlanganligiga yashirin zararlanganlik deb aytiladi (uzun burun kungizlar, donxur kungizlar, don egovlovchi kungizlar, don kuyasi).
Ochiq zararlanganlik umumlashgan don namunasi teshik diametri 1,5 (ostki) va 2,5 mm (ustki) galvirlar yigimidan iborat moslama yordamida elab va koldik hamda elanma mahsulotlaridagi zararkunandalar sonini sanash yuli bilan topiladi. Namuna galvirda kul kuchi yordamida minutiga 120 marta aylantirib yoki mexanizatsiyalashtirilgan POZ-1 galvirida 1 minut davomida elanadi.
Yilning sovuk vaqtida, ya’ni donning xarorati 5 0S dan kichik bo‘lsa, koldik va elanma mahsulotlari zararkunandalarini sovukdan jumbushgan xolatidan chikarish uchun 10-20 minut davomida 25-30 0S gacha kizdiriladi.
Donning zararlanganligi ikkala galvirning koldik va elanmalarini aloxida tahlil qilish yuli bilan aniqlanadi. Diametri 2,5 mm bo‘lgan galvir koldigini tahlil taxtasiga yupka kavat bilan yoyib undagi yirik xashoratlar soni sanaladi. Bu xashoratlar mavritaniya kungizi, katta un va kora-kulrang mitalari, mugambir kungiz va boshqalar bo‘lishi mumkin.
Tahlil taxtasining kora shishasi ustiga teshik diametri 1,5 mm bo‘lgan galvir elanmasi yupka kavatda hosil qilib yoyiladi va lupa yordamida kurilib ancha mayda zararkunandalar ajratib olinadi. Bu zararkunandalarga uzunburun kungizlar, don egovlovchi kungiz, tugnagich muylov va kichik un mitalari, unxur kungizlar va kanalar misol buladi.
Koldik va elanmalarni tahlil qilishda tirik zararkunandalar ajratib olinadi va ularning 1 kg dondagi soni hamda turi aniqlanadi. Ulgan va don
massasiga tasodifan tushib kolgan dala zararkunandalari begona aralashmalar tarkibiga kiritiladi va zararlanganlikni baholashda ular e’tiborga olinmaydilar. Donning uzunburun kungizlar va kanalar bilan zararlanishi bo‘yicha ochiq zararlanganlik darajasi o‘rnatilgan (-jadval).
Boshqa zararkunandalar uchun zararlanganlik darajasi o‘rnatilmagan.
Zararlanganlik 1 kg dondagi zararkunandalarning soni bilan belgilanadi va ularning turlari ko‘rsatiladi. Donning zararkunandalar bilan yashirin zararlanganligi bir necha usullar yordamida aniqlanadi. Bular kuyida keltirilgan.
11.1.-jadval






1

Donning uzunburun kungizlar va kanalar bilan zararlanganlik darajasi

I 1tadan 5 tagacha 1 tadan 20 tagacha (20 kiradi)


2

Daraja 1 kg dondagi zararkunandalar soni

II 6 tadan 10 tagacha (10 kiradi) 20 tadan ortik, ammo erkin harakatlanadi, yigilmalar hosil kilmaydi


3

Uzunburun kungizlar Kanalar

III 10 tadan ortik Kanalar gujum katlam hosil


qilgan






Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   254




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə