«Tasdiqlayman» Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, dotsent



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə28/254
tarix30.12.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#167269
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   254
Зоология ва экология-fayllar.org

Ishlab chiqarish elevatorlari

Ishlab chiqarish elevatorlari un zavodlari, pivozavodlari va yorma zavodlari hamda omixta – yem zavodlarida quriladi. Donning katta qismi o`nga qayta ishlanganligi sababli ishlab chiqarish don omborxonalarining asosiy turlari, tegirmon elevatorlariga mansub.


Tegirmon elevatorlari. Ularning asosiy vazifasi – un zavodlarini ma`lum sifatga ega bo`lgan don bilan ta`minlashdan iborat. elevatorda korxona ishini turg’unlashtirish katta bir jinsli don turkumlarini shakllantirish uchun 3…4 oylik don zahirasi yaratiladi hamda donni tortishga tayyorlash – tozalash, quritish, saralash tashkil qilinadi.
Tegirmon elevatorining yuk aylanishi zavodning sutkalik unumdorligidan aniqlanadi (t/sut):


Q = q3 T
Bu erda q3 – un zavodining unumdorligi, t/sut; T – bir yildagi ish kunlari soni.
Tegirmon elevatorining yuk aylanishi va yuk aylanishning koeffitsienti donni oliy turi va don olib kelish hajmiga (tayyorlov) qrab o`zgaradi. Avtomobil transporti bilan qanchalik ko`p don keltirilsa, tegirmon elevatorida shunchalik ko`p sig’im talab qilinadi. Donni asosan suv transporti bilan keltirish ham katta sig’imlarni talab qiladi, chunki elevatorga don keltirish navigatsiya davri bilan cheklanadi (taxminan olti oy).
Tegirmon elevatorlari noriyalarining ish hajmi quyidagi ma`lumotlar bilan tavsiflanadi.

Tegirmon elevatorlari noriyalarining yillik ish hajmi



Jarayon


A hajm

Donni qabul qilish


1,0

Donni tozalash




Qabul qilishda (0,5 x 1)


0,5

Saqlashda (0,5 x 2)

1,0

Donni quritish (0,2 x 2)

0,4

Tortish turkumlarini tayyorlash, separatsiyalash va inventarizatsiyalash (0,5 x 1 + 0,5 x 2 + 0,2 x 1)

1,7

Donni jo`natish

1,0

Jami

5,6 A

Zamonaviy tegirmon elevatorlari ichida M – 2x100, M – 2x175, M – 3x100 va M – 3x175 namunaviy elevatorlar qiziqish uyg’otadi. Ularda elevatorlarni loyihalashning barcha ijobiy yutuqlari hisobga olingan. Bu elevatorlarning ishchi binosi bir xil konstruktsiyaga (qurilish setkasi 2,4 x 3,5 m), bir xil zinapoya panjarasiga, bir xil balandlikdagi qavatlarga ega (61 – rasm). Barcha ishchi binolar uchun ikkita chetki prolyoti DSP – 12 don quritgichi uchun ajratilgan. elevatorlarning sxmeasi va ularning texnik tavsifi 61–rasmda va jadvalda keltirilgan.


Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   254




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə