1 m3 hajmdagi don massasi ogirligi va g‘ovakligi.
6.6 jadval.
O‘simlik turi
|
1m3 dagi og‘irligi, kg
|
g‘ovakligi,%
|
O‘simlik turi
|
1m3 dagi og‘irligi, kg
|
g‘ovakligi,%
|
Yirik boshoqli erkak o‘t
|
260-300
|
70-80
|
Zig‘ir
|
580-680
|
35-45
|
Moyli kungaboqar
|
325-440
|
60-80
|
Makkajo‘-xori
|
680-820
|
35-55
|
Suli
|
400-550
|
50-70
|
Tariq
|
680-730
|
30-50
|
Sholi
|
440-550
|
50-65
|
Javdar
|
680-750
|
35-45
|
Grechixa
|
560-650
|
50-60
|
Bug‘doy
|
730-840
|
35-45
|
Arpa
|
580-700
|
45-55
|
No‘xat va bo‘rilukkak
|
750-800
|
40-45
|
|
|
|
g‘izil yo‘ng‘ichqa
|
780-850
|
30-40
|
Nazorat savollari
Donning fizik xossalariga nimalar kiradi?
Sochiluvchanlik deganda nima tushunasiz?
Donning o‘z-o‘zidan saralanishiga tushuncha bering?
Donning g‘ovokligi deganda nima tushunasiz?
Assimetrik oqim deganda nimani tushunasiz?
Simmetrik oqim deganda nimani tushunasiz?
8 MA’RUZA DON MASSASINIG SAQLASHDA O’Z O’ZDAN QIZISH JARAYONI
Mavzu rejasi:
8.1. Donning o’z-o’zidan qizish xolatining moxiyati.
8.2. Don massasidagi tashkil kiluvchilarning o’z-o’zidan qizish xolatiga ta’siri.
7.3. O’z-o’zidan qizish xolatining turlari.
8.4. O’z-o’zidan qizish jarayoniga imkon beruvchi va uni jadallashtiruvchi sharoitlar.
8.5. O’z-o’zidan qizish xolatida don massasining nobud bulishi, sifatining uzgarishi.
8.6. YAngi yigib olingan donning o’z-o’zidan qizishi.
8.7. Uzok saqlashda donning o’z-o’zidan qizishi.
8.8. Don massasining jipslashuvi.
8.9. Don massasining jipslashuv sabablari.
Foydalanilayotgan adabiyotlar
Tayanch iboralari.
Don massasining o’z-o’zidan qizishi - donda kechadigan fiziologik jarayonlar va uning yomon issiklikutkazuvchanligi okibatida xaroratning kutarilib ketishi.
Kritik namlik - don massasi komponentlarining fiziologik xususiyatlarining aktivlashishiga imkon beradigan namlik chegarasi.
Don massasining jipslashuvi - don massasi okuvchanligining kisman yoki tulik yukolishi.
Trisvyatskiy L.A. Xraneniye zerna, M., Agropromizdat, 1986 g. (185- 211 betlar).
Xaitov R.A., Zuparov R.I., Radjabova V.E., SHukurov Z.Z. Don va don maxsulotlarining sifatini baxolash xamda nazorat kilish, T.
Universitet, 2000 y. (130-132 betlar).
Donning o’z-o’zidan qizish xolatining moxiyati.
Don massasini o’z-o’zidan qizish xolati deb,donda kechadigan fiziologik jarayonlar va don massasining yomon issiklik utkazuvchanligi sababli, xaroratning kutarilib ketishiga aytiladi.
Don massasining dastlabki xolatidan boglik xolda ayrim kismlarda xaroratning 55-65°C gacha kutarilib ketishi kuzatiladi.
O’z-o’zidan qizish xolatining fizik va fiziologik sabablari mavjud. Fiziologik sabab - don massasidagi tirik organizmlarning nafas olishi va intensiv xayot faoliyatidan iborat. Ma’lumki nafas olganda issiklik ajratib chikadi. Fizik sabab shundan iboratki, don massasi yomon issiklik utkazuvchi, shuning uchun ma’lum bir uchastkada paydo bulgan xarorat b°Chka uchastkaga kiyin yuboriladi. Natijada shu uchastkada don massasining uzuzidan qizish xolati yuzaga keladi. Bundan tashkari o’z-o’zidan qizish xolatining yuzaga kelishida don massasi tashkil kiluvchi guruxlarining uzuzidan saralanish jarayoni muxim rol uynaydi.
Don massasidagi tashkil kiluvchilarning o’z-o’zidan qizish xolatiga ta’siri.
Kuyida don massasining o’z-o’zidan qizish jarayoniga ta’sir kiluvchi omillar keltirilgan.
a) Donning nafas olishi.
b) Don massasining o’z-o’zidan qizish xolatida mikroorganizmlarning xam roli katta. Bu xolat tajribalar yordamida isbotlangan, ularni kuyidagi grafik orkali kurish mumkin (sterillangan, zararsizlantirilgan va zararlangan).
v) Don massasida o’z-o’zidan qizish jarayoniga aralashmalar xam kuchli ta’sir kursatadi. Aralashmalar kup bulgan kismda don massasining mikroorganizmlari faol rivojlanib, kup issiklik ajralib chikaradi.
g) O’z-o’zidan qizish xolatiga zararkunanda va kanalar xam xal kiluvchi
ta’sir kursatadi.
Dostları ilə paylaş: |