Tashkent Medical Academy
Volume 3 | TMA Conference | 2022
The significance of the scientific, cultural
heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in
the development of science
Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy
merosining ahamiyati va uning fan
taraqqiyotidagi o‘rni
64
December 16
https://tma.uz/ Republican Scientific and Practical Conference
500 yildan keyin ulug astronom Kopernikning geliosentrik sistemasida ilmiy asosda
tasdiqlandi. Beruniy Abu Ali ibn Sino bilan qilgan munozarasida koinotdagi
planetalar, shu jumladan Еr ham o'zaro tortishish kuchiga ega, degan xulosaga keladi.
Uning bu ilmiy taxmini XVIII asr boshida ingliz olimi N`yuton kashf etgan butun
dunyo tortilish qonuni bilan ilmiy jihatdan asoslandi.
Jamiyat taraqqiyotining barcha davrlarida
rivojlanishning mohiyati, uning
sur'atlari insonlarning ma'naviy kamoloti darajasiga bog'liq bo'lgan. Qaysi erda
ma'naviy kamolot yuksak bo'lib, ma'rifiy-tarbiyaviy tadbirlar oqilona yo'lga qo'yilgan
bo'lsa, o'sha mamlakatda jamiyat ijtimoiy mezonlar asosida
rivojlanganligi tarixdan
ma'lum. Ma'lumki, mustaqilligimiz sharofati bilan biz o'z milliy davlatchiligimizga,
qomusimizga ega bo'lish bilan, ma'naviy-madaniy me'rosimizni, halqimiz
qahramonlari
tarixini, ajdodlarimiz o'git- nasihatlarini o'qib o'rganish imkoniyatiga
ega bo'ldik.Necha ming yillik tarixiy takomil yo'lini bosib o'tgan Markaziy Osiyo
halqlari ma'naviyati VIII asr ohiri va IX asr
boshlaridan yangi kamolot
pillapoyalaridan ko'tarilib, IX-XI asrlar mobaynida yagona islom madaniyati shaklida
namoyon bo'ldi.Bu tarixiy davrda buyuk allomalarimiz Ahmad Farg'oniy,
Muhammad Xorazmiy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Imom Buxoriy, Amir Temur,
Ulug'bek, Alisher Navoiy, Bobur kabi buyuk siymolar jahon ilm-fani va
madaniyatining ravnaqiga ulkan hissa qo'shdilar.