|
Tashkent Medical Academy Volume 3beruniyning-falsafiy-qarashlarida-olam-va-odam-muammosining-tahlil-etilishiTashkent Medical Academy
Volume 3 | TMA Conference | 2022
The significance of the scientific, cultural
heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in
the development of science
Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy
merosining ahamiyati va uning fan
taraqqiyotidagi o‘rni
63
December 16
https://tma.uz/ Republican Scientific and Practical Conference
takomillashtirish, komil inson shaxsini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega bo'ldi
va hozirgacha o'z ahamiyatini saqlab kelmoqda. Abu Rayhon Beruniy O'rta asr Sharq
uyg'onishi
sharoitida
haqiqiy
ilmiy
tabiatshunoslikka
asos
soldi,
u
tabiatshunoslikning turli sohalarida o'z davri uchun taajjubga soluvchi shunday ilmiy
va faraziy fikrlarni olg'a surdiki, ular bir necha asrlardan so'ng Еvropa ilmida o'z
isbotini topdi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, Beruniy asarlarida, uning tabiiy-ilmiy
qarashlari bilan bog'liq chuqur ijtimoiy-ilmiy-falsafiy mulohazalar, umumlashmalar
ham o'z ifodasini topgan. U Forobiy ilmiy-falsafiy ta'limotiga asoslanib Allohni
hamma narsaning birinchi sababi, deb hisoblaydi. Uning tushunishicha ham xudo
hamma narsaning yaratuvchisi ekanligi e'tirof qilinadi. Lekin Beruniy shu birinchi
sababdan kelib chiqqan hamma narsaning rivojlanish va o'zgarish huquqini tabiatga
beradi. Uning ta'limoticha, tabiatda hamma narsa tabiiy qonunlar asosida yaratiladi,
tabiat o'zining tabiiy kuchiga ega bo'lib, shu kuch ta'sirida tabiatda to'xtovsiz harakat,
o'zgarish, o'sish, rivojlanish, vujudga kelish, emirilish, halok bo'lish jarayonlari sodir
bo'ladi. Bulardan shunday hulosaga kelish mumkinki Beruniy o'z ilmiy-falsafiy
qarashlarida deizmga yaqin pozitsiyada turgan. U moddiy dunyoning adabiyligi
haqida gapiradi.Beruniyning ijtimoiy-siyosiy qarashlari insonparvarlik g'oyalari bilan
sug'orilgan. U insonni eng sharafli borliq sifatida tushuntiradi. Inson faqat o'zi uchun
yashamasligi, insonlar bir-birlariga yordam berishlari kerakligini ta'kidlaydi.
Uningcha, insonlar o'rtasidagi tafovut ko'proq tashqi jihatdan mavjud bo'lib, ular
ichki tuzilishi va tashkil topishi jihatdan bir umumiylikka ega. U «Hindiston» asarida
insonlarda tillarning turlicha ekanligi to'g'risida to'xtalar ekan: «Tillarning turlicha
bo'lishiga sabab-odamlarning guruhlarga ajralib ketishi, bir-birlaridan uzoqda
yashashlaridir»,-deydi Beruniy mamlakat ravnaqi, el-yurt farovonligini ilm-fan
taraqqiyoti bilan uzviy bog'liq bo'ladi. U: «har bir olim o'z muhokamasida amaliyotga
asoslanishi, o'z tadqiqotida aniq maqsadga ega bo'lishi, tinimsiz mehnat qilishi,
hatolarni qidirib tuzatishi, ilmda haqiqat uchun har hil uydirma, yuzakichilikka qarshi
kurash olib borishi zarur»,-deb yozgan edi. Beruniy mamlakatda halqlar do'st, inoq,
ittifoq bo'lib yashashi uchun kurashib, insoniyatga qirg'in keltiruvchi urushlarni qattiq
qoralaydi va kishilarni tinchlikka chaqiradi. Xulosa sifatida shuni ta'kidlash joizki,
Abu Rayhon Beruniyning tabiiy-ilmiy merosi, aniq fanlar bo'yicha ko'targan
muammolari o'z davrida olamning umumiy manzarasini yaratishda, ya'ni falsafiy
dunyoqarash shakllanishida katta ahamiyatga ega bo'ldi. Beruniy o'z astronomik
jadvalida olamning markazi Еr emas, balki quyoshdir, hamma
planetalar, shu jumladan Еr ham quyosh atrofida aylanadi, degan
geliosentrik gipotezani olg'a surdi. Beruniyning bu ilmiy xulosasi
|
|
|