Tashqi bozorga chiqish usullari



Yüklə 34,46 Kb.
səhifə3/3
tarix10.05.2023
ölçüsü34,46 Kb.
#109461
1   2   3
Tashqi

Marketing kontseptsiyasi xalqaro bozor sub`ektlarining tijorat-xo`jalik faoliyatini tashkil etish tizimi bo`lib, bunda chet ellik xaridorlarning ehtiyojlarini aniqlab, ularni o`z raqobatchilariga nisbatan samaraliroq qondirish usullarini topgan holdagina o`z mahsulotlarini chet elda muvaffaqiyatli sotishni mo`ljallaydi. O`z maqsadlarigsha erishish uchun ishlab chiqaruvchi birinchi o`ringa chet ellik xaridorlarning muayyan ehtiyojlarini qo`yadi. SHu sababli boshqaruvda asosiy e`tiborni ishlab chiqarish faoliyatidan o`z mahsulotlariga bo`lgan ehtiyojni marketing usullari tizimi yordamida saqlab qolish va kengaytirishga qaratish zarurati tug`iladi.
SHu tariqa, marketing kontseptsiyasi bu chet ellik xaridorga yo`nalganlik bo`lib, ishlab chiqarishni uning manfaatlariga xizmat qilishiga asosalanadi.


Jamoatchilik marketingi kontseptsiyasi xalqaro bozor sub`ektlarining tijorat-xo`jalik faoliyatini tashkil etish tizimi bo`lib, bunda sotuvchi xalqaro bozorning ehtiyojlarini aniqlab, ularni o`z raqobatchilariga nisbatan samaraliroq qondirish usullarini topgan holda, ayrim chet ellik xaridorlar va umuman jahon hamjamiyatining uzoq muddatli manfaatlariga mos holda o`z mahsulotlarini chet elda muvaffaqiyatli sotishni mo`ljallaydi. Bunday kontseptsiyaning paydo bo`lganiga hali ko`p bo`lgani yo`q. Uning paydo bo`lishiga ekologik muhitning yomonlashuvi, xom-ashyo va energetika taqchilligining yuzaga kelishi, inflyatsiya jarayonlarining chuqurlashuvi, demografik ahvolning jiddiylashuvi kabi holatlar sabab bo`ldi. Faoliyatini ushbu kontseptsiya doirasida tashkil etuvchi korxona o`z oldiga xalqaro hamjamiyatning manfaatlariga mos ravishda chet ellik xaridorlarning ehtiyojlarini qondirishni maqsad qilib qo`yadi.
Yüklə 34,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə