Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti


-MAVZU. XALQARO IQTISODIY VA VALYUTA-MOLIYAVIY TASHKILOTLARI



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə20/138
tarix22.03.2024
ölçüsü0,82 Mb.
#181802
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   138
Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti-www.hozir.org

13-MAVZU. XALQARO IQTISODIY VA VALYUTA-MOLIYAVIY TASHKILOTLARI
1.BMT tizimida xalqaro iqtisodiy tashkilotlar.
2.Xalqaro valyuta fondi.
3.Jahon banki guruhlari.
4.Xalqaro tashkilotlarning boshqa turlari va formalari.
Xalqaro valyuta fondi (XVF). Xalqaro valyuta fondi 1944 yil iyulida AQSH ning Bretton-Vudse shahrida o‘tkazilgan BMT ning konferensiyasida tashkil etilgan. XVF ning nizomi esa 1945 yil dekabrda 29 ta mamlakat imzosi bilan tasdiqlangan. U 1947 yil mart oyida faoliyat boshladi va bosh binosi Vashingtondan joy oldi.
Bu davrda XVF ning asosiy yo‘nalishi (Nizom bo‘yicha) quyidagilardan iborat edi:

  • Xalqaro valyuta hamkorligiga ko‘maklashish, dunyo savdo taraqqiyotiga yordam berish;


  • valyuta kurslarini boshqarish;


  • to‘lovlarning ko‘p xilli tizimining amal qilinishiga ko‘maklashish;


  • valyuta cheklovlaridan mavjud kamchiliklarni bartaraf etish.


XVF ga a’zo mamlakatlarning xorijiy valyutadan foydalangan chog‘ida to‘lov balanslarning har bir kvotalar uchun to‘lagan a’zolik badallari tashkil etadi. Kvotalar o‘lchami esa mamlakatlar iqtisodiyoti taraqqiyoti darajasini (YAIM hajmida) hamda ularning jahon xo‘jaligi va xalqaro savdodagi rolini belgilaydi.


A’zolik badallar-kvota ovozlari soni va hajmi XVF organida rahbarlik qilish o‘rnini belgilaydi. Ayni vaqtda AQSH ning XVF kapitalidagi ulushi-17,7 % ni tashkil etadi va shu bois u shu organga rahbarlik qiladi. Germaniya va Yaponiya ulushi – 5,5 % dan, Yevropa Ittifoqi mamlakatlariniki esa – 26 % dan ziyod. Bu fondda O‘zbekiston ulushi qariyb 296 mln. dollarini tashkil etadi.
XVF yuqori rahbarlik organi barcha a’zo davlatlarning moliya vazirlari yoki markaziy banklari rahbarlaridan tarkib topgan maslahat boshqaruvchilaridir. XVF–dunyodagi eng yirik kreditor tashkilot bo‘lib hisoblanadi. Hozirda u dunyodagi mavjud 200 dan ortiq mamlakatlarga kreditlar, ko‘maklashuvchi mablag‘lar ajratadi.
XVF kreditlari asosan mamlakatlarning chet el valyutalaridan foydalanganlarida to‘lov balanslarini barqaror holda turishi uchun beriladi. Kreditni olish uchun mamlakat avvalo o‘z hududida siyosiy va iqtisodiy qulay sharoitlarni saqlashi talab etiladi. XVF hozirda quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

  • xalqaro valyuta tizimini nazoratga olishni;


  • valyuta kurslarini barqarorligi va fondga a’zo mamlakatlarning valyuta munosabatlarini tartibga solishni;


  • o‘zining barcha a’zolariga ko‘maklashishni, to‘lov balanslari borasida yuzaga kelayotgan qiyinchiliklarni bartaraf etishni, ularga qisqa va uzoq muddatli kreditlar berishni;


  • a’zo mamlakatlaridan valyuta zahiralarini to‘ldirishni va SDR ni taqsimlashni;


  • kvotalar badali hisobidan o‘zining moliyaviy resursini tashkil etishni.


Ayni paytda XVF oldida bir qator operativ masalalarni hal etish muammosi ko‘ndalang turibdi. Chunki xalqaro valyuta fondi - bu valyuta–moliya munosabatlari sohasida ancha obro‘li xalqaro tashkilot sanaladi.


Jahon banki (JB). Jahon banki XVF dan tashqari xalqaro valyuta-moliya munosabatlarida asosiy boshqaruvchi institutlardan biri sanaladi. U bir necha moliyaviy tashkilotlardan tashkil topgan:

  • Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki MBRR-XTTB);


  • XTTB ning 1945 yilda tashkil etilgan uchta filiali;


  • 1956 yilda tuzilgan xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK);


  • xalqaro rivojlanish uyushmasi (XRU; 1960 yilda tashkil etilgan);


  • 1988 yilda asos solingan Investitsiyalarni kafolatlash Xalqaro agentligi (IKXA);


  • shuningdek, MBRR- XTTB ning Amerika, Osiyo, Afrika va Yevropadagi kontinental filiallari. Vashington sh.- Jahon bankining shtab-kvartirasi.


Jahon banki tizimida ya’ni Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (MBRR-XTTB) asosiy tashkiliy qismi hisoblanadi. MBRR a’zosi-xalqaro valyuta fondiga a’zo bo‘lgan mamlakat hamdir. MBRR ni boshqaruvchi yuqori-maslahat rahbariyati va direktoratdir. Uni AQSH hukumati – MBRR prezidenti boshqardi.


MBRRda ham XVF dagi singari kvotalar ovozi – a’zolik badallari muhim rol o‘ynaydi. Faqat farqi shundaki, MBRR a’zo mamlakatlar badallaridan tashqari xususiy kompaniyalar, turli moliya uyushmalari, jamoat va hukumat tashkilotlarining obligatsiyalari vositalarini ham qabul qiladi. Bu nufuzli bankda AQSH bilan birga, «kuchli yettilik» - Yaponiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Kanada, Italiya liderlik qiladi.
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki XVF singari BMTning ixtisoslashgan tashkiloti hisoblanadi. U mustaqil moliya tashkilotidir. Bu o‘zida xususiy maxsus yo‘nalish va vazifalarni bajarishni aks ettiradi.
MBRRning asosiy faoliyati-davlat kafolati bilan hukumatlarga uzoq muddatli kreditlar ajratish va bankka a’zo mamlakatlarning xususiy kompaniyalariga muddatli qarz berishdan iborat.
Jahon savdosi faoliyatidagi xalqaro tashkilotlar o‘rtasidagi boshqaruvni Tariflar va savdo haqidagi bosh bitim (GATT) tartibga soladi. U 1948 yilda tashkil etilgan. Dastlab unga 23 ta davlat a’zo edi. 1949 yildan 1995 yilgacha GAAT dunyodagi savdo qoidalarini joriy etuvchi, siyosiy savdoni tashkil etuvchi va unga a’zo mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni boshqarib turuvchi yagona xalqaro targ‘ibot organi hisoblanadi.
GAATning asosiy faoliyat shakli esa raund deb nomlanuvchi konsultatsiyalar berish, o‘zaro suhbatlar o‘tkazish yo‘nalishidir. GAAT faoliyat boshlagandan buyon sakkizta raundni o‘tadi. Shulardan eng so‘nggisi 1986 yilda amalga oshirilgan Urugvay raundidir.
1995 yilda GAAT tarkibida Marakko shartnomasiga ko‘ra Jahon savdo tashkiloti (JST) tashkil etildi. Unga 131 mamlakat a’zo bo‘ldi.
JSTning asosiy funksiyalari:

  • ko‘ptaraflama savdo bitimlari bajarilishi tartiblarini nazoratga olish;


  • savdo borasidagi kelishmovchiliklarga barham berish;


  • xalqaro savdo va savdo siyosati taraqqiyoti nazoratini olib borish;


  • maqsadga texnik yondoshish va mutaxassislar o‘kuvini tashkil etish;


  • savdo siyosati masalalarida boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik o‘rnatish;


Manzili: Jeneva sh. Shvesariya.


1964 yilda BMTning savdo va taraqqiyot bo‘yicha konferensiyasi bo‘ldi va YUNKTAD tashkil etildi.
Uning asosiy funksiyalariga quyidagilar kiradi:
  • rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy integratsiyalashuviga kirishishi va mamlakatlarning xalqaro savdo tizimiga kirishuviga ko‘maklashish;


  • rivojlangan mamlakatlarda savdoga chiqariladigan mahsulot turlarini qoniqarli ekanini tasdiqlash va xalqaro savdo faoliyatini rivojlantirish;


  • globallashuv va taraqqiyot, xalqaro savdo, investesiya va xizmat ko‘rsatuv muammolari bo‘yicha ko‘p yoqlama suhbatlar o‘tkazish.


Manzili: Jeneva sh. Shvesariya


Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT). XMT 1919 yilda tashkil etilgan bo‘lib, unga 171 mamlakat a’zo sanaladi.
Asosiy faoliyati:
  • ish bilan ta’minlash va aholi turmush darajasini oshirish uchun milliy dasturlar ishlab chiqish;


  • bilim olish va kasbiy tayyorgarlik uchun zarur sharoitlarni yaratish;


  • mehnat, sog‘liqni saqlash va turmushdagi sharoitlarni yaxshilash;


  • jamoalarda kelishilgan huquqiy munosabatlar va menejment va mehnat o‘rtasidagi hamkorlikka e’tirof etish.


Manzili: Jeneva sh. Shvesariya.


Iqtisodiy va ijtimoiy Sovet (EKOSOS). EKOSOS a’zolari BMT a’zolariga tarkib topgan 54 ta mamlakat.
EKASOS faoliyati quyidagi uchta asosiy funksiyada o‘z aksini topadi:
  • davlatlar o‘rtasida xalqaro iqtisodiy va ijtimoiy muammolardir, qayta ishlashga yo‘naltirilgan siyosiy liniyalar uchun muzokara va forumlar tashkil etish;


  • BMT ning iqtisodiy va ijtimoiy masalalari, shuningdek, BMTning ixtisoslashgan idoralari masalalarini muvofiqlashtirib borish;


  • xalqaro hamkorlikka va umumiy hamda maxsus iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotga malakali tadqiqotlarni tayyorlash.


Sanoat taraqqiyoti bo‘yicha Milliy hamkorlik tashkiloti (YUNIDO). U 1966 yilda tashkil etilgan. YUNIDO rivojlanayotgan mamlakatlarni sanoatlashtiradi va ularning bu taraqqiyot yo‘liga milliy va xalqaro resurslarni safarbar etadi.


Milliy hamkorlik tashkiloti taraqqiyot dasturi (PROON) rivojlanayotgan mamlakatlarning asosiy iqtisodiy sektoriga texnik va investitsiya yordami ko‘rsatadi. PROON 1965 yilda tashkil etildi. U ixtiyoriy badallar va faqat hukumatning aralashuvi va iltimosiga ko‘ra tushadigan mablag‘lar bilan moliyalashtiriladi.
BMTning savdo-sotiq va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO). U hukumat tashkilotlari o‘rtasidagi qishloq xo‘jaligi borasidagi mehnat masalalari bilan ta’minlashda yagona va jamoa mehnati munosabatini muvofiqlashtirish. Rivojlanayotgan mamlakatlarda savdo-sotik, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari taraqqiyotiga ko‘maklashish, mutaxassislar tayyorlash va talab-takliflarni ishlash FAOning asosiy faoliyatlaridan sanaladi.
BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi (YEIK) 1947 yilda tashkil etilgan. Uning faoliyati urushdan keyingi Yevropaning iqtisodiy yuksalishiga ko‘maklashishdan iborat.
Afrika, Lotin Amerikasi va Karib havzasi (EKA, EKLAK) uchun iqtisodiy komissiya, Osiyo va Tinch okeani (ESKATO) uchun va Parij klubi (1956) uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiya va boshqalar.
Xalqaro valyuta-kredit va moliya tashkilotlari o‘rtasida Xalqaro hisob banki (XHB) alohida o‘rin egallaydi.
XHB ikkita funksiyani bajaradi:
  • markaziy banklar o‘rtasida hamkorlik o‘rnatishga ko‘maklashish va xalqaro valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda qulay shart-sharoitlarni yaratish;


  • Xalqaro hisob ishlarida ishonchli shaxs yoki anketalar rolini bajarish;


XHB aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilgan.


Bugungi kunda O‘zbekiston Halqaro valyuta fondi XVF, 1992 yil 21 sentyabr) va Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) a’zosi. Bu nufuzli moliya tashqilotlariga ochilgan yo‘l respublikamiz iqtisodiyoti taraqqiyoti va bu boradagi islohatlarni jadallashtirish uchun katta imkoniyat yaratdi. Bu hamkorlik O‘zbekiston uchun valyuta va moliya sohasida yangi tajribalarni o‘zlashtirish imkonini ham berdi.
O‘zbekistonda XVF faoliyati respublika Markaziy banki va hukumatning texnik va konsultativ xizmatlarini yuqori darajaga ko‘tarishga qaratilgan. XVF mamlakatlar bank tizimlari taraqqiyotiga statistik ma’lumotlarni yengillashtirish, bank faoliyati nazoratlarini takomillashtirish, moliya tizimida kadrlarni o‘qitish, me’yoriy-huquqiy aktlar ishlanmasini tayyorlash kabi yumushlarda ko‘maklashadi.
O‘zbekiston uchun MBRR va xalqaro tiklanish uyushmasi (MAR) bilan hamkorlik katta ahamiyat kasb etadi.
Jahon banki (JB). O‘zbekiston Respublikasi 1992 yil sentyabr oyida Jahon bankiga to‘la huquqli a’zo bo‘lib kirdi. Bugun O‘zbekistonda Jahon bankining moliyaviy institut guruhlari hamda xorij investitsiyalari kafolati bo‘yicha ko‘p yoklama agentlik va xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) o‘z faoliyatlarini olib borishmoqda.
Jahon bankining hamkorlik strategiyasi quyidagi yo‘nalishlarda belgilab berilgan:

  • valyuta va savdo tartibini erkinlashtirish sohasida istiqbollarni amalga oshirish uchun tahlilni, siyosiy va institutsion negizlarni tayyorlashga ko‘maklashish;


  • xususiy sarmoyalar uchun yanada maqbul investitsion muhitni yaratishga ko‘maklashish;


  • munitsipal infratuzilma taraqqiyoti va kommunal xizmat tizimining ishini takomillashtirish;


  • mamlakatning kengaytirilgan drenaj va irrigatsiya infratuzilmasi saqlanishiga ko‘maklashish va uning samaradorligini yaxshilash.


Islom taraqqiyot banki (ITB). O‘zbekiston Respublikasi 2003 yil 27 avgustda ITB ga a’zo bo‘lib kirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.


Xalqaro moliyaviy korporatsiya (XMM). 1993 yil oktyabr oyidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro moliyaviy korporatsiyaga (XMK) a’zo bo‘lib kirdi. XMK ning O‘zbekistondagi faoliyati quyidagi yo‘nalishlarga qaratilgan:

  • kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyalashtirish;


  • sanoat, qishloq xo‘jaligi va maishiy xizmatning barcha tarmoqlarini moliyalashtirish .


Osiyo taraqqiyot banki (OTB). O‘zbekiston Respublikasi 1995 yil 29 iyuldan boshlab OTB bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.


O‘zbekistonda OTB moliyalash strategiyasining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

  • qishloq xo‘jaligi sohasi;


  • transport (temir yo‘l va avtomobil) sohasi;


  • ta’lim sohasi;


  • moliya va bank sohasi;


  • ijtimoiy soha;


  • mikromoliyalash;


  • energetika infratuzilmasi.


O‘zbekiston BMTning va Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (OBSE) ning tenghuquqli a’zosi. Ularning byurosi Toshkentda ochilgan.


O‘zbekiston Respublikasi Yevropa Tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) ga 1992 yil 30 apreldan a’zo. 1993 yildan esa YETTB loyihasi qatoridan joy olgan. YETTBning O‘zbekistonga berayotgan moliyaviy va texnikaviy yordami ustivor sohalar-moliya, ma’danli xomashyo konlarini o‘zlashtirish va ularni sanoat yo‘li bilan qayta ishlash, energetika majmuasi, agrobiznes, paxtani qayta ishlash, sayyohlik, transport va aloqa tarmoqlariga sarflanmoqda. Bugungi kunda O‘zbekistonga jami summasi 550 mln. dollar, YETTB ulushi esa 250 mln. dollar bo‘lgan undan ziyod yirik loyihalar kiritilgan. O‘zbekistonning integratsion taraqqiyoti dinamikasi jahon iqtisodiyotiga jadallik bilan kirib bormoqda.



Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə