Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti


-rasm. Korxonalarda raqobat muhitini tadqiq etish bosqichlari



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə32/138
tarix22.03.2024
ölçüsü0,82 Mb.
#181802
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   138
Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti-www.hozir.org

20.1-rasm. Korxonalarda raqobat muhitini tadqiq etish bosqichlari
Raqobat—xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning (raqobatchilarning) musobaqalashuvi bo‘lib, bunda ularning mustaqil harakatlari ulardan har birining tovar yoki moliya bozoridagi tovar muomalasining umumiy shart-sharoitlariga bir tomonlama tartibda ta'sir ko‘rsatish imkoniyatini istisno etadi yoki cheklaydi.7Unda yana shuningdek, insofsiz raqobatga ham ta'rif berib o‘tilgan:insofsizraqobat — xo‘jalik yurituvchi sub'ektning yoki shaxslar guruhining iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda afzalliklarga ega bo‘lishga qaratilgan, qonun hujjatlariga, ish muomalasi odatlariga zid bo‘lgan hamda boshqa xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarga (raqobatchilarga) zarar yetkazadigan yoki zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan yoxud ularning ishchanlik obro‘siga putur yetkazadigan yoki putur yetkazishi mumkin bo‘lgan harakatlari.
Bugungi kunda raqobat tushunchasining ko‘plab ta'riflari mavjudligiga qaramasdan O‘zbekistonda ham bu kategoriyaga ilmiy ta'rif berishga harakat qilinmoqda. Xususan, iqtisodchi olimlardan Sh.Shodmonov, R.Alimov, T.Jo‘raevlar tomonidan tayyorlangan «Iqtisodiyot nazariyasi» o‘quv qo‘llanmasida raqobatga berilgan ta'rifda asosan ikki jihat:
1) uning iqtisodiy manfaatlar to‘qnashuvidan iborat ekanligi;
2) yuqori foyda va naflikka ega bo‘lish uchun kurash ilgari suriladi, ya'ni: raqobat - bozor sub'ektlari iqtisodiy manfaatlarining to‘qnashishidan iborat bo‘lib, ular o‘rtasidagi yuqori foyda va ko‘proq naflilikka ega bo‘lish uchun kurashni anglatadi. Mana shu foyda orqasidan quvish natijasida tovarlarni sotish doiralari, qulay bozorlar uchun, arzon xom ashyo, energiya va arzon ishchi kuchi manbalariga ega bo‘lish maqsadida ular orasida kurash boradi8.
Raqobatning mazmuni uning vazifalarini ko‘rib chiqish orqali yanada kengroq namoyon bo‘ladi.
Hozirgi bozor iqtisodiyotida raqobatning quyidagi asosiy vazifalarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
  1. tartibga solish vazifasi;


  2. resurslarni joylashtirish vazifasi;


  3. innovatsion vazifa;


  4. moslashtirish vazifasi;


  5. taqsimlash vazifasi;


  6. nazorat qilish vazifasi.


Raqobatning tartibga solish vazifasi ishlab chiqarishni talab (iste'mol)ga muvofiqlashtirish maqsadida taklifga ta'sir o‘tkazishdan iborat. Aynan shu vazifa yordamida iqtisodiyotda taklifning talab orqali, ishlab chiqarish tarkibi va hajmining yakka tartibdagi va ijtimoiy ehtiyojlar orqali belgilanishiga erishiladi, ya'ni iqtisodiyot bozor qonunlari asosida tartibga solinadi.


Raqobatning resurslarni joylashtirish vazifasi ishlab chiqarish omillarini ular eng ko‘p samara beradigan korxona, hudud va mintaqalarga oqilona joylashtirish imkonini beradi.
Raqobatning innovatsion vazifasi fan-texnika taraqqiyoti yutuqlariga asoslanuvchi hamda bozor iqtisodiyoti sub'ektlarining rivojlanishini taqozo etuvchi turli ko‘rinishdagi yangiliklarning joriy etilishini anglatadi.
Raqobatning moslashtirish vazifasi korxona (firma)larning ichki va tashqi muhit sharoitlariga ratsional tarzda moslashishiga yo‘naltirilgan bo‘lib, ularning shunchaki o‘zini-o‘zi saqlab, iqtisodiy jihatdan yashab qolishidan xo‘jalik faoliyati sohalarining ekspansiyasi (kengayishi)ga o‘tishini bildiradi.
Raqobatning taqsimlash vazifasi ishlab chiqarilgan ne'matlar yalpi hajmi (yalpi ichki mahsulot)ning iste'molchilar o‘rtasida taqsimlanishiga bevosita va bilvosita ta'sir o‘tkazadi.
Nihoyat, raqobatning nazorat qilish vazifasi bozordagi ba'zi ishtirokchilarning boshqa bir ishtirokchilar ustidan monopolistik hukmronlik o‘rnatishiga yo‘l qo‘ymaslikka yo‘naltiriladi.
Raqobat kurashining mazmuni to‘g‘risida to‘laroq tushunchaga ega bo‘lish uchun uning asosiy shakllari va belgilarini ko‘rib chiqish zarur.
Iqtisodiy adabiyotlarda bir tarmoq ichidagi raqobatning to‘rtta shakli alohida ajratilib ko‘rsatiladi. Bular erkin raqobat, monopolistik raqobat, monopoliya va oligopoliyadir.



Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə