Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti


) resurslarning oqilona taqsimlanmasligi



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə40/138
tarix22.03.2024
ölçüsü0,82 Mb.
#181802
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   138
Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti-www.hozir.org

1) resurslarning oqilona taqsimlanmasligi. Bu holat monopoliyalarning yuqori foyda ketidan quvib, sun'iy ravishda ishlab chiqarishni cheklash vositasida narxlarni ko‘tarishi, mahsulotlarning u qadar yaxshi bo‘lmagan turlarini, past texnikaviy darajasini, past sifati hamda sotishning yomon sharoitlarini vujudga keltirishi orqali namoyon bo‘ladi. Natijada, raqobat sharoitida amal qiluvchi iqtisodiyot samaradorligini bozor vositasida tartibga solish mexanizmi ishdan chiqadi.
Monopoliyalar bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy faoliyatlar erkin hamda oqilona tanlov imkoniyatidan mahrum bo‘ladi, monopoliyalarning iqtisodiy jihatdan asoslanmagan shart-sharoit va narxlari tazyiqiga chiday olmaydi, ish faolligini pasaytirib, ba'zi hollarda xonavayron bo‘ladilar. Oqibatda ishlab chiqarish qisqarib, ishsizlik va inflyasiya o‘sadi, xo‘jalikning izdan chiqishi kuchayadi. Jamiyat boyligi resurslarning oqilona raqobatli-bozor taqsimoti sharoitida qo‘lga kiritilishi mumkin bo‘lgan miqdoriga qaraganda kamayib ketadi.


2) daromadlardagi tengsizlikning kuchayishi. Bu holat ham narxlarning monopol tarzda oshirilishi (pasaytirilishi) hamda yuqori foyda olinishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu aholi qolgan qismi daromadlarining nisbatan kamayishiga olib keladi.

3) iqtisodiy turg‘unlik va fan-texnika taraqqiyotining sekinlashuvi. Bunday holatning vujudga kelishi monopolistlarning raqobatchilar bosimini sezmasliklari hamda aksariyat hollarda yuqori foydani qo‘shimcha urinishlarsiz o‘zlarining bozordagi hukmronliklari hisobiga olishlari mumkin. Bu esa ularni ishlab chiqarishni ratsionallashtirish, uning samaradorligini oshirish imkoniyatlarini qidirish, mahsulot sifatini oshirish, uning assortimentini kengaytirish, FTTni rivojlantirish va xaridorlar manfaatlari to‘g‘risida qayg‘urish kabi hatti-harakatlardan qaytaradi.

4) iqtisodiyotda demokratik harakatlarning to‘sib qo‘yilishi. Monopolistlar iqtisodiyotdagi erkin va halol raqobatga to‘sqinlik qilib, nisbatan kuchsiz bo‘lgan korxonalarni o‘zlariga bo‘ysundirishlari, jamiyatga o‘z ishchilarining mehnatiga pasaytirilgan miqdorda haq to‘lash, past sifatli tovarlarni ishlab chiqarish, o‘ta darajada oshirib yuborilgan sotish narxlari (yoki pasaytirilgan xarid narxlari), o‘z mahsulotini iste'mol qilishga bilvosita usul orqali majburlash kabi o‘zlarining kamsituvchi shartlarini ko‘ndalang qo‘yishlari mumkin.
Bundan ko‘rinadiki, monopolistik faoliyat iqtisodiy rivojlanishiga ancha jiddiy ta'sir ko‘rsatishi, taraqqiyot yo‘liga g‘ov bo‘lishi ham mumkin. Shunga ko‘ra, bugungi kunda deyarli barcha mamlakatlar iqtisodiyotida monopoliyalarni davlat tomonidan tartibga solish chora-tadbirlari qo‘llanilib, bu monopoliyaga qarshi siyosat deb ataladi. Davlatning monopoliyaga qarshi siyosati asosini monopoliyaga qarshi qonunchilik tashkil etib, u turli mamlakatlarda turli darajada rivojlangan bo‘ladi.
Odatda AQShdagi monopoliyaga qarshi qonunchilik nisbatan ilgariroq va mukammalroq ishlab chiqilgan, deb hisoblanadi. U quyidagi uchta qonunchilik hujjatlariga asoslanadi:
1. Sherman qonuni (1890 yilda qabul qilingan). Bu qonun savdoni yashirin monopollashtirish, u yoki bu tarmoqdagi yakka nazoratni qo‘lga olish, narxlar bo‘yicha kelishuvlarni taqiqlaydi.
2. Kleyton qonuni (1914 yilda qabul qilingan). Bu qonun mahsulot sotish sohasidagi cheklovchi faoliyatlarni, narx bo‘yicha kamsitish, ma'lum ko‘rinishdagi birlashib ketishlar, o‘zaro bog‘lanib ketuvchi direktoratlar va boshkalarni taqiqlaydi.
3. Robinson-Petmen qonuni (1936 yilda qabul qilingan). Bu qonun savdo sohasidagi cheklovchi faoliyatlar, «narxlar qaychisi», narx bo‘yicha kamsitishlar va boshqalarni taqiqlaydi.
1950 yilda Kleyton qonuniga Seller-Kefover tuzatishi kiritildi. Unda noqonuniy birlashib ketishlar tushunchasiga aniqlik kiritilib, aktivlarni sotib olish orqali birlashib ketish taqiqlandi. Agar Kleyton qonuni yirik firmalarning gorizontal ravishdagi birlashib ketishlariga to‘siq qo‘ygan bo‘lsa, Seller-Kefover tuzatishi vertikal ravishdagi birlashib ketishlarga cheklov kiritdi.

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə