Kichik va o’rta guruhlarda qurilish va kostruksiyalash bo’yicha faoliyatlarni loyhalashtirisah



Yüklə 208 Kb.
səhifə1/7
tarix29.09.2023
ölçüsü208 Kb.
#124742
  1   2   3   4   5   6   7
QO‘QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


QO‘QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
MAKTABGACHA TA’LIM YO‘NALISHI

4-BOSQICH ____-GURUH TALABASI


_____________________________________________________NING


______________________________________________________________FANIDAN




TURLI YOSHDAGI BOLALAR UCHUN QURISH VA KONSTRUKTSIYALASH BO‘YICHA FAOLIYATLARNI LOYIHALASHTIRISH MAVZUSIDA


KURS ISHI

RAXBAR:____________________




Mavzu: Turli yoshdagi bolalar uchun qurish va konstruktsiyalash bo‘yicha faoliyatlarni loyihalashtirish
REJA:
I. Kirish
I. Bob. Turli yoshdagi bolalar uchun qurish va konstruktsiyalash bo'yicha faoliyatlarni loyihalashtirish
1.1. Pedagogik faoliyatni loyihalashtirish turlari.
1.2. Qurish-yasash va uning bolalar tarbiyasida tutgan o'rni.
II. Bob. Qurish va yasash faoliyatini loyihalashtirish. Qurish, yasash faoliyati
orqali matematik bilimlarni shakllantirish.
2.1. Qurish va yasash faoliyatini loyihalashtirish.
2.2. Qurish, yasash faoliyati orqali matematik bilimlarni shakllantirish.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
Kurs ishining dolzarbligi: Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalar bilan qurilish materiallari yordamida o‘yin va mashg‘ulotlar o‘tkazishning ahamiyati katta. Yosh avlodni har tomonlama tarbiyalashda maktabgacha ta'lim muassasasida qurilish materiallari yordamida o‘tkaziladigan o‘yin va mashg‘ulotlar katta o‘rin egallaydi. Bolalarning qurilish o‘yinlari rollarga bo‘linib o‘ynaladigan o‘yinlarning ajralmas bir qismi hisoblanadi. Qurilish o‘yinlarida ham bolalar tevarak-atrofdagi narsalarni, kattalarning faoliyatlarini aks ettiradilar. Qurilish o‘yinlarining mazmunini bolalarning o‘zlari yaratadilar. Bolalar ko‘pincha kattalarning qurilishdagi faoliyatlariga taqlid qilib, quruvchi ishchi rolini bajaradilar. Bolalarning qurilish o‘yinlari qiziqarli ijodiy faoliyatdir. Ular o‘z o‘yinlarida qurilishlarni transport harakati, kattalarning mehnati haqidagi taassurotlarini aks ettiradilar. Bunday o‘yinlar bolalarda tashabbuskorlikni uyg‘otishga, ularni fikr yuritish va harakat faoliyatlarini faollashtirishga keng imkon yaratadi. Mashg‘ulot va o‘yin vaqtida bolalar bir-birlari bilan turlicha munosabatda bo'ladilar. Ular rollarni o‘zaro bo‘lishib oladilar, ishlarni bajarishda bir-birlariga yordam beradilar va maslahatlashadilar. Qurilish o‘yinlarida harakat elementlari ko‘p bo‘lib, u bolalarning harakat qilishga nisbatan bo‘lgan talablarini qondirishga yordam beradi. Bola biror narsani qura boshlaganda qurilish materiallarini tegishli joyga olib boradi, ularni stol yoki pol ustiga joylashtiradi, engashadi, bu vaqtda uning qo'llari faol harakat qiladi, ya'ni ma'lum miqdorda jismoniy kuch sarflaydi. Mayda qurilish materiallari bilan o‘ynaganda qo‘lning mayda muskullari yaxshi rivojlanadi. Qurilish o‘yinlarini o‘ynash natijasida bolalarning kuzatuvchanligi ortadi, texnikaga bo'lgan qiziqishlari o'sib boradi. Bundan tashqari, ular o‘yin jarayonida oddiy geometrik shakllarning tuzilishi bilan ham tanishadilar. Qurilish o‘yinlarining tarbiyaviy ta'siri shundaki, bunda bolalar aks ettiradigan hodisa va narsalarning g‘oyaviy mazmuni o‘z aksini topadi.

Yüklə 208 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə