Kichik va o’rta guruhlarda qurilish va kostruksiyalash bo’yicha faoliyatlarni loyhalashtirisah


II. Bob. Qurish va yasash faoliyatini loyihalashtirish. Qurish, yasash faoliyati



Yüklə 208 Kb.
səhifə5/7
tarix29.09.2023
ölçüsü208 Kb.
#124742
1   2   3   4   5   6   7
QO‘QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

II. Bob. Qurish va yasash faoliyatini loyihalashtirish. Qurish, yasash faoliyati
orqali matematik bilimlarni shakllantirish.
2.1. Qurish va yasash faoliyatini loyihalashtirish.
O’rta guruh bolalari asosan qurish-yasashning quyidagi usulidan foydalanadilar, ya'ni tarbiyachining topshirigi bo'yicha bola o'z tasavvuriga tayangan holda rasm, foto-rasmlardan foydalanadi. Ko'pgina qurilma mavzusi beriladi. Katta guruhga qaraganda bu guruhga beriladigan shartlar murakkabdir. Namunalar ko'pincha rasm, foto-rasm bo'lib, bu rasmda bolalarning ishlamayotgan qurilish materialidan qurilgan qurilmalari aks etgan bo'ladi. Ba'zida tarbiyachining o'zi yasagan narsani namuna sifatida ko'rsatish mumkin. Lekin bu usul bu yoshdagi bolalarga to'g'ri kelmaydi. Tarbiyachi topshiriqni tushuntirayotganda qurish-yasashning yangi usulini qisman ko'rsatib o'tadi. O’rta guruhidagi ekskursiya va suhbatlar bolalarni qurish-yasash obyektlari haqida tasavvur qilishlariga yordam beradi. Har bir sayohat bolalarning keyingi mashg'ulotga tayyorgarligini oshirishga yordam beradi. Shahar bo'ylab ekskursiyada tarbiyachi asosiy diqqatni maydon, ko'chalarning tuzilishiga, binolarning chiroyli qurilganligiga qaratadi. Tarbiyachi bolalar bilan biror bir maydonning fazoviy joylashishini, binolarni tahlil qiladi.
Mashg'ulotda esa topshiriqni tushuntirib, bolalar bilimini faollashtiradi. Mashg'ulotning boshida o'tkaziladigan suhbatlar bolalar bilimini faollashtiradi. Ko'prik qurayotganida tarbiyachi bolalarga eslatib o'tadi: ko'priklar har xil bo'ladi. Yo'lovchilar uchun va transport uchun ko'priklar. Mashg'ulotning boshida, kinoteatr qurishda tarbiyachi suhbat o'tkazib, binoning asosiy qismi tomoshabinlar zali, foyeni ajratadi, uning asosiy shakl, fazoviy joylashishini aniqlaydi. Agar boshqa mashg'ulot bo'lsa, tarbiyachi bolalardan o'ylagan qurilmalari, uning nima uchun qo'llanishi, tanlangan materiallar haqida gapirib berishni talab qiladi.
Maktabgacha ta'lim muassasasida turli xil o'yinchoqlarni yasash uchun qog'ozdan, tabiat materiallaridan keng foydalaniladi. Bolalarga qog'ozning turli xil turlari beriladi: vatman, karton, yupqa va turli qog'ozlar.
Tarbiyachi bolalar bilan birga tabiiy materiallarni tayyorlab, bir yil ichida ularni g'amlaydi. Yozda somon, manzarali daraxt mevalari, yong'oqlar teradilar. Mevalar urug'i yaxshilab yuvilib, quritiladi, bunday urug'lar maxsus qutilarda saqlanadi. Bu xildagi qo'llanmalarni yasash uchun: qog'oz, karton, plastilin, sim, gugurt cho'pi, yelim, qaychi kabi materiallardan ham foydalaniladi.
Qog'oz, tabiatdagi tashlandiq, materiallar. Bu materiallardan bolalar bog'chasida turli-tuman o'yinchoqlar yasash jarayonida foydalaniladi. Bu jarayon faqatgina foydali bo'lib qolmay, balki qiziqarli hamda' bolalar tomonidan sevib bajariladigan jarayondir. Bolalar xilma-xil turlardagi qog'ozlar bilan ishlaydilar. Xilma-xil tabiat materiallari, manzarali daraxt mevalari, shox-shabbalar va boshqalarni tarbiyachi bolalar bilan birgalikda oldindan tayyorlab boradi. Masalan, urug'lar, danaklar yaxshilab yuvilib, quritilib yig'iladi. Jolud va kashtanlarni daraxtdan to'kilishi bilan terib oladilar. Klen va yasen daraxtining urug'i esa qishda yig'iladi. Har bir tabiat materialining turi alohida qutichalarda saqlanadi. Shuningdek, ulardan o'yinchoqlar yasashda, yordamchi materiallar, qog'oz, karton, plastilin, simlar, kley va mehnat qurollaridan: qaychi, bigiz, igna va boshqalar qo'llaniladi.
O'rta guruhda tabiiy material va qog'ozdan qurish-yasashga o'rgatishning vazifalari. Bolalarni yangi qurilish materiali - qog'oz bilan, uning xususiyati bilan tanishtiriladi. O'rta guruh tarbiyalanuvchilari tabiat materiali bo'lgan - shox, barg, ildiz, turli yong'oqlar, ularning po'stlaridan narsa yasashga o'rgatib boriladi. Tarbiyachi bolalarga turli tabiiy materiallar borligi va undan turli xil narsalar yasashda foydalanilishi yoritib beriladi. Bolalarda umumiy ko'nikma va malakalar shakllanib boradi, ya'ni predmetlarni tekshirish, ketma-ketlikka asoslanib ishlash, boshlagan ishni oxirigacha bajarish hamda qo'llarni aniq harakatlantirish va hokazolar.
Dastlabki mashg'ulotda tarbiyachi bolalarga bir necha predmetlarni, qog'ozdan yasalgan o'yinchoqlarni ko'rsatib, uni buklab, yopishtirish orqali archani yasatish uchun o'yinchoq va sovg'alar uchun turli xil qiziqarli o'yinchoqlar yasash mumkinligi haqida gapirib beradi. Birinchi mashg'ulotdayoq bolalar tarbiyachining ko'rsatmasi va tushuntirishi asosida qog'ozni teng ikkiga buklashni o'rganadilar. Keyingi mashg'ulotlarda archa uchun o'yinchoq, sovg'a yasalgan paytlarda bu ko'nikma mustahkamlanadi. Mashg'ulotlarda uycha, avtobus, yuk mashinasini yasatganlarida bolalar tayyor elementlardan o'yinchoq yasash, asosiy qismga alohida detallarni yopishtirishni ham o'rganadilar. Masalan, uychaga - eshik, deraza; avtobusga - oyna, g'ildirak yopishtiradilar. Topshiriqning bunday turini bajarish faqat texnik malakalarni shakllantirib qolmay, balki bolalarning aqliy faoliyatini, mustaqil ishini ham rivojlantiradi. O'yinchoqni yasashdan avval bolalar qaysi qismni bir-biri bilan birlashtirishni, qaysi qismni yopishtirish kerakligini o'ylaydi. Yoz paytida bolalar tabiiy materiallardan foydalana boshlaydilar.
Avvalo, tarbiyachi bolalarni shu material bilan oldindan yasalgan sodda qurilmalar bilan tanishtirib, alohida predmetlarni, ular o'rtasidagi o'xshashlik, undan qanday foydalanish kerakligini tushuntiradi. Tabiiy material, qog'ozdan qurish-yasash mashg'uloti bilan qurilish materialidan qurish-yasash mashg'uloti almashinib turadi.

Yüklə 208 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə