Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə42/138
tarix22.03.2024
ölçüsü0,82 Mb.
#181802
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   138
Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti-www.hozir.org

Nazorat uchun savollar:
1.Raqobatbardoshlik tushunchasi va uning xossalari?
2.Raqobat ustunligining parametrik xususiyatlari?
3.Mutlaq foyda nazariyasiga ta'rif bering?
4.Qiyosiy xarajatlar nazariyasi ta'rif bering?
5.Qiyosiy ustunlik nazariyasi ta'rif bering?
6.Raqobat ustunligi tushunchasi ta'rif bering?
7.Kam buyurtma imtiyozlari qanday imtiyozlar?
8.Yuqori buyurtma imtiyozlari qanday imtiyozlar?
22-MAVZU. ZAMONAVIY JAHON IQTISODIY MUNOSABATLARI TIZIMIDA MAMLAKAT IQTISODIYOTINING RAQOBATBARDOSHLILIGI
1.Strategiya, tuzilma va raqobat.
2.M. Porterning "Romb" raqobat omillari.
3.Raqobatbardoshlikning to‘rt omili.

Har qanday mamlakatda ichki bozorda raqobatning mavjudligi bozor xo‘jaligi muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishining asosiy ko‘rsatkichi hisoblanadi, jahonning ko‘plab mamlakatlarida, shu jumladan, o‘tish iqtisodiyotyga ega bo‘lgan mamlakatlarda raqobat to‘g‘risida qonunlarning qabul qilinganligi va mazkur masalalar bilan shug‘ullanuvchi milliy tashkilotlarning tashkil etilganligi ushbu holatni tasdiqlab turibdi. Xususan O‘zbekistonda Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (Monopoliyaga qarshi qo‘mita) tashkil etilgan bo‘lib, uning faoliyati respublika iqtisodiyotida raqobat muhitini yaratish, mulkchilikning turli shakllaridagi korxonalar va firmalar, shu jumladan, mulkchilikning turli shakllaridagi korxonalar va firmalar xo‘jalik faoliyatini yuritish uchun teng raqobat imkoniyatlarini barpo etishga yo‘naltirilgan.


Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi – bu iqtisodiyotning muxim ko‘rsatkichlari holatini tashqi parametrlarga nisbatan yalpi baholashni o‘zida mujassam etgan qiyosiy tavsif hisoblanadi, shu sababli milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi xalqaro raqobatda namoyon bo‘ladi.
Iqtisodiyotning raqobatbardoshligi namoyon bo‘lishning ko‘p darajali shakllariga ega:
- tovarning raqobatbardoshligi;
- xodimning raqobatbardoshligi;
- tovar ishlab chiqaruvchisining raqobatbardoshligi;
- tarmoqning raqobatbardoshligi;
- mamlakatning raqobatbardoshligi (yoki milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi).
Bunda raqobatbardoshlikning barcha darajalari o‘rtasida jips ichki va
tashqi o‘zaro bog‘liqlik mavjud. Mamlakat va tarmoqning raqobatbardoshligi pirovardida muayyan tovar ishlab chiqaruvchining raqobatbardosh tovar ishlab chiqarish qobiliyatiga bog‘liq. Milliy iqtisodiyotning "Barqaror strategiya, tuzilma va raqobatchilik" sifatida belgilangan raqobat jihatdan ustunligini shakllantirishning eng muxim omilini ko‘rib chiqamiz. Demak, mamlakatda kompaniyani tashkil etish va boshqarish tendensiyalariga ta'sir ko‘rsatuvchi ma'lum sharoitlarning mavjudligi ham ichki raqobatning xususiyatini belgilab beradi. Ta'kidlash joizki, raqobat jihatdan ustunliklarni shakllantirish uchun mehnatga va xodimlarning kasbiy ko‘nikmalarini oshirishga shaxsiy qiziqtirish ham muxim rol o‘ynaydi. So‘nggi o‘n yilliklar iqtisodiy amaliyoti shuni isbotlamoqdaki, buyuk iqtidor va qobiliyat sohiblari millat uchun eng katta va ahamiyatli resurs hisoblanadi, chunki mamlakat erishayotgan yutuqlar ko‘p jihatdan ushbu iqtidor sohiblari tanlaydigan ta'limning darajasi va xiliga, qaerda ishlashni afzal ko‘rishiga, ularning ishlashiga va harakat qilishiga bog‘liq. Shuning uchun mamlakatlar insonlar nuqtai nazaridan nufuzli yoki undan milliy qahramonlar yetishib chiqadigan iqtisodiy faoliyatni raqobatbardosh qilishga intiladi. Tashki bozorga chikish xamisha raqobat kurashiga tortilish demakdir. Tovar bozorlari goyat to‘yingan, taklif talabdan ustun bo‘lgan sharoitlarda xar bir tovar va uning ortida turgan tovar ishlab chikaruvchi iste'molchining nazariga tushish uchun kurash olib borishga majbur. Xaridorning ayrim bir extiyojlari teng yoki o‘zgaradigan sharoitlarda bir xil yoki xar xil usullar bilan kondirishga mo‘ljallangan xilma-xil tovarlar ayni bir paytda taklif etiladi. Bunday sharoitda iste'molchi o‘zining kiymat birligi bo‘yicha raqobatchilar tovarlariga karaganda extiyojni ko‘prok va yukori darajada kondiradigan tovarni tanlaydi. Mabodo tovar sotilmagan bo‘lsa va xaridor boshka kompaniya maxsulotini tanlagan va mazkur tovarni rad etgan bo‘lsa, unda bu kompaniyani past xarajatlar xam, yuksak mexnat unum-
dorligi xam joniga oro kirmaydi. Kasodga uchrash xavfi anik xakikatga aylanadi.
Raqobatbardoshlik darajasini aniglash aksariyat fakat tovarlar bilan
chegaralanib kolmay, balki korxonalar, kompaniyalar, vatto mamlakatga nisbatan xam tatbik etiladi. Raqobatbardoshlik serkirra tushuncha bulib, unga juda kup omillar ta'sir kursatadi. Tadqiqot maksadlariga qarab asosiy omillar va ularning. Mikdorlarini xisoblash usullari tanlab olinadi. Masalan, firmaning raqobatbardoshligi darajasini baxolashda tarmond bozorida raqobat kurashi jadalligini 6elgilaydigan omillar taxlil uchun asos sifatida xizmat kiladi. Bunday omillarga kuyidagilar kiradi:
1. Raqobatchi firmalar soni va ularning kiyosiy kuvvati. Bu omil raqobat kurashi darajasiga xal kiluvchi ta'sir kursatadi. Bozorda kuvvati taxminan teng bulga n firmalar ishtirok etgan pollarda raqobat jadalligi kuchli namoyon buladi. Agar boz orda bir kancha yirik kompaniyalar mavjud bulsa kichikroq firma tang axvolda koladi.
2.Raqiblar xarakatlarining diversifikatsiyalashuvi darajasi kompaniyalarning soni va kulami asosidagi raqobat tavsifini tuldiradi. Bu omil raqobatchi firmalarning mustakil yoki sheriklar jalb etgan xolda ish va xizmatlarning keng kompleksini amalga oshirish, tarmond maxsulotlarining xar xil turlarini ishlab chik arish kobiliyatini aks ettiradi. Bozorda bunday raqobatchilarning kup bulishi maxsulotning muayyan turi yoki bozor segmentida ixtisoslashgan firmalarning ular bilan
tuknashuvi mukarrar ekanligidan dalolat beradi.
3. Bozordagi talab xajmini urganish. Bu omil yukoridagi ikki omilning ta'sirini kuchaytiradi yoki susaytiradi. Talab kengaygan kollarda raqobat mikyosi pasayadi; aksiycha, talabning kiskarishi raqobatni, vatto dastlab uning darajasi past bulgan xolda kam, kuchaytiradi.
4. Maxsulotning tabakalashuvi darajasi. Umumiy marketing nazariyasidan ma'lumki, mahsulotning tabakalanish darajasi nak adar yukori bulsa, boshka kolatlar teng bulgan sharoitlarda boz orda rak obat dara jasi shu kadar sust buladi. Xar bir ishlab chikaruvchi uz maksulotini ayrim alokida bir segmentga taklif etganida raqobat eng past darajaga tushadi. Aksincha, barcha ishlab chikaruvchilar jami xaridorlar uchun bir - xil darajada muljallangan uxshash maxsulotlar ishlab chikarsa, ular urtasidagi raqobat g‘oyat kuchayadi.
5. Iste'molchilarning bir ishlab chiqaruvchidan boshqasiga kuchishi xarajatlari. Bir firma xizmatidan foidalanib kelgan iste'molchi vaqt o‘tishi bilan muayyan sabablarga kura boshka firma xizmatidan foydalanishni ixtiyor kilib kolishi mumkin. Bunday xollarda kuchishda kup chikimdorlik raqobat darajasini pasaytirishga oliv kelishi mumkin. Aksincha, past kuchish xarajatlari turli kompaniyalar ish va xizmatlari texnologiyasining yuksak darajada bir xillashganligi tufayli raqobat kurashini avj oldiradi. Shu sababli garchi bu borada iste'molchi talabining uziga xosligiga e'tibor berilsa-da, raqobatni taxlil etishda bu omil albatta xisobga olinishi zarur. Chunki kupgina xollarda xaridorlar muk ammalrok maxsulot va xizmat turlarini olish uchun kushimcha xarajatlarga boradilar.
b. Bozordan chikib ketish tusig‘lari va ularning darajasi. Ma'lumki, kompaniyalarning boshka tarmond bozorlariga kuchi shi yoki biznesning shu soxasidan chikishi katta xarajatlar bilak bog‘lik tarmoklarda raqobat kuchli. Bunday xarajatlarga, masalan, asosiy aktivlarni tugatish yoki sotish bilan bog‘lik xarajatlar, savdo-sotik tarmog‘idan maxrum bulish, tovar yetkazib beruvchilar va boshka sheriklarni almashtirish bilak bog‘lik xarajatlar, ishlab chikarishni karta tashkil etish buyicha chikimlar va boshkalar kiradi. Tarmoq bozoridan ketish tusiklari kup bulmagan tarmoklarda, shuningdek keng profildagi kompaniyalar bir bozordan boshkasiga erkin uta oladigan pollarda xam raqobat juda past buladi.
7. Bozorga kirib kelish va uning darajasi. Bu omil yuqoridagi omil bilan chambarchas bog‘langan, ammo unga zid tarzda amal kiladi. Tusiklarning kupayishi raqobatni pasaytiradi yoki aksincha. Yukorida kurib utganimizdek, bu urinda kapital sarflarga extiej, yangi subpudratchilar, jixoz-uskunalar yetkazib beruvchilarni topish, buyurtmachi va sheriklar bilak yangi alokalarni barpo etish omillari muxim axamiyatga ega. Texnologiya va ishlab chikarishni tashkil etish soxasida patentlar va "nou-xau" sotib olish muxim axamiyat kasb etadi. Texnologiya turlari, foydalanish xususiyatlari va boshka omillar buyicha tabakalashuv kancha yukori bulsa, bozorga kirib kelish tusiklari xam shu kadar kup buladi.
Umumiy omillardan tashkari tarmonda, boshi mamlakatlarning ayrim
bozorlariga kirib borish tusiklari kushimcha sharoitlarga xam bog‘lik. Masalan, konun buyicha cheklashlar, chet el firmalarining savdo ishlariga ushbu mamlakatda belgilangan soliklar shunday sharoitlarga kiradi. Raqiblarning maxalliy firmalar kiyofasidagi sheriklarining yukligi, ushbu mamlakatdagi buyurtmachilar bilan aloka urnatishning kiyinligi kabi
omillar xam bozorga kirib kelish imkoniyatlarini cheklashi mumkin.
8. Yondosh tarmond bozorlaridagi vaziyat. Yondosh tarmok bozorlaridagi kon'yunktura va raqobatni urganish ayrim bir tarmok bozoridagi raqobat darajasini belgilaydi. Kupgina pollarda tarmond bozoridagi raqobat darajasini taxlil kilishni umuman jargon tovar bozoridagi raqobat darajasini taxlil kilipщan boshlaydilar. Umumiy raqobat darajasining kuchayishi, yondosh bozorlardagi yuk ori raqobat dara jasi, kogda tarikasida, ushbu tarmok bozoridagi raqobat darajasini kutaradi.
9. Raqiblar strategiyasidagi farqlar. Raqiblar strategiyasini tadjik etish Raqiblarning strategik maxsulotlaridagi umumiylik yoki tafovutlarni aniklash maksadlarida utkaziladi. Agar kupchilik raqobatchi firmalar bir xil strategiyaga amal kilayotgan bo‘lsa, raqobat darajasi kuchaytiriladi. Aksincha, kupchilik yetakchi firmalar turli strategiyani kullagan sharoitlarda raqobat darajasi nisbatan pasayadi.
10. Ushbu bozorda raqobat uchun aloxida sabablarning bulishi, raqobat darajasi bozorning aloxida bir jalb etuvchilik yoki aksincha bezdiruvchilik xususiyatlari bilan xam belgilanadi. Maxsulot narxlarining birdaniga uzgarib ketishi, jargon xom ashyo narxlarining uzgarishi, yangi xom ashyo manbalarining topilishi, loyixalarni moliyalash uchun mablaglarni kupaytirish, xarbin xarajatlar, grajdanlar urushlarining boshla nishi, davlat tuntarishlari bozorning bunday xususiyatlariga sabab buladi. Yordamchi sabablarni taxlil etish raqobat dara jasi kaysi omil xisobiga kutarilganini aniklashga xizmat kiladi. Marketologlar tarmond bozoridagi raqobat omillarini xulosaviy taxlil etishda ulardan xar birining ta'sir yunalishini kiyoslaydilar va turli omillarning nisbiy axamiyatini xisobga oladilar. Ayrim bir firmaning raqobatbardoshligi darajasini, uning tarmond bozoridagi urnini aniklapщa sunggi xulosalarga kelishi uchun tuplangan ma'lumotni mamlakatdagi raqobat darajasi xamda mamlakatning umuman jaxon iktisodiyotida raqobatbardoshligi darajasi taxlili bilan tuldirmok zarur.

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə