Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə50/138
tarix22.03.2024
ölçüsü0,82 Mb.
#181802
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   138
Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti-www.hozir.org

Nazorat uchun savollar:
1.Korxonalarning raqobatbardoshligi omillari va uni baholash tamoyillari?
2.Faktorlarni har tomonlama baholash prinsipi?
3.Funksional boshqaruvning diqqat markazida bo‘lish prinsipi?
4.Ishlab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish prinsipi?
5.Axborot xavfsizligi prinsipi?
6.Korxonaning rahobatdoshligini baholash usullari?
7.Bozor ulushini hisoblash asosida raqobatbardoshlikni baholash?
8.Foydalanish qiymati me'yoridan kelib chiqqan holda raqobatdoshlikni baholash?
26-MAVZU. KORXONANING RAQOBATBARDOSH STRATEGIYASI
1.Raqobat strategiyasini ishlab chiqishda klassik yondashuv.
2.Raobatbardosh korxona strategiyasi.
3.Strategik ustunlikning asosiy variantlari.
4.Strategiyaning asosiy variantlarini amalga oshirish shartlari.
Korxona strategiyasiga tuzatishlar kiritish me'yordagi oddiy xolat hisoblanadi. Ba'zan strategiyaga o‘zgartirish kiritish zarur bo‘lib qoladi. Kamdan-kam xollardagina korxona strategiyasi vaqt sinovidan o‘ta oladi. Korxona strategiyasining asosiy masalasi quyidagicha:
«Korxonamizni biz qanday tasavvur qilamiz, nima qilmoqchimiz va nimaga erishmoqchimiz?», «Biz kimmiz, nima qilyapmiz va qayoqqa ketyapmiz?»- degan savolning javobi firmaning yo‘nalishini belgilab, kuchli o‘ziga xoslikni ishlab chiqish imkonini beradi. Korxona nima qilayotgani va nima qilmoqchi ekanligi korxonaning missiyasini anglatadi.
Korxona menejerlarining «tashkilot faoliyatning qanday turlari bilan shug‘ullanmoqchi va kelajakda qanday bo‘lmoqchi?» - degan masalaga qarashlari strategik ko‘rish deyiladi.
Olimlar strategiya to‘g‘risida o‘z fikrlarini quyidagicha bildirishgan:



  • Sheron M.Oster: strategiya bu qandaydir boshqa tarzda emas, aynan belgilangan tarzda harakat qilish majburiyatidir.


  • Piter Lorenju: srategik rejalashtirishning vazifasi ishni tashkil etishda yangiliklarni qo‘llash.

Piter Lorenju fikriga ko‘ra, strategik rejalashtirish korxonani boshqarish uchun yordam beradigan vosita hisoblanadi.
Firmaning uzoq muddatli rejalari aniq o‘lchanadigan konkret vazifalarga aylantirilmaguncha missiya va firmaning kelajak niyatlari chiroyli so‘zlar bo‘lib qolaveradi. Maqsadni aniqlash strategik boshqarish-ning xal qiluvchi daqiqasidir.
Korxonalar faoliyatini rivojlantirishda zamonaviy strategiyalardan foydalanish milliy iqtisodiyotning samarali faoliyat ko‘rsatishini ta'minlash rejimining tarkibiy qismidir. Korxonani modernizatsiyalash jarayonini rejalashtirish asosida fondlarni kengaytirilgan takror ishlab chiqarish, amaldagi korxonalarni texnik qayta jihozlash, qayta ta'mirlash va kengaytirish iqtisodiy bog‘liq asosiy vazifalar hal qilinadi. Odatda u amaldagi qonuniy hujjatlar va iqtisodiy boshqaruvning me'yoriy qoida-lari asosida, shuningdek, xo‘jalik yuritishning u yoki bu bosqichida qabul qilinadigan hukumat qarorlari asosida amalga oshiriladi.
Strategiya variantlari turli xil bo‘lishiga qaramasdan muqobil strategiyalarni ajratish, raqobatbardosh strategiyalar foydaliroq bo‘lishi mumkin. Ushbu to‘rt muqobil variantga quyidagilar kiradi:

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə