Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti


Konsentratsiyalashgan (chegaralangan) o‘sish strategiyasi



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə51/138
tarix22.03.2024
ölçüsü0,82 Mb.
#181802
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   138
Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti-www.hozir.org

1. Konsentratsiyalashgan (chegaralangan) o‘sish strategiyasi. Bunga shunday strategiyalar kiradiki, ular ikkita element – mahsulot va bozor elementlarining o‘zgarishi bilan bog‘liq. Qolgan uch elementga tegishli bo‘lmaydigan sohaga, firmaning soha ichidagi mavqyeiga bog‘liq. Ushbu strategiyalarga asosan firma o‘z mahsuloti sifatini yaxshilashga yoki yangi mahsulot ishlab chiqarishni boshlashga harakat qiladi. Bir vaqtning o‘zida u mavjud bozorda o‘z mavqyeini yaxshilashgagina emas, balki yangi bozorga o‘tishga ham intiladi. Konsentratsiyalashgan o‘sish strategiyalari muvaffaqiyatga erishgan sanoat korxonalari tarmog‘ida qo‘llaniladi. Bu strategiya ancha qulayligi va kam tavakkalchiligi bilan o‘ziga jalb qiladi. Menejerlar psixologiyasi shundayki, ular tizimning o‘zgarishini yoqtirishmaydi.

2. Integratsiyalashgan o‘sish strategiyasi. Har yili ilgariga qara-ganda ma'lum darajada o‘sish bilan tavsiflanadi va amalga oshiriladi. Integratsiyalashgan o‘sish strategiyasini o‘z firmasini har tomonlama rivojlantirish uchun stagnatsiya holatidagi bozorlarni tark etish maqsadidagi rahbarlar qo‘llab – quvvatlaydilar. O‘sish tashqi va ichki bo‘lishi, masalan ichki o‘sish tovarlar assortimentini ko‘paytirish yuli bilan tashqi o‘sish esa bir tarmoq gorizontal va vertikal o‘sish shaklida bo‘lishi, boshqa firmani birlashishi va boshqa ko‘rinishlarda amalga oshishi mumkin.

3. Diversifikatsiyalangan o‘sish stategiyasi. Agar firmalar faoliyat yuritayotgan tarmoqda, bozorda o‘zi ishlab chiqargan mahsulot bilan rivojlana olmasa, bu strategiyani amalga oshirishi mumkin.
Ushbu strategiyani tanlashning asosiy omillari quyidagilarga olib keladi:
- bozorlar ushbu mahsulot bo‘yicha to‘yingan yoki mahsulotning hayotiylik sikli tugashi natijasida unga bo‘lgan talab tezlik bilan qisqaradi;
- firmaning bo‘sh pul mablag‘lari foydaliroq bo‘lishi mumkin;
- yangi biznes amaldagi faoliyatga nisbatan strategik samara berishi mumkin, masalan, ishlab chiqarish apparatining yaxshiroq kooperatsiyalashuvi hisobiga;
- firmalar o‘zi faoliyat yuritayotgan biznesni kengaytirish uchun antimonopol qonunlar mavjud;
- soliqlarni qisqartirish;
- jahon bozoriga chiqishni kengaytirish;
- kadrlar potensialidan unumli foydalanish.

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə